O‘zbekiston Respublikasi oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat Pedagogika instituti pedagogika fakulteti Musiqa taʼlimi 4 kurs talabasi Raximbayev Azizbekning Musiqa oʻqitish metodikasi fanidan kurs ishi mavzu
Termalar. To‘lg‘ovlar Tarixiy jirlar
Download 54.77 Kb.
|
Kurs ishi (2)
Termalar. To‘lg‘ovlar Tarixiy jirlar
Endi, urf-odat jirlarini esa: To‘y jirlari Mung-qayg‘u jirlari Aytimlar Beshik jiri Aytishuvlar4 Rus olimi A.Belyayev 1903-yili Sankt-Peterburg universitetida beshinchi kurs Talabasi bo‘lgan paytida folklor namunalarini yig‘ish va tadqiq qilish ishlari bilan Qoraqalpoq ovullarini kezib chiqqan va xalqning qo‘shiqqa ishtiyoqini, ijrochilik Mahoratini ko‘rib, tan berib “Qoraqalpoqlar – dala bulbullari” – deya ta’rif bergan. Bu haqiqat ekanligini ko‘rgan olimlar bizning xalqimizning qo‘shiq bilan yashashiga, Qo‘shiq bilan dunyodan o‘tishiga asoslanib aytgan bo‘lishi kerak. Musiqa xalq turmushidagi har qanday tarixiy o‘zgarishlarga qaramasdan Xalqning ma’naviy boyligi bo‘lib, xizmat qilib kelgan. San’at xalqqa zavqli umr In’om etish bilan birgalikda, o‘zining tinimsiz mehnati orqali yaxshi turmush Kechirishga talpindirib, ruhiy jihatdan qo‘llab-quvvatlab orzu-istaklariga yetaklaydi. XX asrning birinchi choragida qoraqalpoq musiqa madaniyatidagi ijobiy O‘zgarishlarning biri bu badiiy havaskorlarning hukumatimiz tomonidan e’tiborga Olinishi edi. Chunonchi, To‘rtko‘l, Toshkent, Moskva shaharlarida olimpiadalarning O‘tkazilishi bo‘ldi. Ammo, har zamonning o‘zining siyosiy tizimiga bog‘liq turmush Tarzi bo‘lgani kabi hukumatimiz o‘sha davrdagi ijrochilardan o‘zlarining g‘oyasidagi Rejalarni xalqning g‘oyasiga singdirib yetkazishi uchun foydalangan. O‘sha davrdagi madaniyatining fidoyilari xalq musiqalarini, ularning tarixini, o‘sha davrdagi Xalqning turmush sharoitiga moslashtirib, ko‘plab asarlarni yaratgan. Masalan, xalq Orasidagi yangi ko‘rinishdagi “Yangi dehqon”, “Kolxoz tashkiloti”, “Komsomol”, “Pioner”, “Yangajon”, “Qozi ishon” kabi qo‘shiqlar yaratilgan. 1936-yili madaniyat sohasidagi iqtidor egalarini ya’ni, baxshilarning Repertuarlaridagi qo‘shiqlar va kuylarni gramplastinkalarga yozib olish masalasi Ko‘rib chiqiladi. To‘rtko‘lda ularning eng mohir ijrochilarini va ko‘proq repertuar Egalarini aniqlash uchun tanlov o‘tkaziladi. Ular orasida yuqori darajadagi Qobiliyatga ega baxshilar, xonanda, jirovlardan eng saralari tanlab olinadi. J.Shamuratov, Ye.Qo‘spo‘latov, I.Patullayev, K.Axmedov shu bilan birga xalq Qo‘shiqlarining mohir ijrochisi xalq artisti A.Shamuratovalarning asarlari 1939-yili Aprel oyida Moskva shahrida plastinkaga yozib olinib, o‘zlarining ijro repertuarlarini Targ‘ib etish va tanishtirish uchun bir nechta konsert-gastrol safarlariga yuboriladi. Xalq artisti A.Shamuratova bu jarayonlarni quyidagicha eslab o‘tgan: “Moskvaga borishdan avval bir oy davomida ijro qiladigan qo‘shiqlarimizni yodlab, Qayta-qayta takrorlab qo‘yamiz. Japaq Shamuratov, Yesjan Qo‘spo‘latov, Ibrayim Patullaev, Aytjan Xo‘jalepesov, Yuldash Bekbergenov, Qo‘yli Axmetov va men Moskvaga boradigan bo‘ldik... Bir necha kun qatnab, mening plastinkaga yozdirgan Qo‘shiqlarim: “Bo‘zatov”, “Chimboy shahri”, “Kurashda”, “Insonning yoshlari”, “Oq Nozli yor, Qoraqalpoq milliy musiqa san’ati tarixiga nazar solar ekanmiz – bu aynan shu Davr qoraqalpoq milliy musiqa san’atining tarixiy taraqqiyot bosqichi ekanligini Alohida ta’kidlab o‘tish joizdir. Chunki o‘shandan boshlab qoraqalpoq milliy musiqa San’atining barcha yo‘nalishlarida tarixga muhrlash ishlari boshlangan. Aynan shu 1936-yilda J.Shamuratovning ijrosida shoir T.Seytmuratovning She’riga “Maksim Gorkiy” va qoraqalpoq xalq so‘zi “Kuy boshi” I.Patullayevning Boschiligida ansambl ijrochiligida “Qora jo‘rg‘a”, “Nar egdirgan” kuylari, A.Shamuratovaning ijrosida “Aruxan”, “Bo‘zatov”, “Qo‘ng‘irot”, “Baland chiqib Nazar solsam”, “Qauender”, “Mungli qiz”, “Chimboy”, “Zarli qiz”, “Aqsungul”, “Xansayat”, “Nigarim”, “Ayjamal”, qoraqalpoq xalq qo‘shiqlari eshittirilib, Gramplastikalarga yozilgan va Moskva shahridagi radio eshittirishlarda Tinglovchilarga havola etilgan.Bu durdona asarlar hozirgi kunda qoraqalpoq musiqa madaniyatining oltin Fondidagi bebaho merosimizdir. O‘sha davrda bu asarlarning gramplastinkaga yozib Olinishi oddiy xalq uchun ham quvonchli holatga aylandi. Xalq bu qo‘shiq-kuylarni O‘zlarining to‘y-tomoshalarida, dam olish joylarida, keng jamoatchilik yig‘ilgan Joylarda, patefonda tinglagan. Xalq musiqalarini gramplastinkalarga tushirish dastlab Moskvada amalga oshirilgan bo‘lsa, keyinchalik bu ishlar 1939-yili Toshkent Shahrida ham amalga oshirilgan. Bunda xalq urf-odatlarini ijro qiladigan qo‘shiqchilar va doston ijro qiladigan Baxshi va jirovlar ishtirok etgan. Bir jihatdan bu plastinkalar xalqning to‘ytomoshalarida xizmat qilishi bilan birga ularning ma’naviy olamning boyishida va Musiqaga bo‘lgan qiziqishining ortib borishiga turtki bo‘lsa, ikkinchi jihatdan Baxshilarning dasturlarini davom ettirib, o‘sha zamonga mos asarlar yaratilib Boshlagan. Shuningdek, xalq musiqalariga ozgina o‘zgarishlar kiritib, shoirlarning She’rlarini qo‘shiq qilib ijro qilish ommaviy tarzda urfga aylangan. Yanada ularning Ijodiyotida faqat qoraqalpoq xalq musiqasigina o‘rin olmasdan, qo‘shni xalqlarning Ya’ni, turkman, o‘zbek, qozoq musiqalaridan foydalanganligini ko‘ramiz. Bu bo‘lsa Xalqning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirgan. Musiqa madaniyatiga Qaratilgan yana bir e’tiborning ko‘rinishi bu baxshi-jirovlarning xizmatini yanada Yaxshilash, ularning samaradorligini oshirish maqsadida yuqoridagi kabi olimpiada Va dekadalarni tashkil etish yildan-yilga dasturga aylanib borganligida edi. Bu kabi olimpiadalar avvalo, baxshi-jirovlarning san’atini yaxshilash uchun Tashkil etilgan bo‘lsa, so‘ngra ular bilan bir safda xalqimizga musiqa Madaniyatimizning ko‘p jihatlarini ko‘rsatish va boshqa san’atkorlarni olimpiadaga Qiziqtirish uchun ko‘plab nominatsiyalar qo‘yilib, ulardan qissaxonlar, sozandalar, raqqos va raqqosalar, chanqovuzchilar va umumiy xalq musiqasining iqtidor egalari bu jarayonga katta qiziqish bilan qaragan va ishtirok etishni kanda qilmagan. Ayniqsa, 1939-yili To‘rtko‘lda o‘tkazilgan Respublika badiiy havaskorlarining olimpiadasiga Respublikamizning eng chekka joylarimizdan ham ko‘plab talant egalari ishtirok etadi. Hattoki, ularning soni 360 dan ziyod bo‘lib ketadi. Mazkur olimpiadaning yana bir afzal tomoni shundaki, ishtirokchilar To‘rtko‘ldan so‘ng O‘zbekiston bosqichiga Toshkent shahriga o‘tkazilib, Toshkent shahri saralash bosqichidan o‘tganlar bo‘lsa Moskva shahriga yo‘llanma olgan. Bu bir jihatdan xalq orasidan yosh iqtidor egalarini yuzaga chiqargan bo‘lsa, ikkinchi bir jihatdan qoraqalpoq milliy musiqa madaniyatini dunyoga tanitishdagi ilk qadamlar edi. Olimpiadaning bir nechta bosqichlaridan o‘tgan yosh iqtidor egalari hukumat tomonidan maqtov yorliqlari bilan taqdirlangan va eng so‘nggi bosqichdan ya’ni, Moskva shahridan katta muvaffaqiyatlar bilan qaytgan ishtirokchilar Respublikamizning barcha hududlarida o‘zlarining yakkaxon konsertlari orqali o‘z san’atini xalqqa in’om etish baxtiga muyassar bo‘lgan. Bunday yakka konsertlarning ko‘pchiligi A.Shamuratova va milliy madaniyatimizning darg‘alari Xo‘jambergen Niyazov (O‘giz jirov), Yesemurat jirov, Abbaz shoir, Sadiq shoirlar o‘zlarining ijodiyoti bilan xalqimiz san’atini va boy adabiyotini bir pog‘ona yuqori ko‘tarib qoraqalpoq madaniyatini yuksaklarga ko‘tarilishida asosiy tayanch vazifasini bajargan. O‘zbekiston davlat konservatoriyasi “Bastakorlik san’ati” magistratura mutaxassisligining 1-kurs talabasi sifatida men qoraqalpoq milliy musiqasi tarixini, o‘ziga xos xususiyatlarini chuqur o‘rganish orqali ma’lum bir qo‘shiq kuyini tanlab, magistrlik dissertatsiyamning yirik ijodiy asarida ishlatishni maqsad qildim. Shu bois keyingi rivojlanish bosqichlarini ham tubdan o‘rgandim. Ta’kidlaymanki, qoraqalpoq milliy musiqasining o‘rganilgan masalalari va tadqiqot jarayonlari yo‘lga qo‘yilgan yillardan so‘ng xalq kuylaridan kompozitorlik ijodiyotida foydalanish orqali yuksak darajada ko‘p ovozli musiqa namunalari yaratilgan. Xususan, 1938-yili Qoraqalpog‘istonda musiqa san’atini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator ijodkorlar ish olib bordilar. Jumladan, kompozitor D.Tumanyan xalq kuylarini qayta ishlab, fortepiano, skripka, violonchel cholg‘ulari ijro qilishga moslashtirdi. Baxshi J.Shamuratov bilan birgalikda S.Majitovning “Bag‘dagul” pyesasining yangi variantiga musiqa yozdi. Pyesada qoraqalpoq xalq kuylari: “Bo‘zatov”, “Adingnan”, “Diydim aman”, “Zarli qiz”, “Muxalles”, “Besperde”, “Ayjamal”, “Oh, nozli yor”, “Azizim”, “Dad alingnen”, “Ne foyda” va boshqa asarlar yangi ohang-bo‘yoqlar bilan, og‘ishma va nolalar bilan boyitilib, ko‘p qismli musiqa yaratildi. 1950-1960-yillari qoraqalpoq musiqa madaniyati uchun o‘zgarish va yangiliklarga to‘la davrlar bo‘ldi. Qoraqalpoq musiqasida yirik janrlarning paydo bo‘lishi kompozitor J.Shamuratov bilan A.Xalimovning ijodida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Mazkur janrlarning milliy musiqamizga ta’siri va o‘rganilishiga rus kompozitorlarining simfoniya, kantanta va konsert asarlari namuna sifatida xizmat qilgan. Xususan, A.Xalimovning ijodi milliy musiqamizning tadqiqot ishlari va rivojlanish istiqbollari sifatida hozirgacha alohida e’tirof etiladi. A.Xalimovning Boshqa Kompozitorlardan Farqli Jihati Shunda, u Qoraqalpog‘istonda o‘z ijodini katta janrlardan boshladi. Kompozitorning yuksak Muvaffaqiyatlaridan biri – polifonik usul imkoniyatlarni xor asarlarida qo‘llanuvchi Kompozitorlarning birinchilaridan edi. O‘sha davrdayoq 30 dan ortiq ko‘p ovozli Xorlarning muallifi bo‘ldi. Ularning ichida 1956-yili S.Xo‘janiyazov she’riga Yozilgan “Erkinlik ovozi” xori murakkab musiqasi xor janrining qoraqalpoq Musiqashunosligi rivojidagi noyob ijod mahsuli bo‘lib qolmasdan, kompozitorning Musiqa san’atiga qo‘shgan katta hissadir. Uning bu asari dastlabki ko‘p ovozli qoraqalpoq xori bo‘lib unda milliy koloritni O‘zida jamlagan milliy qoraqalpoq qo‘shiq ijrochiligi usullarining qo‘shimchalari Asosida yozilib, ikki davr musiqasini uyg‘unlashtira olgan. Mazkur asar solist, xor va Orkestr uchun yozilgan. A.Xalimov xor asarlari bilan birga simfoniya janridagi ijodiy Ishlari bilan ham katta hurmat-ehtiromga sazovor bo‘lgan. Xalq kuylari bilan musiqalarini notalashtirib, jamlab to‘plam etib chiqarish Masalasini kompozitor A.Xalimov o‘z tajribasida sinab ko‘radi. Lekin bu notalar Baxshi, jirovlarga uchun mos emasdi. Uning kitobida musiqalari tovushda faqat Melodiyalarigina berilgan bo‘lib, ularning barchasida dutorda chertishga to‘g‘ri Kelavermagan. Dutor sozlarining ijro jarayonida ayrim vaqtlari uning ba’zi dastalari, Qochirmalari bir-biriga o‘xshab ketadi. Vaqtning o‘tishi bilan ular sozandaning Yodidan chiqib ketish xavfi ham vujudga keladi. Shunga qarab boshqa musiqa Unsurlarida xato yuzaga kelishi mumkin. Bu xato-kamchiliklar xalqning milliy Musiqasini o‘rganishdagi xatoliklarga yo‘l ochib, hattoki katta konsertlarda ham Ko‘zga tashlanib turgan. O‘sha davrda musiqashunoslar uchun ishlab chiqilgan Qo‘llanmalarining hammasi ham ta’lim muassasalaridagi o‘quvchilarga, talabalarga Musiqa darslarining barcha turlarini nota orqali o‘tadigan bo‘lsa hamki faqat Qoraqalpoq milliy musiqasi uzoq yillar og‘zaki o‘rgatish usuli bilan o‘rgatilgan. Maktablarda aniq turdagi davlat standartga asoslangan stabillashgan o‘quv Darsligi bo‘lmaganligi sababli o‘quvchilargagina emas, ustozlar ham katta Tushunmovchiliklarga duch kelib, o‘zlarining tushunchasi bo‘yicha har qaysisi har xil Turda o‘qitgan 1957-yili qoraqalpoq musiqasining rivojlanishida va tadqiq etilishida nihoyatda Ahamiyatli masalalar qayta ko‘rib chiqiladi. Chunki Toshkent shahrida dekada O‘tkazilishi rejalashtirilgan edi. Uni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish zaruriyati yuzaga Keladi. O‘sha yilning o‘zida Toshkent shahrida qoraqalpoq madaniyat va adabiyot Kunlari o‘tkaziladi. 1957-1966-yillari O‘zbekiston kompozitorlari uyushmasining Qoraqalpog‘iston bo‘limining tashkil etilishi va qoraqalpoq xalq sozlari orkestrining Tashkil etilishi madaniyat va san’atimiz tarixida ulkan iz qoldirgan. Orkestrning tashkil etilishida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarida Xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, taniqli kompozitor, dirijor, ustoz Abdreyim Sultanovning xizmatlari beqiyosdir. Shu bilan birga, 1959-yili O‘zbekiston Fanlari Akademiyasining Qoraqalpog‘iston filiali qoshida san’at tadqiqoti bo‘limi ochilib, bu Yerda olimlar tomonidan xalq musiqalari bilan birga kompozitorlarning asarlari Yig‘ilib ularni yozib olish va ilmiy jihatdan tadbiq etish ishlari olib borila boshladi. Qoraqalpoq musiqa madaniyatida musiqashunoslik ilmi rivojlanib, qoraqalpoq Musiqa san’atining o‘rganilish masalalari va tadqiqot jarayonlarini mutaxassislar, Tanqidchilar va musiqashunoslar T.Adambayeva, K.O‘tegenov, S.Levchenko, O.Xomyakova, N.Maksimova, A.Malikov, Q.Qurbanov, G.Kamalovalar o‘z ilmiy Ishlarida yozib qoldirgan. Qoraqalpoq musiqa san’atining o‘rganilish jarayonlari Haqida gapirar ekanmiz, bunda sohaning birinchi yetuk olimasi Tajigul Adambayevaning ilmiy va ijodiy faoliyatiga to‘xtab o‘tish o‘rinlidir. Tajigul Adambayeva (1931-2008) – Respublikamizda san’atshunoslik fanlarining birinchi Nomzodi. U urush yillarida bolalar uyida tarbiyalanib, To‘rtko‘ldagi musiqa Maktabida tahsil olgan. 1943-yili Qoraqalpog‘istondan to‘rt o‘quvchi Toshkentdagi Gliyer nomidagi musiqa maktabiga yuboriladi. Ularning orasida Tajigul fortepiano Sinfi bo‘yicha ta’lim olib, 1950-yili bitirib chiqadi. O‘sha yilning o‘zida Toshkent davlat konservatoriyasining tarix-nazariya Fakultetiga o‘qishga kirib, 1955-yili tamomlaydi. 1959-yildan boshlab O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston filiali N.Dauqarayev nomidagi tarix, til va Adabiyot institutida san’atshunoslik sektorida faoliyat olib boradi. Yosh Musiqashunos qoraqalpoq milliy musiqasining o‘rganilish masalalari va tadqiqot Jarayonlarini Filolog Olimlar N.Dauqarayev, Q.Ayimbetov, I.Sag‘itov, M.Nurmuxammedovlardan namuna olishdan boshlagan bo‘lsa, keyinchalik, T.A.Jdanko va Baskakovlarning tarixiy asarlarini o‘rganadi. T.Adambayeva keyingi Tadqiqot ishlari Markaziy Osiyo musiqasiga e’tibor qaratib, tadqiqotchi A.Eyxgorn, A.Zatayevich, V.Belyayev, A.Jubanov, V.Vinogradov, B.Yerzakovich, Ya.Pekker, T.Vizgo, I.Akbarov, F.Karamatov mehnatlarini chuqur o‘rgandi. Ularning ba’zilari Bilan uzviy aloqa o‘rnatib, o‘zining ilmiy tajribalarini yanada mukammallashtiradi. Qoraqalpoq musiqasining tarixini chuqurroq tadqiq etishga bel bog‘ladi. Uzoq yillar davomida T.Adambayeva xalq musiqasini magnit lentaga yozib Olish uchun shaharma-shahar, ovulma-ovul kezib yurib xalqimizning bebaho Merosini notaga tushirish, jirov-baxshilardan o‘tgan zamonning xalq ijodkorlari, Ijrochilari va sozandalari haqida tarixiy ma’lumotlar to‘plash, ularni ma’lum tizimga Tushirish va ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazishda, jamoatchilik ishlarda faol Qatnashgan. 1967-yili “Erta davrdagi qoraqalpoq xalqining musiqa madaniyati” nomli Mavzuda Almata shahrida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi. Shu yillardan keyin to‘plagan va tadbiq qilgan mehnatini 1976-yili “Revolyusiyagacha Qoraqalpoq Musiqasi” nomi Ila Nukus Shahridagi “Qoraqalpog‘iston” nashriyotidan kitob qilib chiqaradi. Mazkur kitobda xalq Qo‘shiqlarining janrlari va tarkibi, kompozitorlarining ijodi, qoraqalpoq musiqasining Boshqa qardosh xalqlar musiqasi bilan bog‘liqligi haqida keng turda tarixiy, nazariy Va amaliy jihatdan tushunchalar berilgan. 1985-yili “Qoraqalpog‘iston” nashriyotidan chiqqan “Qoraqalpoq sovet Musiqasining tarixidan” nomli kitobi ham qoraqalpoq musiqashunosligida ahamiyatli Manba bo‘lib xizmat qilgan. Tajigul Adambayeva A.Xalimovning keng diapazonli Ijod yo‘lini, A.Sultanovning “Ajiniyoz” lirikasiga bag‘ishlangan musiqalar siklini, T.Turdiqulov, A.Xayratdinovning Ommaviy Qo‘shiqlari Va musiqalarini, N.Muxammeddinov, G‘.Demenisov va M.Jiyemuratovning simfonik asarlarini, D.Djanabayeva, G‘.Amaniyazovlarning kamer va S.Palvanov, Q.Zaretdinovlarning Xor janrida erishgan muvaffaqiyatlarini ma’lum darajadagi ilmiy nuqtayi nazardan O‘quvchilarning badiiy didini qiziqtira oladigan darajadagi adabiy obrazlar bilan Ifodalay olgan. Adambayevaning ilmiy ishlari musiqiy oqartuv va musiqiy madaniyat Muvaffaqiyatlarini ommaga yetkazishda ilmiy maqola va kitoblarini O‘zbekiston, Qozog‘iston, Moskvada nashr etib turgan. Tajigul Adambayeva qoraqalpoq Musiqashunoslik ilmida katta ijodiy maktab yaratgan olima sifatida e’tirof etiladi. Albatta qoraqalpoq xalq qo‘shiqlari ham ko‘p janrli bo‘lganligi sababli Musiqasiga, she’r satrlariga va xarakteriga qarab ajratishni musiqashunoslar maqul Ko‘radi. Bunday tadqiqot ishlari qoraqalpoq xalq kuylarini musiqiy jihatdan tahlil Qilish ishlarida o‘zbek musiqa tadqiqotchisi Download 54.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling