O‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti
Download 173.36 Kb. Pdf ko'rish
|
3-Mavzu Tarix fanini o‘qitishda tarixiy, siyosiy, elektron xaritalardan samara
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘quv tarixiy xaritalari
Tarix
fanini o‘qitishda tarixiy va siyosiy xaritalardan foydalanish.O‘quvchilar xaritadan foydalanib, nafaqat aniq daliliy ma’lumot olishadi, balki o‘rganilayotgan materialni chuqur tahlil etib, o‘zlarining mustaqil fikrlarini ham bayon etib bera oladilar. Ularga bu ishda «Besh minutlik esse» yozish qo‘l kelishi tabiiy. Yozma topshiriqning ushbu turi o‘quvchilar xaritadan foydalangan holda, mavzuga doir o‘z fikrlarini erkin ifodalay olishga yordam berish va o‘qituvchiga o‘z o‘quvchilari xarita bilan ishlaganda, qaysi jihatlariga ko‘proq e’tibor berishlari xususida fikrlash imkonini beradi. Aniqroq qilib aytganda, o‘quvchilardan quyidagi ikki topshiriqni bajarish: mazkur mavzu bo‘yicha ular xaritadan nimalarni o‘rganganliklarini mustaqil bayon etish va ular baribir javobini ololmagan bitta savol berish so‘raladi. 5 Guvohi bo‘lganimizdek, o‘quvchilar xaritalar bilan ishlash orqali tarixiy materialni yuzaki o‘zlashtirmay, uning eng kichik unsurlarigacha tadqiq etiladi, masalaga nuqtai nazardan yondashib, chuqur tahlil qiladi, o‘zining shaxsiy nuqtai nazarini bayon etadi. Eng muhimi, shaxsiy nuqtai-nazarlar o‘quvchilarning tarixiy tafakkuri shakllanishiga olib keladi. Tarixiy xarita bilan ishlash geografik muhitga xarakteristika berishning asosiy metodini tashkil etadi. Tarixiy xaritalarda mavzu va voqea-hodisalar, jarayonlarning mazmuni, davlatning chegaralari va boshqalar beriladi. Tarixiy xaritalarning bir necha turlari bor: tarixiy iqtisodiy, tarixiy etnografik, arxeologik, tarixiy-siyosiy, harbiy-tarixiy, tarixiy-madaniy. O‘quv tarixiy xaritalari ta’limda foydalaniladi. Xaritalar hech qachon eskirmaydi. Eskirganlari ham o‘z qadrini yo‘qotmaydi, aksincha dolzarbligi yanada oshadi. Ammo o‘sha davr tarixiga arxeologik izlanishlar yoki boshqa yozma manbalarning topilishi bilan yangi o‘zgarishlar kiritilishi mumkin bo‘lsada, baribir o‘tgan davr tarixshunosligi haqida ham ma’lumot berish vazifasini o‘taydi. Ularga qarab tanqidiy fikrni rivojlantirish ham mumkin. 6 - sinfda o‘quvchilarga geografik muhit bilan odamlarning mashg‘uloti o‘rtasidagi aloqani ochib berish, xalqlarning tarixiy rivojlanishiga geografik muhitning ta’sirini ko‘rsatish uchun katta imkoniyat bor. Xarita yordamida biror mamlakatning tarixiy taraqqiyotida bosib o‘tgan turli bosqichlardagi ahvolini aniq tasvirlab berish, o‘quvchilarda birinchidan, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi haqida aniq tasavvur yaratishga, ikkinchidan, inson ajdodlari mehnatining bunyodkorlik kuchini puxta tushunib, anglab olishlariga yordam beradi. Binobarin, xarita bilan ishlash juda katta ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Darsda xaritadan foydalanib tarixiy voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘rsatish, o‘quvchilarda geografik muhitning roli haqida tasavvur yaratish uchungina emas, balki tarixiy voqealarning mohiyatini, ularning qonuniyatlarini, o‘zaro aloqalari va sabab-natijalarni ochib berishda ham muhim rol o‘ynaydi. Xaritadan tarixiy voqeani tushuntirib berishdagina emas, balki uni tahlil qilishda va umumlashtirishda ham foydalaniladi. Xarita yordamida tarixiy voqealarning sabab-aloqalari ochib beriladi. Masalan, Amir Temur saltanatining yuksalishi sabablari ochib beriladi. Xarita darsning boshida o‘rganilgan materialni tahlil qilish, umumlashtirish, tarixiy taraqqiyot rivojlanishining qonuniyatlarini ochib berishga yordam ko‘rsatadi. Download 173.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling