O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Muammoning o‘rganilganlik darajasi


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Muhammad Yusuf she’riyati 
o‘zining milliy o‘ziga xosligi, realizmning mohiyatini ifoda etishi bilan qimmatli 



ekani adabiyotshunoslikda muayyan darajada o‘rganilgan. O.Sharafiddinov, 
A.Kattabekov, Q.Yo‘ldoshev, H.Boltaboyev, Q.Husanbayeva, A.Alimbekov, 
X.Xudoyberdiyeva, Sh.Qurbon singari adabiyotshunos va shoirlar izlanish va 
xotiralarida muammoning u yoxud bu jihatlariga e’tibor qaratilgan
1
. Aslida, 
lirikaning o‘ziga xosligi masalasi voqelikning lirik sub’ekt his-tuyg‘ulari orqali 
akslanishida namoyon bo‘lishi Aflotun va Arastular zamonidayoq e’tirof etilgan. 
Masalan, Aflotun poeziya: “to‘laligicha shoirning aytganlaridan iborat”, desa, 
Gegel lirikaning o‘ziga xos jihati unda “ob’ekt va sub’ektning bitta shaxsda 
uyg‘unlashishi, lirik asar uchun muallifning o‘zi, uning ichki olami mavzu bo‘lib 
qolishi”ni ta’kidlaydi. Darhaqiqat, lirikada voqelik lirik qahramon qalb prizmasi
oniy kechinmalari orqali ifodalangani bois lirik sub’ekt ruhiy kechinmalari 
muhimdir. Shubhasiz, bu kechinmalar alohida shaxsga tegishli bo‘lsa ham, 
umumbashariy mazmun va qimmatga egadir. 
Biroq hanuzgacha M.Yusuf she’riyati ayni tarzda maxsus tadqiq etilmagan. 
Yuqorida tilga olingan ishlarning birortasi o‘z oldiga shoir lirikasida “lirik 
kechinma” muammosini maxsus o‘rganish vazifasini qo‘ymagan.
BMIning kafedra ilmiy tadqiqot rejalari bilan bog‘liqligi. Tadqiqot 
ToshDO‘TAU “O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi” kafedrasida amalga 
oshirilayotgan istiqbolli tadqiqotlar rejasining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Tadqiqot maqsadi. Bitiruv malakaviy ishimning maqsadi Muhammad Yusuf 
she’riyatida lirik kechinma masalasini shoir lirik merosi ning g‘oyaviy mazmun 
mundarijasi, obrazlar olami va ijodkor poetik mahorati nuqtai nazaridan 
o‘rganishdir.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling