O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

Qovushmagan ikkita taqdir. 
(Balki u ham o‘zicha haqdir). 
Orasiga ikki egatni 
Atay tashlab o‘tdi brigadir...
She’rning ta’sir doirasini oshirish hamda ohangdorlikni yuzaga chiqarish uchun 
ham “Atay tashlab o‘tdi brigadir” misrasini ishlatgan shoir uchinchi odam obrazini 
yaqqolroq gavdalantirishga muvaffaq bo‘lsin. Hali bir-biriga yetisha olmagan ikki 
taqdirning orasiga brigadir atay ikki egatni tashlab o‘tib ketishi “uchinchi odam”ning 
yumushi sifatida talqin qilinadi. O‘z tushunchasiga ega bo‘lgan uchinchi odam, ya’ni 
brigadir esa o‘zicha haq. Shoir poetik detaldan (ikki egat) foydalanib, poetik mohiyatini 
ochishga erishgan: 
Hamma qizning ko‘zi ularda, 
Hammasi bir bo‘lib o‘ylardi.
Orasiga ikki egatni 
Atay tashlab o‘tdi brigadir. 
misralari bilan davom ettirar ekan, shoir sevishgan ikki qalbni kuzatib turgan barcha qizlar 
ham brigadirning ataylab sevishgan dillarni ajratish, bir-biridan uzoqlashtirish uchun 
egatlarni tashlab ketganligiga ishora qiladi. 
Zorlanadi yalinchoq nigoh 
Kel yonimga birga teramiz. 
 Unamaydi tortinchoq nigoh: 
Odamlarga kulgu bo‘lamiz...
20
 
20
Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 99-100. 


38 
Ikki oshiqniig nigohidan tashkil topgan ushbu dialog she’rning samimiyligini 
oshirib, unga o‘zgacha nazokat, ta’sirchanlik baxsh etgan lirik qahramonning 
o‘ziga xos insoniy fazilatlarini yoritishga, talqin qilishga harakat qilgan shoir 
odamlar qismati, hatto tuyg‘ulari she’rdagi uchinchi odam boshlanish qismida ham 
ba’zan “uchinchi odamlar”ga bog‘liqligi, ularning gap-so‘zi, g‘iybatlari oqibatida 
pok tuyg‘ular zavol topish mumkinligiga e’tibor qaratadi. Brigadir timsolida 
namoyon bo‘lgan bo‘lsa, oxirgi bandida qishloqdoshlar obraziga aylanadi. 
She’rda Muhammad Yusuf go‘yo ustozi Abdulla Oripov uslubini qo‘llab, 
uchinchi odam, hatto, muhabbat bobida ham hakam ekanligi fojia ekani dard bilan 
ifoda etiladi. “Hamon esga tushsa vujudim muzlar” deb boshlanuvchi she’rida shoir 
she’rning to‘rtinchi misrasida qo‘llangan qo‘sh qofiyadan foydalanib, 
ta’sirchanlikni va ohangni o‘ziga xos tarzda ta’minlangan. Shu sababli ham 
to‘rtinchi misrani yuqoridagi misralar singari o‘n bir bo‘g‘indan qilib olmaydi, uni 
to‘ldirmaydi. Shoir she’rda ifodalangan poetik fikrning davomi borligiga 
o‘quvchini tayyorlaydi. She’rda lirik qahramonning o‘zbekona soddaligi, beg‘ubor 
yoshligi, ishonuvchanligi sabab muhabbatini yo‘qotganligi tufayli chekkan 
iztiroblari tasvirlanadi. 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling