O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

Sevgi bamisoli lolaqizg‘aldoq, 
Teginmay bo‘lmaydi, 
Tegsang to‘kilar. 
Alvon bir gumbazning o‘rtasi oppoq... 
Buni bir menu bir kapalak bilar.
Ilk muhabbat bilan qizg‘aldoq o‘rtasidagi o‘xshash qirralarni topgan shoir 
muqaddas tuyg‘uni nafis, nozik va go‘zal lolaqizg‘aldoqqa o‘xshatadi. 
Qizg‘aldoqni ilk muhabbatga qiyoslaydi. Muhabbat ham qizg‘aldoq singari 
qalbning eng nozik tuyg‘usi, qizg‘aldoq ham ko‘ngildagi ish yanglig‘ ba’zan 
hislarni uyg‘otadi. Muhammad Yusuf ijodida qizg‘aldoq obrazi qadrlanmagan 
muhabbat timsoli sifatida ham gavdalanadi: 
Men o‘sha gumbazga boshimni suqdim - 


34 
Qizil ko‘ylakli bir qizgina kular: 
Bunday boqma menga, uqdingmi? 
Uqdim... 
Buni bir menu bir kapalak bilar. 
Misralar fikrimiz dalili bo‘lishi mumkin. Qizg‘aldoqning tabiiy go‘zalligi va 
noziklik belgilaridan ijodiy foydalangan shoir muhabbat tushunchasini turfa 
jihatlardan yoritadi, yangi ma’no qirralarini poetik kashf etadi. Mana bir misol:
So‘ng u oqqanotim uchdiyu ketdi, 
Uning umri bir kun - choshgohda o‘lar. 
Momo yer aylanib manzilga yetdi, 
Buni bir menu bir charxpalak bilar... 
Darhaqiqat, muhabbat bir visol bilan nihoyasiga yetguvchi tuyg‘u emas. Shoir 
Qizg‘aldoq obrazini faqat muhabbat timsoli sifatida tasvirlamay bu obrazni goh sodda 
qizaloqqa, ba’zan aldangan yorga, hamdard do‘stga, sirdosh singil va armon 
tuyg‘usida o‘rtangan oshiqqa qiyosan tasvirlaydi. “O‘g‘lonlar” she’rida 
qizg‘aldoqning xokisorlik xususiyatiga urg‘u berilib, u fidoyi o‘g‘lonlarga 
o‘xshatiladi. 
Bir daryoga ulanmagan irmoqlar, 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling