O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Rayhon, aylanay rayhoningdan sening


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

Rayhon, aylanay rayhoningdan sening
Oyqaboq go‘zalim, joningdan sening. 
Kulib ko‘klaringdan tushmaysan, qara, 
Oy o‘tsa uyalar yoningdan sening
15

“Rayhon” she’ri qoliplovchi kompozitsiya asosida yaratilgan. Bu kompozitsion 
uslubiga ko‘ra, shoir asar boshlanishida tasvirlangan manzaraga yoxud sharoitga 
asarning oxirida yana qaytadi. U odatda shoirga poetik asarni kompozitsion chiziq bilan 
o‘rab, uning yaxlitligini va tugallanganligini ta’kidlash imkonini beradi. 
Muhammad Yusuf ijodining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri, uning 
she’rlarida mavjud bo‘lgan kompozitsion takrorlardir. Shoirning “Muhabbatim”, 
“Onamga”, “Samarqand”, “Kapalaklar”, “Yolg‘onchi yor”, “Xalq bo‘l, elim”, 
“Ruh to‘tisi”, “Ketar bo‘ldim”, “Ko‘klamoyim” kabi she’rlarida o‘ziga xos 
takrorlar mavjudki, bular muntazamlik baxsh etuvchi, butun fikrlarning boshini
qovushtirib turuvchi muhim kompozitsion element sifatida she’rda katta rol 
o‘ynaydi. 
Bu takrorlar quruq ohangdorlik bag‘ishlovchi takrorlar emas, aksiicha,-
ularning har biri kompozitsion bo‘lakda yangicha xarakter, yangicha mazmun kasb 
etadi. 
15
Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 45. 


31 
Muhammad Yusuf lirikasida kompozitsiyaning zohiriy elementlari ham ko‘zga 
tashlanadi. Masalan shoirning “Go‘zallarim” she’ri “Go‘zallarim go‘zal aldaysiz” 
misrasi bilan boshlanib, shu misra yordamida poyoniga yetadi. Ushbu misra she’rda 
kompozitsion xalqa bo‘lib xizmat qilgan. Bu esa she’r tuzilishida o‘ziga xos
yaxlitlik bag‘ishlagan. “Nechun” she’rida ham Muhammad Yusuf kompozitsion 
halqadan foydalanib kindek qoni to‘kilgan tuproqqa bo‘lgan muhabbatini ko‘rsata 
olgan. Bu muhabbatdan azizroq tuyg‘uga ishontirish uchun «Nechun qulluq kilmay 
Andijonga men» deya e’tirof etadi: 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling