O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Tuprog‘i jannatdek qilguvchi g‘amza


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

Tuprog‘i jannatdek qilguvchi g‘amza 
Men o‘sha yam-yashil vodiydan maysa.
Ming jonim sadag‘a bitta jilmaysa -
Nechun qulluq qilmay Andijonga men . 
Ushbu kompozitsion bo‘lak asarning boshida, o‘rtasida, oxirida takrorlanadi va
she’rda lirik qahramonning ruhiyatini qamrab oladi. 
Muhaammad Yusuf kompozitsion usullardan yana biri bo‘lgan ko‘chuvdan ustalik 
bilan foydalanib, asarlarini jonli so‘zlashuv tiliga 
yaqinlashtiradi. Ushbu usulni shoirning “Muhabbat” she’rida uchratamiz: 
Qalbga zardob bo‘lib to‘lganing alam, 
Gohi ochilmasdan so‘lganing alam 
Muhabbat, muhabbat, hammasidan ham 
Sochga oq tushganda kelganing alam!..
16
.
Bu usulni shoirning ko‘plab sherlarida uchratish mumkin. “Singlimga maktub”, 
“Sevgi bu”, “Qizil olma”, “She’riyat bu”, “Samarqand” kabi bir qator she’rlari 
shular jumlasidandir. 
Muhammad Yusufning mahorati she’rlarining sarlavhalarida ham yorqin 
ko‘rinadi. Shoir she’rlarining mazmunidan kelib chiqib sarlavha tanlaydi. Sarlavhani 
asarlarining g‘oyasini ochish vositasi sifatida ishlatadi. “Erka kiyik”, “Oqibat”, 
16
Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 55. 


32 
“Iqror”, “Ajib dunyo”, “Onamdan xat”, “O‘zbekning ayollari”, “Hayrat”, 
“Lolaqizg‘aldoq” shular jumlasidandir. 
Muhammad Yusuf o‘z ijodida ga ham alohida e’tibor bergan. Jumladan, “Bir 
qiz yig‘lar” nomli she’rini tahlil qilar ekanmiz, sevgi azoblaridan, sevgi 
yolg‘onlaridan iztirob chekib ko‘z yosh to‘kayotgan, aldangan bir munis muhabbat 
qurboni portreti ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. She’rda tabiat (ya’ni peyzaj) va 
inson o‘rtasidagi uyg‘unlik holati o‘z o‘rnini topadi. Yer bag‘ridan ko‘z yosh 
singari sirg‘alib chiqayotgan buloq boshida bir umrga ma’yuslikka mahkum 
bo‘lgan majnuntollar qoshida iztirob to‘la ko‘z yosh to‘kayotgan lirik qahramon 
gavdalanadi. Kitobxon uning tuygularini xis kiladi,tasirlanadi. 
Xullas, makon va zamon (fazo va vaqt) olam mavjudligining umumiy 
shakllaridir. Muhammad Yusuf poetik idrok asnosida, xalqimizning qadimiy 
qarashlariga tayanib, borliqni ravshanroq ko‘rish va ifoda etishga urindi. Borliq va 
yo‘qlik haqidagi ko‘lamdor fikr qarashlarini ilgari surdi. Makon va zamonni uzviy 
va o‘zaro bog‘liq tushunchalar sifatida angladi. Hodisalarni ketma-ketlik va 
izchillikda idrok etdi. Jarayonlarni davomiylikda olib qararkan, elning erk va 
ozodlik haqidagi ideallarini olis moziy bilan bog‘ladi. Istiqlol yillarida 
O‘zbekistonda sodir bo‘lgan ulkan o‘zgarishlarni har lahza she’rga solishga, 
vaqtning mazmunini poetik moddiylashtirishga urindi. Tarixiy o‘tmishni topologik 
mazmunda, ya’ni bizning bugungi hayotimizga daxldorlik negizida o‘zlashtirdi. 
Boshqacharoq aytganda, millat tafakkurining ikki nuqtasini istiqlol g‘oyalari 
asosida tutashtira oldi. 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling