O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


 Lirik qahramon ruhiyati ifodasida makon va zamon birligi tahlili


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

2.1. Lirik qahramon ruhiyati ifodasida makon va zamon birligi tahlili
 
Bizning kunlarimizda adabiyotning xalqchilligi masalasiga e’tibor bir qadar 
urfdan qolganday tuyuladi. Chunki “xalqchil”lik sho‘ro zamonida sinfiylik bilan 
izohlanar, bir xalqning o‘zi “bizniki” va “dushman” toifalarga ajratilardi. Go‘yo 
“mehnatkash” va “ezuvchi” larning har birida alohida-alohida adabiyot mavjud 
bo‘ladi, degan g‘ayriilmiy nazariyaga asoslanilar edi. Agar biz xalqchillikni xalq 
va millatni anglash, badiiy asarlarda uning ruhini aks ettirish, so‘z san’atini 
nisbatan kengroq auditoriya ma’naviy olamiga yaqinlashtirish tarzida tushunsak, 
bu terminni asl ma’nosida izohlagan bo‘lamiz. Zotan, tushunarli, samimiy 
ifodagina qalbga yo‘l topadi. Elning fikr-tuyg‘u va irodasini birlashtirishga 
ko‘maklashadi. Umumxalq ahamiyatiga ega bo‘lgan ijtimoiy adabiy ideallarga 
yo‘naltiradi. Masalan, o‘zi ko‘tarayotgan muammolar nechog‘lik muhimligi, 
qanchalar keng va teran ekanini anglagan shoir Muhammad Yusuf mustaqillik 
davri ijtimoiy- ma’naviy hayotiga faol ta’sir etishga urindi. Bu hol uning 
dunyoqarashi, faolsafiy estetik konsepsiyasi istiqlol g‘oyalariga hamohangligini 
ko‘rsatadi. Elimiz shoir ko‘ngil ko‘zgusida o‘zini, o‘zligini ko‘rdi. Xayotining 
manzaralarini his etdi. Olis va yaqin tariximizga shu botiniy nigoh bilan boqib 
ko‘rdi. Yosh avlod esa, yuksak ideallarga talpinishni o‘rgandi.
Chunki, Muhammad Yusuf she’riyatida milliy kolorit jilvalari badiiy yuksak 
pafosda kuylangan. Qolaversa, uning bitiklarida shakl, mazmun, ohang jihatidan 
folklorga yaqinlik yorqin ko‘rinib turadi. Badiiy umumlashmalarida ham beg‘ubor 
soddalik va samimiyat ko‘zga tashlanadi. Shu boisdan ham shoir lirik merosi va 


27 
uning lirik qahramonini mustaqillik davri ideallaridan, xalqimiz necha ming yillar 
davomida orzulagan maqsad intilishlardan ajratish mumkin emas.
Aslida, badiiy ijod qaysi ko‘rinishda, ya’ni xoh og‘zaki, xoh yozma shaklda 
bo‘lmasin, u o‘zining xalqchilligini namoyon qilsagina xalq sevgan asarlarga 
aylanadi. Adabiyotda xalqchillik tushunchasining mazmuni shundaki, u o‘zida xalq 
ruhini, xalqning eng ilg‘or xususiyatlarini qamrab oladi. Xalqchillik haqida rus 
tanqidchisi V.G.Belinskiy shunday fikr bildirgandi: “... agar xalqchillik deganda 
biror xalq, biror mamlakat odamlarining xulq-atvorini, urf-odatlarini va xarakterli 
xususiyatlarini haqqoniy tasvirlashni tushunadigan bo‘lsak, xalqchillik chinakam 
badiiy asarning zarur shartidir. Har qanday xalqning hayoti faqat uning o‘ziga 
xos shakllarida namoyon bo‘ladi, binobarin, hayot tasviri haqqoniy bo‘lsa, u 
xalqchil hamdir” . 
Yirik nazariyotchi olim I.Sulton ham xalqchillik tushunchasiga alohida e’tibor 
berar ekan uni quyidagicha ta’rif etadi: “Xalq manfaatlarini u yoki bu darajada 
ifoda eta bilgan asar xalqchildir. Bu xalqchillikning bosh kriteriysi (o‘lchovidir). 
Xalqchillikning yana quyidagi element yoki tashqi alomatlari mavjud:
a) adabiyot va san’at asarining xalqqa tushunarli vositalar bilan yaratilishi; 
 b) yozuvchi ijodining xalq ijodi bilan chambarchas aloqasi; folklorda 
uchraydigan syujetlardan, tasvir vositalaridan, qahramonlarni tavsiflash 
usullaridan va hokazolardan foydalanish;
v) adabiyot va san’at asarida mehnatkash xalq hayotining va xalq hayotida 
ijobiy rol o‘ynaydigan qahramonlarning tasvirlanishi; 
 g) adabiyot va san’at asarida muallif mansub bo‘lmagan “begona” xalqlar 
hayotini ob’ektiv tasvirining mavjudligi, ya’ni yozuvchi ijodining xalqlar tengligi 
va do‘stligi ruhi bilan sug‘orilgan bo‘lishi” . 
Prof. T.Boboyev esa xalqchillik tushunchasini ta’riflar ekan, uni san’at va 
adabiyotning badiiyligini belgilovchi muhim fazilatlardan biri deb e’tirof etadi. 
Shu qatorda “... xalq uchun ahamiyatli bo‘lgan hayotiy masalalarni o‘rtaga 
qo‘yish, xalq hayotining eng muhim tomonlarini aks ettirish, mehnatkashlarning 
porloq orzu-umidlarini va ideallarini ifodalash” xalqchillikning muhim tamoyili 


28 
,deb hisoblaydi . Shubhasiz, olimning bu qarashlarida qisman sinfiylik belgilari 
ham iaks etgan, ammo u badiiy adabiyotning vazifasi xalqning hayoti va turmushi, 
uning orzu-umidlari, manfaatlarini tasvirlashdan iboratligini to‘g‘ri ibelgilagan. 
Xalqchillik xalqqa xos bo‘lgan xususiyatlarni asardagi qahramonlar, xususan lirik 
qahramon xarakterida aks etishi, xalq tilida yozilishi, unda frazeologizmlar va 
obrazlardan foydalanishida ham anglashiladi.
Yuqoridagi fikrlarga tayanga holda aytish mumkinki, haqqoniylik – reallik 
xalqchillikning asosiy elementlaridan biri bo‘lib, u adabiyot va san’at asarlarida 
tasvirlanayotgan makon va zamon birligidagina o‘z ifodasini to‘g‘ri anglatadi, 
degan xulosaga kelish mumkin.
Mustaqillik qo‘lga kiritilgandan so‘ng erk g‘oyalari adabiyot va san’atda 
yanada kuchliroq o‘z aksini topa boshladi. Xuddi shunday orzular qanotida o‘zbek 
adabiyotida xalqning o‘tmishi, buguni va ertasini kuylagan shoirlardan biri 
Muhammad Yusuf edi. Shoirning ko‘plab she’rlari xalq poetik ijodidagi shakllarga 
yaqin turadi. Bu esa shoirning xalq poetik ijodini tinimsiz o‘rganib, ulardan 
oziqlanganligini va ijodiy foydalanganligidan dalolat beradi. U o‘z ijodida goh 
xalq qo‘shiqlaridan, laparlardan foydalansa, goh xalq maqollariyu iboralarini 
mahorat bilan she’rga singdirib yuboradi. Shu bilan birgalikda, she’rlarni xalqqa 
tushunarli bo‘lgan so‘zlashuv uslubida yozadi va shu til orqali xalq dardini 
kuylashga intiladi. Bu esa shoir ijodini xalq qalbiga yaqinlashtiruvchi omillardan 
biridir.
“Kechagina qishloqdagi qizlarning bari”, “Ko‘nglimdagi yor”, “Onaizor”, 
“Samarqand”, “Kelinchak”, “Eslash”, “Sevgi sadosi”, “Madhiya”, “Iftixor”, 
“Vatanim”, “Chimildiq”, “Xalqona”, “Ajab”, “Qiyosi yo‘q aslo” kabi asarlari 
xalqchillik bilan sug‘orilgan she’rlar qatoridan o‘rin olgan. She’r – shoirning 
o‘zligi, uning mohiyati. Shunga ko‘ra, Muhammad Yusuf ijodida xalqona tafakkur 
tarzining ustunligi shoirning fikrlash va turmush tarzi, dunyoqarashi, boringki, 
butun borlig‘i xalqqa judayam yaqin ekanligidan, ruhiyatidagi to‘lqinlaru hissiyot 
mavjlarini boshqacha ifodalay olmasligidan dalolatdir. Shu sabab shoir har bir 
tasvirlanayotgan voqea-hodisaga, masalaga xalq manfaatlari va orzu-umidlari 


29 
nuqtai nazaridan yondashadi, umuminsoniy dunyoqarashni va g‘oyaviylikni 
namoyish etadi. 
Muhammad Yusuf “Xalq bo‘l, elim” she’ri orqali xalq ongiga birdamlik
hamjihatlik, hamfikrlik kabi g‘oyalarni singdirishga intiladi. Bu harakat she’rning 
bosh pafosiga aylangan. Ushbu she’r xalqni birdamlikka chorlashi bilan ajralib 
turadi. Shoir Muhammad Yusuf esa elni xalq bo‘lishga chorlab tarixning ayovsiz 
g‘ildiragi ostida toptalib kelgan, sobiq Ittifoq davrida o‘zining kimligini ham 
unutayozgan elini, xalq bo‘lib yashashiga umid ko‘zi ila qaraydi. Xalq bo‘lib 
birlashgan va yashagan davrlarini esa bir-bir eslatadi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling