32
“Iqror”, “Ajib dunyo”, “Onamdan xat”, “O‘zbekning ayollari”, “Hayrat”,
“Lolaqizg‘aldoq” shular jumlasidandir.
Muhammad Yusuf o‘z ijodida ga ham alohida e’tibor bergan. Jumladan,
“Bir
qiz yig‘lar” nomli she’rini tahlil qilar ekanmiz, sevgi azoblaridan,
sevgi
yolg‘onlaridan iztirob chekib ko‘z yosh to‘kayotgan, aldangan bir munis muhabbat
qurboni portreti ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. She’rda tabiat (ya’ni peyzaj) va
inson o‘rtasidagi uyg‘unlik holati o‘z o‘rnini topadi. Yer bag‘ridan ko‘z yosh
singari sirg‘alib chiqayotgan buloq boshida bir umrga ma’yuslikka mahkum
bo‘lgan majnuntollar qoshida iztirob to‘la ko‘z yosh to‘kayotgan lirik qahramon
gavdalanadi. Kitobxon uning tuygularini xis kiladi,tasirlanadi.
Xullas, makon va zamon (fazo va vaqt)
olam mavjudligining umumiy
shakllaridir. Muhammad Yusuf poetik idrok asnosida, xalqimizning qadimiy
qarashlariga tayanib, borliqni ravshanroq ko‘rish va ifoda etishga urindi. Borliq va
yo‘qlik haqidagi ko‘lamdor fikr qarashlarini ilgari surdi. Makon va zamonni uzviy
va o‘zaro bog‘liq tushunchalar sifatida angladi.
Hodisalarni ketma-ketlik va
izchillikda idrok etdi. Jarayonlarni davomiylikda olib qararkan, elning erk va
ozodlik haqidagi ideallarini olis moziy bilan bog‘ladi.
Istiqlol yillarida
O‘zbekistonda sodir bo‘lgan ulkan o‘zgarishlarni har lahza she’rga solishga,
vaqtning mazmunini poetik moddiylashtirishga urindi. Tarixiy o‘tmishni topologik
mazmunda, ya’ni bizning bugungi hayotimizga daxldorlik negizida o‘zlashtirdi.
Boshqacharoq aytganda, millat tafakkurining ikki nuqtasini istiqlol g‘oyalari
asosida tutashtira oldi.
Do'stlaringiz bilan baham: