O‘zbekiston Respublikasi oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat Pedagogika instituti pedagogika fakulteti Musiqa taʼlimi 4 kurs talabasi Raximbayev Azizbekning Musiqa oʻqitish metodikasi fanidan kurs ishi mavzu
Download 54.77 Kb.
|
Kurs ishi (2)
I.BOB Qoraqalpoq musiqa merosi
Qoraqalpoq xalqining milliy musiqa madaniyati Qoraqalpog’istonning boy xalq og’zaki ijodi bir necha asrlar davomida rivojlangan. Uning asosini xalq og’zaki ijodining barcha janrlari: ertaklar, maqollar, matallar, rivoyatlar, she’rlar v a boshqalar tashkil etadi. Qoraqalpoq xalq og’zaki ijodining eng yorqin nayomondalari bu epos yoki epos she’rlar (dostonlar) hisoblanadi. Ushbu janrdagi ijod namunalari besh mingdan ortiq bo’lib, ular o’z ichiga: qahramonlik, lirik, ijtimoiy-maishiy, ertak-roman va boshqa turdagi dostonlarnio’z ichiga oladi. Ular dostonchi-qo’shiqchilar- baxshi va jiraular tomonidan, musiqiy asboblar-qobiz va dutor jo’rligida ijro etiladi. Folklor san’atida muhim o’rinni XI-XVIII asrlardagi ijod namunalari: Sharyar, Qoblan, Yedige, Yer Shora, Alpomish, Qurbonbek, Yer Ziyor, Qirq qiz va boshqalar tashkil etadi. Alpomish qahramonlik dostonida asosiy g’oya buzilib ketgan qabilalarning birlashishi, do’stlik, vatanparvarlik hisoblanadi. Qoraqalpoq madaniyatining ko’zga ko’ringan yodgorligi va durdonasi hisoblangan Qirq qiz dostoni tashqi bosqinchilarga qarshi kurashgan ayol himoyachilar va erkak qahramonlar haqida hikoya qiladi. Aynan shunday doston boshqa xalqlarda uchramaydi. Qoraqalpoq xalq og’zaki ijodining ko’plab janrlarida hazil-mutoyiba va hajviy asarlar ko’p uchraydi. Ularga misol tariqasida xalq og’zaki nasriy ijodi namunasi- latifani keltirish mumkin. Yoki kulguli qo’shiq dialoglar-aytis yoki juaplar ham ushbu janrdagi ijodga kiradi. Ular asosan yosh yigit va qizlar o’rtasidagi so’z o’yinlarida qo’llaniladi. Juap- savollarni qisqa, takomillashgan, ijodiy va qofiyalashgan shaklda berishga va tezda, o’zini yo’qotmasdan, hozirjavoblik bilan javob qaytarish qobiliyatiga asoslanadi. Ular musiqasiz, ammo, ohang bilan va ritmik o’tishlar bilan ijro etiladi. Qadimda, shuningdek, xalq shoirlari orasidagi so’z aytishuvlari ham mashhur bo’lgan. Qoraqalpoq milliy musiqa san’ati tarixining taraqqiyot bosqichlari. Yoshlarning Ma’nan yetuk kamol topishida ularga jahon musiqasi qatorida o‘z xalqining milliy Musiqa asarlarini ham chuqur o‘rgatish, yoshlar hayotiga hamroh qilish, singdirish Doimo musiqashunos olim-u ziyolilarning oliy maqsadi va targ‘ibot-tashviqot Ishlarining asosiy yo‘nalishlaridan bo‘lib kelgan. San’at va madaniyat sohasi vakillari Yuksak intellektual salohiyatga ega shaxslar bo‘lmog‘i kerak, albatta. Milliy Madaniyatimizni, o‘zligimizni anglashda milliy musiqa san’atining roli va ahamiyati Beqiyos. Musiqa – ilohiy kuchga ega bo‘lgan san’at turi. U inson qalbining ruhiy Quvvatlanishida, komil inson bo‘lib shakllanishida o‘z ta’sirini sezilarli o‘tkazadi. U Bashariyatning hamisha ijodiy yo‘ldoshi bo‘lib, uning quvonchli, shod-u hurram, Hattoki, qalbiga hasrat to‘lgan, tushkunlikka tushgan vaqtlarida ham madad beradi, Taskin beradi. Musiqa – turli tovushlar bilan obraz yaratib beruvchi, g‘oyaviy emotsional Mazmunga ega bo‘lgan san’atlarning bir turi. Bu holatlarni musiqa estetikasi fani O‘rganadi. Chunki u musiqa san’atining keng va chuqur ma’nodagi mohiyati, badiiy Shakl-shamoyillar va singdirish uslublarini o‘rganadigan fan. Jahon musiqa madaniyatida o‘zbek musiqasining, qoraqalpoq musiqasining ham O‘rni bor, ahamiyati katta, buni inkor etib bo‘lmaydi. Shu o‘rinda qoraqalpoq xalq Musiqasi bir yo‘nalishi qo‘shiq janridir. Xalq qo‘shiqlarining asosi uzoq o‘tmishdan Moziy sado kabi yangrab, xalqning hayotiy kechinmalarini o‘zida aks ettirib, Madaniy meros sifatida e’tirof etiladi. Xalq o‘zining boshidan kechirgan har xil tarixiy voqealarga boy turmush tarzini, Ma’naviy ko‘ngil kechinmalarini va xalq psixologiyasini qo‘shiqlar orqali ifoda Qilgan. Qo‘shiqlarda oddiy xalqning hayot haqiqati ro‘yi-ro‘st ko‘rinadi. Og‘ir Davrlar vaqtida yaratilgan bu kabi ijod namunalari o‘zining qadr-qiymatini hozirga Qadar yo‘qotmagan. Xalq o‘z qo‘shiqlariga hurmat bilan qaragan va qadrlab saqlay Olgan. Ajdodlarimizga ruhiy madad baxshida qilgan og‘zaki xalq ijodiyoti Namunalarining hisobi yo‘q, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Filologiya fanlari doktori N.Dauqaraev: “Qoraqalpoq xalqi – o‘zining qayg‘uli kunlarida ham, quvonchli Kunlarida ham qo‘shiqsiz, soz-suhbatsiz, og‘zaki poeziyasiz yashay olmadi”, - deya Ta’kidlab o‘tgan. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham qoraqalpoq san’atiga katta mehr Qo‘ygan ekanlar. Uchrashuvlarning birida: “... institutimizda o‘tkaziladigan turli Tadbirlar, bayramlarda Qoraqalpog‘iston yoshlari juda faol qatnashar edilar. Ayniqsa, Jizzax, Sirdaryo viloyatlariga paxta terimiga chiqqanimizda, ishdan keyin, Kechqurunlari gulxan atrofida qoraqalpoq qizlarimiz, yigitlarimiz Kunxo‘ja, Ajiniyoz, Berdaq kabi shoirlardan she’r o‘qib, qo‘shiq aytib, raqsga tushganlarida barchamiz Qoyil qolar edik. Men o‘shanda “Bo‘zatov”, “Aydinlar”, “Dem bermes” degan Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlarini birinchi marta eshitib, o‘zimni bamisoli sehrlanib Qolgandek his qilganimni hozir ham yaxshi eslayman... Qoraqalpoq diyori o‘zining Dunyoda o‘xshashi yo‘q, betakror san’ati bilan barchamizni hayratga solib keladi”, -Deya ta’kidlab o‘tgan edi. Haqiqatan ham, qoraqalpoq milliy musiqa san’ati asrlar davomida sayqallanib, Zamonlar o‘tsa hamki o‘zining ohangraboligi va dilga yaqin sozlarining jilokorligini Yo‘qotmasdan durdona darajasida bizgacha yetib kelgan. Endi bu asarlarni yoshlar Hayoti va tarbiyasiga olib kirish, yoshlarga eshittira olish vazifasi tom ma’noda biz Kabi yosh ijodkorlarning zimmasidagi ham qarz, ham farz, shu bilan birga sharafli Vazifadir. Qoraqalpoq xalq ijodiyotining shakllanishi uzoq davrga borib taqaladi. Qoraqalpoq folklorshunosligi esa, XX asrning boshlarida paydo bo‘lgan. Ya’ni, Dastlabki qoraqalpoq folklor asarlari A.I.Belyaev, A.Divayevlar tomonidan ilmiy Jihatdan o‘rganilgan. Qoraqalpoq xalq ijodiyotini yozib olish va nashr qilinishida Mahalliy olimlar A.Begimov, N.Dauqaraev, Q.Ayimbetov, O.Kojurovlarning mehnati Katta samara bergan. Ular bu asarlarni baxshi, jirov, qissaxon, tarixchi-etnograf va Xalq vakillaridan yozib olgan. Bu asarlar qoraqalpoq folklorining yuz jildligining Yuzaga kelishidagi bosh tamoyil hisoblanadi. Mazkur ijod mahsullarining unsurlari Negizida shakllangan xalq qo‘shiqlari xalqimiz orasida qadim zamonlardan beri keng Tarqalgan. Qo‘shiq insonga tug‘ilgan vaqtidan boshlab yo‘ldosh bo‘lgan. Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlarini yig‘ish va nashr etish, ilmiy tadbiq etish sobiq Ittifoq davrida boshlangan. Mazkur ishlarni amalga oshirishda Q.Ayimbetov, N.Dauqarayev, N.Japaqov, I.Sag‘itov, Q.Maqsetov, A.Tajimuratov, M.Nizamatdinov, O‘.Yerpolatov, N.Kamalovlar xalq qo‘shiqlarini yig‘ish, nashr etish va ilmiy tabdiq Etishda katta hissa qo‘shgan. Ulardan A.Tajimuratov revolyutsiyagacha davrdagi xalq Qo‘shiqlarini, N.Kamalov ikkinchi jahon urushi davridagi, M.Nizammatdinov Urushdan keyingi davrdagi, O‘.Yerpolatov urushdan avvalgi davrdagi xalq Qo‘shiqlarini maxsus yo‘nalishda tadqiq qilganlar. Istiqlol yillarida xalq qo‘shiqlarini S.Bauetdinova, hozirgi davr qoraqalpoq urf-odat qo‘shiqlarini S.Qozoqboyevlar O‘rgangan. Keyingi yillarda yangi davrga oid yaratilgan xalq qo‘shiqlarini ilmiy Jihatdan o‘rgangan Yu.Paxratdinov bo‘ldi. Bu mehnatlar xalq qo‘shiqlarini chuqur O‘rganishda nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Folklorshunoslar tomonidan yig‘ilgan Xalq qo‘shiqlari asosan dastlabki chiqarilgan ko‘p jildlikning beshinchi jildiga Kiritilgan. Xalq qo‘shiqlarini o‘rgangan A.Tajimuratov xalq qo‘shiqlarini tasniflaydi. U o‘z tasnifida xalq qo‘shiqlaridan urf-odat qo‘shiqlarini o‘z oldiga alohida olib Ko‘rsatgan. A.Tajimuratovning qoraqalpoq xalq qo‘shiqlari bo‘yicha ishlab chiqqan. Tasnifi quyidagicha: Mehnat qo‘shiqlari. Muhabbat qo‘shiqlari Din egalariga oid qo‘shiqlar Bolalar qo‘shiqlari Download 54.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling