O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Osmon tushdi boshimga, najot kutay kimlardan


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

Osmon tushdi boshimga, najot kutay kimlardan
G‘amlar keldi qoshimga, dard to‘shagan chimlardan... 
Men bir ojiz gul edim, qizg‘aldoqdek to‘kildim, 
Tuyg‘ulari mo‘l edim, chok chokidan so‘kildim
5

degan satrlarni bitadi. Farzandlik burchini teran anglagan, olis qishloqda 
qolgan onaizor oldida teran qarzdorlik tuygan Muhammad Yusuf: “Agar sevgi 
bo‘lmaganida, balki butun ijodimni onamga bag‘ishlagan bo‘lardim. Eng qadrli 
so‘z – Ona. Men mashhur shoir emas – mashhur beshafqat.”
6
, deya qalbini ochadi.
Bizningcha, shoir “Onam yig‘lar”, “Zorim qolur”, “Lolaqizg‘aldoq”, 
“Yig‘lashni bilmaydi qizlarim” kabi she’rlarida o‘z taqdirini ko‘rgan va bashorat 
qilgan bo‘lsa ajab emas. Masalan, shoirning “Tuzalmaydi dardim mening o‘lsam 
kerak” misrasi bilan boshlanadigan she’rining har bir satrida qanday ruhiy holat 
ifodalanayotganiga e’tibor qaratiladi.  
Tuzalmaydi dardim mening o‘lsam kerak 
Tuproq bilan og‘a-ini bo‘lsam kerak 
3
Usmonova Yu. Qarang. Muhammad Yusuf. Saylanma. Xotiralar, she’rlar va doston. Toshkent., “ShARQ” NMAK Bosh 
tahririyati, 2002 . -B. 15.
4
Boytoyev G‘iyos. Qarang. Muhammad Yusuf. Saylanma. Xotiralar, she’rlar va doston. Toshkent., “ShARQ” NMAK Bosh 
tahririyati, 2002 . -B. 16.
5
Nazira as-Salom. Qarang. Muhammad Yusuf. Saylanma. Xotiralar, she’rlar va doston. Toshkent., “ShARQ” NMAK Bosh 
tahririyati, 2002 . -B. 12.
6
Muhammad Yusuf. Qarang. Muhammad Yusuf. Saylanma. Xotiralar, she’rlar va doston. Toshkent., “ShARQ” NMAK 
Bosh tahririyati, 2002 . -B. 16.


11 
misralari zamiridagi tag ma’no ham, shu holatni keltirib chiqargan tushkun 
kayfiyat sababini ham anglash mumkin bo‘ladi. Qahramon – risoladagi har qanday 
kishi singari hayotning ma’nosi va o‘lim haqida o‘ylaydigan inson. Hayotga 
berilgan va olinadigan ne’mat deb qaragani bois unga o‘lim qo‘rqinchli emas. U 
“tuproq bilan og‘a-ini bo‘lish”dan cho‘chimaydi. Shoir nazarida: “O‘lim nima? 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling