O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Nazmki, ham suvrat erur xush anga


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

Nazmki, ham suvrat erur xush anga, 
Zimnida ma’ni dahi dilkash anga. 
Misralarida “nazm zimni” (ichi, mag‘zi) dagi dilkash ma’ni... lirik kechinmaning 
tarkibini tashkil etadi. Bu tartib ikki element – fikr va hisdan iborat bo‘lib, yaxlit 
holda ehtirosli fikr deb ataladi... Negaki “nazm zimni”dagi “ma’ni” (fikr) “dilkash” 
bo‘lishligi uchun u ehtirosga o‘rab berilishi kerak.
Shunday qilib lirik kechinmada fikr va hissiyot qorishiq yashaydi. Bugina 
emas, ular bir-birining mag‘iz-mag‘iziga shunday singib ketadiki, ajratib 
ko‘rishning iloji bo‘lmay qoladi... Bu ajralmas birlik – butunlik lirik kechinmaning 
mohiyatini tashkil etadi. Ammo takomildagi lirik kechinmaning yuzaga chiqishi 
uchun yana bir nima talab etiladi. Biz – o‘quvchi bevosita kechinma shaklida 
berilgan ehtirosli fikr (yoki fikriy ehtiros) ning shakllanish usuli, rivojlanish 
jarayonini kuzatib borishimiz shart. Ana shu holda “men” ifodasida kechinma – 
obraz yaxlit, ta’sirchan holda yuzaga chiqadi . Buni asoslash uchun Muhammad 
Yusufning “Beshinchi o‘g‘il” she’riga razm solamiz. Ushbu she’rda onadan 
ajragan bola qiyofasi gavdalanadi. O‘g‘il onadan ajragan. Uni butun borlig‘i bilan 
sog‘inadi. Sog‘inish – mavzu. Sog‘inish she’rda yetakchi lirik kechinma. Uning 
vositasida o‘g‘il obrazi ochilishi kerak. Biroq o‘z onasini sog‘ingan o‘g‘ilni 
she’rda yaxlit, birato‘la ko‘ra olmaymiz. Yetakchi lirik kechinma – sog‘inish 
birdaniga bo‘y cho‘zmaydi. U bizning ko‘z o‘ngimizda shakllanadi, hayotiy 
qaytarilmas bir jarayon sifatida rivojlana boradi. Biz uni mushohada etamiz. Shu 
sababli ham ishonamiz. Uning oqimida sog‘inayotgan o‘g‘il qiyofasini ko‘rib 
turamiz. Bu qiyofa tobora ravshanlasha borib, qalbimizga abadiy qoladi: 


19 
Yetmish yulduz yog‘ilib, 
 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling