O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Yor, eshiging ochilmadi men uchun


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

Yor, eshiging ochilmadi men uchun, 

Tilingdan bol sochilmadi men uchun.

Uyingdan joy topilmadi men uchun –

Ketar bo‘ldim yuzingni bir ko‘rolmay...
Birinchi to‘rtlikdan ko‘rinib turibdiki, bu eshik do‘stlar uchun, yaqinlar uchun 
hamisha ochiq. Lekin lirk qahramon uchun yopilgan. Yor tilidan hamisha bol 
tomadi. Lirik qahramon bugun bunday baxtdan mahrum. Har doim topiladigan joy 
bugun topilmaydi, “Ketar bo‘ldim yuzingni bir ko‘rolmay” misrasi bilan band 
yakunlangan. Besh to‘rtlikda ham shu misra takrorlanib keladi. Bu she’r bilan 
yuqoridagi asar qahramoni Otabekning yor darvozasidan haydalgandan so‘ng 
mayxonada mashshoqdan “haydalish kuyini” chalishini iltimos qilganligining 
sababini, ko‘nglidan kechayotgan azob iztiroblarini bir-bir sanalayotganligini 
nogoh yodimizga tushiradi. Mana endi lirik kechinma va fikr uyg‘unligi she’rda 
anchayin ravon ekanligini anglab oldik. Chunki “Oniy lirik kechinma” ijodkorda u 
yoki bu voqea-hodisa ta’sirida favqulodda tug‘iladi va qisqa bir vaqt ichida 
muayyan she’riy asar sifatida shakllanishi tufayli xulosalanadi.
“Oniy lirik kechinma ijodkorning ruhiy, hissiy va aqliy faoliyatiga birgalikda 
bir vaqtda qo‘shilishi tufayli estetik qimmat kasb etuvchi tugallikka erishadi. Shu 
bois oniy lirik kechinma o‘ta beqaror va o‘tkinchi bo‘ladi. Biroq ana shunday 
o‘tkinchi kechinma oldindan o‘ylanmagan, ya’ni ongsiz ravishda, katta badiiy 
kashfiyotlar qilishga sababchi bo‘ladi. Badiiy kashfiyot yangicha fikrlash, 
yangicha tasavvur mahsulidir. Yangicha fikrlash, kutilmaganlik, favqulotda 
muqoyasa qilish mahsuli sifatida u ilgarilari muqoyasa qilingan voqea-
hodisalarning ham yangi ma’nolar ifodalaydigan qirra va xususiyatlarini topadi, 


23 
asarni yangi tafsil, obraz va hissiy ko‘lam bilan to‘yintiradi, asar mazmuni 
yaxlitlik, tugallik va estetik qimmat kasb etadi. Har bir shoirdagi ijodiy o‘ziga 
xoslik oniy lirik kechinma ta’sirida vujudga keluvchi ana shu yangicha 
fikrlashning mahsulidir. Yangicha fikrlash, voqea-hodisalarni yangicha idrok 
etish, yangicha baholash bo‘lmagan joyda ijodiy o‘ziga xoslik, uslubiy betakrorlik 
bo‘lmaydi” . 
Demak, shunday she’rlar borki, ular voqea-hodisa ta’sirida bir butun quyma 
holatga kelib voqea-hodisaning to‘liq ta’sirini bir tekis bayon etib bir nuqtaga 
yig‘adi. Bunday she’rlarda birinchi to‘rtlik yakuniy xulosaga ega bo‘ladi. She’rni 
shakllantirgan jamiyki to‘rtliklarning asosiy xulosasi she’rning birinchi to‘rtligida 
berilgan bo‘lsa, she’rning oxirida shu to‘rtlik borlig‘icha takrorlanadi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling