O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

Ko‘zimning yoshini keladi ichgim,
Tilimni chaynagim kelar gohida
7

tarzidagi iqrorga majbur etadi. Chunki qahramon o‘zgalarni tushunib, ularning 
g‘amiga qo‘shilib yig‘lagandagi ko‘z yoshini ichgisi kelsa, boshqalarga ozor 
bergan tilini chaynab tashlagisi keladi. Jabrlovchi ham jabrlanuvchi ham bir kishi 
ekanligi juda ta’sirli va chin. O‘zini kuzatadigan, xatti-harakatlariga odil baho bera 
oladigan odam – haqiqiy inson. She’rning qahramoni shunday shaxs. Shoir 
she’rda:
Xayol tushovidan chiqolmay qolgan, 
Umrimni topshirib qo‘ydim ko‘nglimga
8

deydi. Hayotning ayovsizligidan bezib, kir reallik bilan hisoblashishni xohlamay, 
yuksak xayollar og‘ushida yashashga intilgan pok dilli odam qaysarlik bilan 
qarorga keladi: “Umrimni topshirib qo‘ydim ko‘nglimga”. Ko‘ngil istagi bilan 
umr kechirish esa oson bo‘lmaydi. Lekin shoir shunday yashashga ahd qilgan. U 
ko‘ngilda Alloh borligini, ko‘ngil bilan yashagandagina Yaratgan bilan sirlashish 
mumkinligini biladi. 
Badiiy so‘zning qudrati shundaki, ijod ahli hech qachon qarimaydi. Yillar 
uning haq so‘ziga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi. Shuning uchun ham Muhammad 
Yusuf she’rxonlar nazdida hamisha dilbar va navqiron yigit bo‘lib qolaveradi. 
O‘zbeklargagina xos sezimlarni o‘ta xalqona yo‘sinda samimiy ifodalay olgan 
shoir o‘zining qisqa umri mobaynida ibratli ijodiy yo‘lni bosib o‘tdi. Shoir 
bitiklariga xos xususiyatlar: 
- Olovli she’riy nafas; 
- kutilmagan tashbihlar, o‘tkir va serma’no timsollar; 
- mayin ohang. 
7
Muammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 137. 
8
Muammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 137. 


13 
M.Yusuf ijodiy merosini o‘rganish o‘zbekning ko‘nglini yaxshiroq bilish 
imkonini beradi. Shoirning she’rlari turli yo‘nalishda, ular muallifning turfa 
kayfiyatini ifoda etgan. Lekin Muhammadning butun ijodi uchun mehrga 
tashnalik, insonni ayashga intilish eng yetakchi belgi edi desak, adashmagan 
bo‘lamiz. Jumladan, uning “Mehr qolur” she’rida o‘zi abadiy bo‘lmagan 
insonning amallari ham o‘tkinchi ekanligini ifoda etadi. Odamdagi mehru 
muhabbatgina 
inson 
umrini 
abadiylashtirishi, 
uni 
qolganlar 
xotirasiga 
o‘chmaydigan qilib joylashi mumkin. She’rda ana shu yuksak tuyg‘uni izlayotgan, 
shunga intilayotgan inson sezimlari aks ettirilgan. Shoir yaxshilikka chorlamaydi, 
ezgu ma’naviy fazilatlarni targ‘ib etmaydi, balki obrazlar tili bilan eng baland, eng 
noyob, eng qimmat bo‘lgan insoniy tuyg‘u bo‘lmish mehr haqida ko‘nglidagi 
kechinmalarni chizadi. She’rdagi:

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling