4
ekani adabiyotshunoslikda muayyan darajada o‘rganilgan. O.Sharafiddinov,
A.Kattabekov, Q.Yo‘ldoshev, H.Boltaboyev, Q.Husanbayeva, A.Alimbekov,
X.Xudoyberdiyeva, Sh.Qurbon singari adabiyotshunos va shoirlar izlanish va
xotiralarida muammoning u yoxud bu jihatlariga e’tibor
qaratilgan
1
. Aslida,
lirikaning o‘ziga xosligi masalasi voqelikning lirik sub’ekt his-tuyg‘ulari orqali
akslanishida namoyon bo‘lishi Aflotun va Arastular zamonidayoq e’tirof etilgan.
Masalan, Aflotun poeziya: “to‘laligicha shoirning aytganlaridan iborat”, desa,
Gegel lirikaning o‘ziga xos jihati unda “ob’ekt va sub’ektning
bitta shaxsda
uyg‘unlashishi, lirik asar uchun muallifning o‘zi, uning ichki olami mavzu bo‘lib
qolishi”ni ta’kidlaydi. Darhaqiqat, lirikada voqelik
lirik qahramon qalb prizmasi,
oniy kechinmalari orqali ifodalangani bois lirik sub’ekt ruhiy kechinmalari
muhimdir.
Shubhasiz, bu kechinmalar alohida shaxsga tegishli bo‘lsa ham,
umumbashariy mazmun va qimmatga egadir.
Biroq hanuzgacha M.Yusuf she’riyati ayni tarzda maxsus tadqiq etilmagan.
Yuqorida tilga olingan ishlarning birortasi o‘z oldiga shoir lirikasida “lirik
kechinma” muammosini maxsus o‘rganish vazifasini qo‘ymagan.
BMIning kafedra ilmiy tadqiqot rejalari bilan bog‘liqligi. Tadqiqot
ToshDO‘TAU “O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi” kafedrasida amalga
oshirilayotgan istiqbolli tadqiqotlar rejasining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi. Bitiruv malakaviy ishimning maqsadi Muhammad Yusuf
she’riyatida lirik kechinma masalasini shoir lirik merosi ning g‘oyaviy
mazmun
mundarijasi, obrazlar olami va ijodkor poetik mahorati nuqtai nazaridan
o‘rganishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: