O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

...Yashayapman sharpadek 
 
 
Sezilmay goh, sezilib. 
 
 
Gohi ko‘kka intilib,
 
 
 
Gohi yerga egilib. 
 
 
Sog‘inganda she’r yozib, 
 
 
Yuraklarim ezilib –
 
 
El ichra bir shoiri
 
 
Devonaman, Onajon. 
Qadam-baqadam takomilga yetganmilliy tuyg‘u– obraz (xoh sog‘inch, xoh 
mehr bo‘lsin) ruhimizga azob bersa-da, uni to‘ldirib bizga umrbod hamroz va 
jonajon bo‘lib qoladi. Professor B.Sarimsoqov lirik kechinmani quyidagicha talqin 
etadi: “Hayotdagi xarakterli voqealar ijodkorning diqqat e’tiborini tortib, qalbu 
shuuriga o‘rnashib oladi, unga orom bermaydi, uning hayoti va faoliyatidagi o‘y 
surish, mulohaza yuritish muvozanatini buzadi. San’atkorning qalbini zabt etgan, 
uning oromini, huzur-halovatini buzgan ruhiy holat lirik kechinma deb ataladi. 
Lirik kechinma ba’zan oniy ruhiy holat sifatida kechib, estetik qimmat kasb 
etuvchi mahsul beradi va yo‘qoladi. Ba’zan esa u muayyan tugallikka, estetik 
qimmat kasb etuvchi asar sifatida shakllana olmay ijodkor qalbida, shuurida uzoq 
vaqtlar saqlanib yuradi. Mana shundan kelib chiqib aytish mumkinki, lirik 
kechinma voqe bo‘lishi va tugal estetik qitmmatga ega bo‘lgan asar sifatida 
shakllanishiga qarab ikki xil bo‘linadi: 1. Oniy lirik kechinma; 2. Xotira lirik 
kechinma” . 
Milliy tuyg‘u to‘g‘risida gapirar ekanmiz, Muhammad Yusufning “Ketar 
bo‘ldim” nomli she’riga diqqatni qaratmoqchimiz. Bu she’r besh banddan tashkil 
topgan bo‘lib, har bir to‘rtlikdagi milliy tuyg‘ularning og‘irligi tengdir. Bir-biridan 
kam yoki ortiq emas. Bunday ritmik ravonlik yoki lirik kechinma tabiatning bu 
tekislikda bo‘lishi ajablanarli hol emas. She’rdagi mavjud qirralardan eng muhimi, 
ya’ni poetik qimmatga ega bo‘lgan qirra, she’rning nomi bo‘lib xizmat qilayotgan 


22 
“Ketar bo‘ldim” degan tushunchadir. Bu ketishning ichida yashirin bo‘lgan ketish, 
oddiygina ketish emas, qandaydir azobli ketish yoki bo‘lmasa eng aziz joyidan 
haydalishga o‘xshab ko‘rinadi. Demak, biz to‘g‘ri yo‘lga tushib oldik. Chunki 
bunday haydalish Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanidagi Otabekning 
Marg‘ilondan, yor eshigi oldidan haydalishi bilan bog‘liqdek go‘yo:

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling