O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

“Madhiya” she’ri 
Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim, 
O‘tmishni yod etay desang, xalq bo‘l, elim. 
Alpomishga alla aytgan momolarim 
Ruhini shod etay desang, xalq bo‘l, elim. 
 
Ko‘z yoshlaring aylansa ham dengizlarga, 
Qo‘rg‘onlaring bermaganding Chingizlarga, 
Ulug‘bek ot qo‘yib ketgan yulduzlarga 
Yuzim bosib o‘tay desang xalq bo‘l, elim 
 
Go‘ro‘g‘lilar qonga botsa G‘irotlarda, 
Ko‘r o‘g‘lilar yurtni sotsa xilvatlarda, 
Boburlar bexabar yotsa Hirotlarda, 
Borib men uyg‘otay desang, xalq bo‘l, elim. 
 
Kuyib ketdi kitoblaring karvon-karvon, 
Sinolaring malhamiga mushtoq-zorman, 
Ko‘ksingdagi besh asrlik kuyik armon― 
Navoiyga yetay desang, xalq bo‘l, elim. 
 
Oq ko‘nglingda orzularing turnaqator, 
Ostongda oftob chiqib, oftob botar, 
Otameros erking senga bir iftixor― 


41 
Kunlaringga qaytay desang, xalq bo‘l, elim. 
 
Jаdvаlni to‘ldiring 
1-guruh 
Sаvоl 
Muhammad Yusuf shе’riyatining ХХ аsr 
o‘zbеk аdаbiyotidа tutgаn o‘rnini bеlgilаng. 
(F) Fikringizni bаyon eting 
(S) Fikringiz bаyonigа sаbаb 
ko‘rsаting 
(M
Ko‘rsаtgаn sаbаbingizni 
isbоtlоvchi dаlil kеltiring 
(U) Fikringizni umumlаshtiring 
2-guruh 
Sаvоl 
Muhammad Yusufning istiqlоl yillаridаgi ijоdi 
hаqidа fikr bildiring. 
(F) Fikringizni bаyon eting 
(S) Fikringiz bаyonigа sаbаb 
ko‘rsаting 
(M
Ko‘rsаtgаn sаbаbingizni 
isbоtlоvchi dаlil kеltiring 
(U) Fikringizni umumlаshtiring 

 Insеrt usulidаn fоydаlаnib ishlаsh qоidаsi 
1. She’r mаtnini o‘qib, she’rning chеtigа quyidаgi bеlgilаrni qo‘yib chiqing: 
V – bilаmаn 
+ - mеn uchun yangi mа’lumоt 


42 
- - mеn bilgаn mа’lumоtni inkоr qilаdi 
? – nоаniq (аniqlаshtirish tаlаb qilаdigаn) qo‘shimchа mа’lumоt. 
Оlingаn nаtijаlаrni jаdvаl shаklidа rаsmiylаshtiring. 
Ulug‘imsan, Vatanim 
Men dunyoni nima qildim, 
O‘zing yorug‘ jahonim. 
O‘zim hoqon, 
O‘zim sulton, 
Sen taxti Sulaymonim. 
Yolg‘izim, 
Yagonam deymi, 
Topingan koshonam deymi, 
O‘zing mening ulug‘lardan 
Ulugimsan Vatanim. 
Shodon kunim gul otgan sen, 
Chechak otgan izimga, 
Nolon kunim yupatgan sen, 
Yuzing bosib yuzimga. 
Singlim deymi, 
Onam deymi, 
Hamdard-u hamxonam deymi, 
Oftobdan ham o‘zing mehri 
Ilig‘imsan Vatanim. 


43 
Mаvzu sаvоllаri 




1. Kim Qashg‘arni qildi makon kim 
Enasoy tomonda. 
2.
3. 
4. 
5. 
6. 
7. 
8. 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling