O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

 
Lolaqizg‘aldoq! 
11
 
Shoirning “Lolaqizg‘aldoq” she’ri xotira lirik kechinma tarzida ifodalangan. 
Muhammad Yusuf Shavkat Rahmon hayoti bilan yaxshi tanish. Uning so‘nggi 
kunlarigacha yonida bo‘lgan. Ushbu she’r esa lirik qahramonning vasiyati sifatida 
ro‘yobga chiqqan. Shoir lirik qahramonining ichki kechinmalarini bayon etar ekan, 
uning so‘nggi safar oldidan orzu-umidlarining ro‘yobga chiqmaganligini, biroq 
shunday bo‘lsa-da, albatta bu orzu-umidlar ro‘yobga chiqishiga sidqidilidan 
ishonadi. Ayniqsa, shoir tilidan aytilgan so‘zlar fikrimizi izohlaydi. 
Kuz. To‘ylar boshlandi. 
 Yuragim pora 
 Bitta qizimni ham 
Uzatolmadim... 
Demak, taqdir ekan
To‘y ko‘rmay o‘lmoq. 
Biroq, ko‘nglim sezar, 
Mendan keyin ham, 
Bir kun bu hovliga
Odam to‘ladi.
Hali to‘ylar qilib 
Charchaysan erkam, 
Mening qizlarim eng baxtli bo‘ladi!
12
 
11
Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 275. 
12
Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 274. 


25 
She’r lirik qahramonning murojaati shaklida yuzaga kelgan. Shoir bermoqchi 
bo‘lgan fikr aniq yoritilgan. Lirik qahramonning murojaati xoh umr yo‘ldoshiga 
bo‘lsin, xoh o‘g‘liga o‘quvchi qalb qo‘rida mudrab yotgan tuyg‘ularni uyg‘otadi va 
betob yotgan bemorning ahvolini aniq tasavvuur etishga ko‘maklashadi. Ushbu 
tasavvur orqali lirik qahramonning dil qiynoqlari zuhur etadi. O‘quvchi buni aniq 
his etadi. Ayniqsa lirik qahramonning o‘g‘liga qilgan xitobi o‘quvchi qalbida 
o‘rnashib qoladi:

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling