O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

Tadqiqot vazifalari. BMIda shu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi 
vazifalarni bajarish belgilab olindi: 
- Muhammad Yusuf she’riyatining shakllanish jarayonini kuzatish; 
- shoir lirik merosiga xos yetakchi xususiyatlarni aniqlash; 
1
Qarang: Muhammad Yusuf saboqlari. To‘plovchi va hammuallif Shukur Qurbon. Alisher Navoiy nomidagi 
O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Toshkent., 2012. Yo‘ldoshev Q. Hamisha navqiron she’riyat. Yoniq so‘z. 
Toshkent., “Yangi asr avlodi”, 2006. B.290 295. (Olimning bu maqolasi kitobga kirishidan ilgari “Til va adabiyot 
ta’limi jurnalining 2004 yil, 3-sonida chop etilgan. Q.U.Qurbonsaidova) 



- shoir ijodining bosh prinsiplari haqqoniylik, hayotiylik va “shaxs butunligi” 
ekanini ochib berish; 
- Muhammad Yusuf lirik merosidagi yetakchi jihatlar: o‘zlikni anglash, 
sharqona tafakkur va milliy o‘ziga xoslik tuyg‘ulari ekanligini ko‘rsatish;
- adabiyotning umuminsoniyligi, xalqchilligi, lirik asarda shakl va ohang 
uyg‘unligi, an’anaviylik va novatorlik masalalariga shoir qarashlarini 
oydinlashtirish. 
Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Muhammad Yusuf lirik merosi tadqiqotga 
ob’ekt bo‘lib xizmat qildi. Shoir she’riyatida lirik kechinma muammosini 
o‘rganish BMIning predmetini tashkil qiladi.
BMIning ilmiy yangiligi. O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf 
merosida lirik kechinmaning nisbiy barqaror asoslari mavjud. Zamondoshimiz 
undan o‘z dardini, kechinmalarini topadi, qalbiga yaqin tutadi. Bu hol keng 
ma’noda olib qaralganida, lirikaning badiiy vaqti hamisha “hozir” ekani, u ayni 
hozirda ko‘ngilda kechayotgan his-tuyg‘ularni tasvirlashi bilan chambarchas 
bog‘liqdir. Qolaversa, ular shoir poetik mahoratining muayyan jihatlarini aks 
ettirish bilan bugungi kunda ham muhim ahamiyatga ega.Ushbu muammolar ilk 
bor yaxlit tarzda o‘rganilmoqda. Bizning kuzatishlarimiz Muhammad Yusuf 
lirikasi, qisman lirik qahramon muammosini konkret ijodkor bilan bog‘lab 
o‘rganish va o‘rgatishga muayyan hissa bo‘lib qo‘shilishi mumkin. 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling