O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim
 
 
Qumlar bosib qurimasin daryolarim. 
 
 
Alpomishga alla aytgan momolarim 
 
 
Ruhini shod etay desang – xalq bo‘l, elim. 
Darhaqiqat, Hamid Olimjon ta’rif berganidek, qadimiy Turon o‘lkasining 
“kokilini yuvib turgan ikki daryo” o‘zligini unutib qarovchiz qolib, qumlar bosib 
qurimasligini tilaydi. O‘z tarixi, o‘z ma’naviyatiga ega bo‘lgan ona yurtning o‘z 
navolari qaytishini istab, shu yurtning shon-shuhratini himoyalashga bel bog‘lagan 
alp yigitlarning beshigini tebratgan momolar ruhini shod etishga, elni birdamlikka 
chorlaydi.
Dunyoga boq, qaddi sendek kim bor yana, 

Dovrug‘i ham dardi sendek kim bor yana. 

Xalq bo‘lishga haddi sendek kim bor yana, 

Moziyni yod etay desang – xalq bo‘l elim
14

Shoirning lirik qahramoni o‘zi istagandek mustaqil, ozod yurtda yashar ekan, 
bu yurt unga zavq bag‘ishlaydi. Xalqini bu erkdan daryodek jo‘shishini, 
mustaqillikdan zavqlanishini xohlaydi. Erk shodiyonasini xalq bayramlariga 
aylanishini chin dilidan istaydi. Bu istak esa xalq bayramlarida o‘zi xohlaganidek 
xalqning sevinch ko‘z yoshlariga aylanadi.
14
Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 23. 


30 
She’rga singdirilgan bosh g‘oya elni xalq bo‘lishga chorlashdir. Bu g‘oyadan 
kelib chiqqan holda aytish mumkinki, kishilarning azaliy orzusi lirik “men” 
ifodasida ramziy obrazlardan foydalanish natijasida xalkchillik kasb etgan. 
Muhammad Yusuf lirikasining ko‘zga tashlanib turuvchi asosiy fazilati uning 
yetukligidir. Bu yetuklik avvalo Muhammad Yusuf she’rlarining ravon va qo‘yma, 
kompozitsion jihatdan puxta va tugallangan bo‘lishida ko‘rinadi. Bu jihatdan “Rayhon” 
she’ri ayniqsa, xarakterlidir. Shoir har bir bandning, har bir misraning benihoya
mazmundor bo‘lishidan, ilgari surayotgan g‘oyani yorqin ifodalashga xizmat 
etishidan 
tashqari, uning nihoyatda ravon va musiqiy bo‘lishiga ham erishadi: 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling