O‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Tarix fanini o‘qitishda xaritalarning ahamiyati


Download 173.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana06.04.2023
Hajmi173.36 Kb.
#1277657
1   2   3   4   5
Bog'liq
3-Mavzu Tarix fanini o‘qitishda tarixiy, siyosiy, elektron xaritalardan samara

Tarix fanini o‘qitishda xaritalarning ahamiyati.Xarita darslarda 
faqatgina geografik muhitni tasavvur qilishga yordam berib qolmay, balki 
ko‘rsatmali qurol sifatida ham xizmat qiladi. Ya’ni tarixiy materialni anglab yetish, 
tarixiy voqealar borishini tushunishga, tarixiy aloqalar va qonuniyatlar mohiyatini 
ochishda yordam beradi. Xarita nafaqat tarixiy material bayoni davomida, balki 



tarixiy hodisalarning tahlili va umumlashtirilishida ham yordam beradi. 
Xaritalarning ijobiy taraflari: 
1. Xaritalar yordamida turli tarixiy jarayonlar orasidagi aloqadorlikni 
aniqlash mumkin. Masalan, mil.av. VII-VI asrlarda O‘rta Osiyoda savdo va 
hunarmandchilikning rivojlanishi natijasida Qiziltepa, Afrosiyob, Uzunqir, 
Ko‘zaliqir kabi ilk shaharlarning yuzaga kelishini xarita orqali yanada aniq ko‘rish, 
ularning aksariyati savdo va karvon yo‘llari kesishmasida joylashganini ko‘rish 
mumkin. 
2. Xarita o‘quvchining dunyoqarashini kengaytiradi, o‘zga olam va 
hududlar tog‘risidagi bilim va tasavvurini oshiradi, qiyosiy tahlil qilishga 
o‘rgatadi. Masalan: Ilk sivilizatsiya o‘choqlari qayerda paydo bo‘lgani xaritada 
ko‘rish orqali o‘quvchi shahar va davlatlar rivoji uchun qulay hududlar qayerda 
bo‘lishini bilib oladi.
3. Xarita tarixiy voqea va jarayonlarni ketma-ketlikda tasniflashga 
imkoniyat beradi. Masalan, “1775-1785 yillarda Shimoliy Amerika”, “XIX asr 
oxirida AQSH bosib olgan hududlarlar”, “AQShda fuqarolar urushi” xaritalariga 
asoslanib o‘quvchilar AQShda mustaqil demokratik respublikaning yaratilish 
bosqichlarini ketma-ketlikda bilib oladilar. 
4. Yangi mavzuni mustahkamlashda tarixiy xarita katta ahamiyatga ega. 
Dastlab o‘qituvchi devoriy xaritadan ma’lumotni o‘quvchilarga ko‘rsatadi. 
O‘quvchilar uni darslik yoki atlas xaritalaridan kuzatib borishadi va uyda daftariga 
chizib olgan eskiz xaritasi yoki darslik xaritasidai foydalanib materialni tahlil etadi. 
Nihoyat, o‘zi mustaqil tarzda keyingi darsda og‘zaki javob berish uchun xarita 
bilan ishlaydi. O‘qitish amaliyotida uch turdagi tarixiy xarita ajratib ko‘rsatiladi: 
1) Umumiy xaritalar biror mamlakatdagi umumiy tarixiy hodisalarni o‘zida 
aks ettiradi. Masalan, «Eron podsholigi mil. av. V asr boshlarida», «Ilk o‘rta 
asrlarda Turkiston»;
2) Tavsifiy xarakterdagi xaritalarda o‘rganilayotgan davr yoki hodisa 
taraqqiyotining so‘nggi natijalari ko‘rsatib beriladi. Bunday xaritalarga “XIV asrda 
Yevropada savdo va hunarmandchilikning rivojlanishi”, “XII-XVI asrlardagi 
madaniyat markazlari” kabilarni kiritish mumkin;
3) Tematik (mavzuli) xaritalar alohida hodisalar yoki tarixiy jarayonlarni 
o‘zida mujassam etadi. Masalan, “769-783 yillardagi Muqanna qo‘zg‘oloni», 
“Makedoniyalik Aleksandrning yurishi”, “Respublika davrida qadimgi Rim” va 
boshqalar.
Tarix fani amaliyoti davomida xarita unga doimiy hamroh bo‘lib kelgan. 
Lekin bugungi kunda tarix darslarida xaritalardan yetarli darajada foydalanmaslik 
holati kuzatilmoqda. Ana shu jihatni hisobga olgan holda, mutaxassislar tarix 



darslarida xarita bilan ishlashda interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati 
katta ekanligini alohida ta’kidlamoqda.
Quyida o‘quvchilarning tarixiy tafakkurini shakllantirishga imkon berish 
nuqtai nazaridan xarita bilan ishlashning ayrim interfaol metodlarini ko‘rib o‘tiladi. 
Ana shunday interfaol metodlardan biri «Chalkashtirilgan mantiqiy 
zanjirlar ketma-ketligi” metodidir. Masalan. 6-sinfda o‘qituvchi tarix darsida 
“Tosh davri yodgorliklari” xaritasiga o‘quvchilar e’tiborini qaratar ekan, “Mantiqiy 
zanjirlar ketma-ketligi” metodidan shunday foydalanishi mumkin: dastlab 
o‘qituvchi doskaga tosh davri yodgorliklarini aralash holda yozib qo‘yadi. So‘ng 
ularni qaysi davrga oidligiga qarab xaritadan foydalanib, to‘g‘ri o‘ringa qo‘yib 
chiqishni so‘raydi. 
O‘quvchilar topshiriqni bajarib bo‘lishgach, so‘ng o‘qituvchi tarixiy 
yodgorliklarni ketma-ketlikda yozib, ularning har birini varaqqa qayd etadi. 
Varaqlar aralashtiriladi va o‘quvchilarning biridan ushlab turish so‘raladi. 
O‘quvchilarga navbat bilan chiqish va bir voqeani zanjirdagi to‘g‘ri o‘ringa 
qo‘yish so‘raladi. Hamma bir qadar yagona fikrga kelgach, o‘qituvchi ulardan 
o‘zlarining taxminlari to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini tekshirish uchun matnni 
o‘qish chog‘ida voqealar tartibiga e’tiborni jamlashni so‘raydi.
Mavzuli xaritalar bilan ishlashda ‘Bir-biridan so‘rash” metodi yaxshi natija 
beradi. O‘quvchilarga xaritadan axborotni ajratib olishda yordam talab qilinsa, 
“Birbiridan so‘rash”ni taklif qilish mumkin. Ushbu metod quyidagicha 
qo‘llaniladi: ikki o‘quvchi xaritani o‘rganadi va bir-biriga o‘rganganlari xususida 
navbat bila savol berishadi. Dastlab o‘qituvchi o‘z misoli orqali juftliklarda qanday 
ishlash kerakligini ko‘rsatib, butun sinfni juftliklarga bo‘ladi va ulardan bir-
birlariga savol bershini so‘raydi. 
Ushbu metodni butun sinf bilan ishlashda ham qo‘llash mumkin. Buning 
uchun sinfga aniq dalillarni bilishni emas, balki ularning mohiyatidagi «yashirin 
ma’nosi»ni tushunishni talab etadigan bir nechta savol beriladi. 

Download 173.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling