O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

O‘g‘lim, yaqinroq kel, 

 
Qara, ne savdo. 

 
Bu ajib ishlarni

 
Dil lavhiga yoz: 

 
Kimga qasr yetmas, 

 
Kimga mol-dunyo, 

 
Menga esa HAVO 

 
Yetmaydi xolos.
13
 
Lirik qahramonlarining tuyg‘ulari, shoir berayotgan fikrga vobasta. Lirik 
qahramonning kechinmalari shoirning aniq yo‘naltirilgan xulosasi bilan qorishib 
ketgan. Unda xoh farzandning dardli nolalari bo‘lsin, xoh oshiqning sevgisi - bu 
tuyg‘ular lirik kechinmaning asosini tashkil etadi. Shoirning lirik qahramonlari 
kechinmalarini nozik badiiy bo‘yoqlar bilan ifodalay olgan. Bundan tashqari, shoir 
asarlaridagi qahramonlar kechinmalarida so‘z orqali vujudga keluvchi qalbning 
ajib holati mavjud. Bu qalb holatini esa shoir o‘zining go‘zal fikrlari bilan 
uyg‘unlashtirgan. Buni ko‘z emas, ko‘ngil bilan ko‘ra olish mumkin. Ulug‘ 
mutafakkir Jaloliddin Rumiyning “Ko‘zni yumgil, ko‘zga aylansin ko‘ngil”, degan 
hikmatlari bu o‘rinda yana bir bor o‘zining mohiyat jilolarini namoyish qiladi. 
Umuman, lirik qahramon obrazini yaratishda lirik kechinma tasviri va shu tasvir 
orqali shoir bermoqchi bo‘lgan fikr muhim ahamiyatga ega. Bu hol esa shoir 
Muhammad Yusuf ijodida uyg‘un va tarovatlidir. 
13
Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 274. 


26 
 
 
 
 
 
II bob. Muhammad Yusuf lirikasining KHK da tahlil qilish usullari 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling