O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


 Muhammad Yusuf she’riyatining yetakchi obrazlarlar talqini


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

2.2. Muhammad Yusuf she’riyatining yetakchi obrazlarlar talqini 
Odatda, barcha ijod ahli o‘z badiiy asarlarida obrazlarni, g‘oyaviy maqsad 
yo‘lida qo‘llaydi. Badiiy obrazlar orqali personajlarning kechinmalarini, yashash 
sharoiti va muhitga bo‘lgan munosabati ham ifodalanadi. Natijada har bir obraz 
muayyan g‘oyaviy yuk tashiydi. Ijodkor badiiy niyatiga ko‘ra va asar g‘oyasini 
ifoda qiluvchi obrazlar ta’sirchanliklarini kasb etadi. Xalq shoiri Muhammad 


33 
Yusuf she’riyatiniig g‘oyasi va obrazlari xususida fikr yuritganda shuni 
alohida ta’kidlash lozimki, she’rlarining bosh g‘oyasi yaratgan obrazlarining jon
qoniga singib, kitobxonni inson shaxsi va hayoti haqida fikrlashga, inson 
ko‘nglini anglashga, his qilishga yo‘llaydi. Gul, shabnam, olma, oy, yulduz, yalpiz, 
majnuntol, maysa, ufq, qush, ohu va shu kabi timsollar Muhammad
Yusuf she’rlariga xos yetakchi obrazlardir. Bu timsollarda shoir olami xilma-xil 
jihatlardan his qilinadi.
Bilamizki, Qizg‘aldoq - tabiat kelinchagi bahor faslining o‘ziga xos ramzi. Biz 
bahor haqida fikr yuritar ekanmiz, uni qizg‘aldoqsiz tasavvur etishimiz mushkul. 
Qirlar bag‘rida o‘sib, alvon rangda qiyg‘os ochiluvchi qizg‘aldoq boshqa gullardan 
ko‘rinishi va tarovati bilan farq qiladi, qalbni his-tuyg‘uga to‘ldiradi. Qiyg‘os 
ochilgan qizg‘aldoqning qirlarga nafis tus berishini, shamolda boshini egib 
tebranishini kuzatish yoqimli, jozibali. Shoir shu go‘zallikni “Qizg‘aldoq” she’rida 
poetik bo‘yoq va ohang uyg‘unligida tasvirlashga erishgan. Shoir qizg‘aldoq 
obrazini jonlantirib, tabiatning jonli bo‘lagi sifatida suratlantiradi. O‘quvchini bu 
gulga qalb ko‘zi bilan boqishga undaydi. Shoir “Sevgi bamisoli” deb boshlanuvchi 
she’rida qizg‘aldoqni muhabbat ramzi sifatida namoyon etib, chuqur mushohadaga 
undaydi: 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling