3
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi. Muhammad Yusuf mustaqillik davri o‘zbek
she’riyatiining betakror siymolaridan biri edi. Shuning uchun ham O‘zbekiston
Yozuvchilar uyushmasi, Madaniyat
va sport ishlari vazirligi, Respublika
Ma’naviyat targ‘ibot markazi, «Yoshlar ittifoqi» va jamoatchilik vakillari
tomonidan marhum shoir Muhammad Yusuf tavalludining 64
yilligini
O‘zbekiston miqyosida keng nishonlash to‘g‘risidagi taklifini berilganida
Respublikamiz
Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev
qaroriga
binoan
Andijonda
O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf xiyoboni ochildi.
Shuningdek, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf yashagan Toshkent
shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Pushkin-Solor ko‘chasi, 1-uyda, Ellikqal’a tumani
Bo‘ston shahridagi shoir nomi bilan ataluvchi kollejda
yodgorlik lavhalari
o‘rnatildi. O‘zbekistondagi oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar, umumiy o‘rta ta’lim
muassasalari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari va mahallalarda taniqli adib va
olimlar, san’atkorlar ishtirokida shoir ijodiga bag‘ishlangan
uchrashuvlar, adabiy
kechalar tashkil etildi.Joriy yilda O‘zbek Milliy akademik drama teatri binosida
shoir xotirasiga bag‘ishlangan ijodiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Universitetimiz talabalari Muhammad Yusuf xotirasiga bag‘ishlab tadbirlaar
o‘tkazishddi.
Universitetimizning “Madaniyat ko‘zgusi” gazetasida shu
munosabat bilan tahliliy maqolalar chop etildi. Universitetimizda o‘tkazilgan
tadbirlar ToshDO‘TAU saytida yoritildi. Keng jamoatchilik va talaba yoshlar
o‘rtasida olib borilgan bunday targ‘ibot-tashviqot ishlari o‘zining
sezilarli
natijalarini bermoqda. Binobarin, mening BMI im ham ToshDO‘TAU da ana shu
dolzarb muammoni o‘rganish va targ‘ib qilishning tarkibiy qismidir. Zotan
Muhammad Yusufdek serqirra ijodkorning badiiy merosi tadqiqi zamonaviy
adabiyotshunoslik uchun muhim ahamiyatga egadir.
Ishning dolzarbligi ana shu
jihatlarda namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: