O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Sollanasan kelinchakday boshing egib


Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/44
Sana15.09.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1678435
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44
Bog'liq
isayev nodir umumiy o\'rta va khk da muhammad yusuf she\'rlari tahlili orqali o\'quvchilarda tahlil malakasini shakllantirish

Sollanasan kelinchakday boshing egib
 Jayron o‘tgan so‘qmoqlarga yoshing to‘kib,
 Qizil yuzing qon dilimga turar tegib, 
 Meningdek sen g‘aribning ham parvonang yo‘q.. 
“Jayron” she’rida Qizg‘aldoqqa ta’rif beriladi:
Yurak qoning to‘kilgan so‘qmoq, 
 Bag‘ri alvon lolaqizg‘aldoq. 
Shoir nazdida qizg‘aldoq shijoatkor jayronning to‘kilgan yurak qonidan 
paydo bo‘lgandek... Yilda bir marotaba keladigan bahordan quvonchlarga to‘lgan 
18
Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 275. 


36 
qizg‘aldoq bag‘ri to‘lib gulgun yashnaydi. O‘zi go‘zallashib, tabiatni ham yanada 
ko‘rkamlashtiradi: 
Qadring bilgan, darding bilgan, ayt kiming bor?... 
Kelib-ketar bahor senga bevafo yor,
Go‘zalsanki, senga bari gullar ag‘yor, 
“Oh” ursang, bir ohing tinglar ostonang yo‘q...
Bahor o‘tishi bilan qizg‘aldoq go‘yo yer bag‘riga singib ketgandek g‘oyib 
bo‘ladi. Kelgusi bahorda esa shu hol qayta takrorlanadi, yillar osha shu holat 
takrorlanaveradi. Tabiatning bu hodisasidan ustalik bilan foydalangan shoir yorini 
intiq kutgan oshiq holatini qizg‘aldoqda jonlantiradi. O‘z sevgilisi visoliga 
oshiqqan qalb iztiroblari qizg‘aldoqning o‘z bahorini sog‘inch bilan kutib 
yashashiga o‘xshatiladi. Muhammad Yusuf insof, imon, oqibat, sof qalb, 
ezgulik kabi muqaddas tuyg‘ularni “Qizg‘aldoq” obraziga jo qila oldi: 
Oldingga men borolmasam, o‘t gunohim, 
Bir yo‘qlab qo‘y, men dunyodan o‘tgan chog‘im,
Qabrim uzra hilpirab tur, qizg‘aldog‘im, 
Muhammaddan bo‘lak do‘sti devonang yo‘q
19
... 
Shoir tabiatga, hayotga ijodiy yondashar ekan, uning abadiy, tuganmas 
ekanligiga tan beradi. Hayot, tabiat qoshida o‘zining qilgan mehnatlari oz 
ekanligini e’tirof etadi. Shoirning o‘zidan keyin ham tabiat bag‘ridagi qizg‘aldoq 
qolishiga ishonchi, oddiygina tabiat hodisasidan falsafiy fikr yuritishi mehr-
muhabbat ramzi bo‘lgan qizg‘aldoqni abadiyatga muhrladi. Zero, insonning pokiza 
tuyg‘ulari ham abadiydir.
A.Oripov, Rauf Parfi ijodida o‘zbek she’riyatida an’anaviy obrazga aylangan
“Uchinchi odam” obrazini uchratamiz. A.Oripov talqinicha “uchinchi odam” 
shunday kuchga egaki, uningsiz biror ish, biror yumush hal bo‘lmaydi. U 
payg‘ambar shakliga kirib, bandalariga “xudodan dalolat beradi”; ne-ne o‘jar 
shohlardan elchi bo‘lib, goh bosh keltirib, gohida boshi ketadi. U azaldan tiriklikka 
19
Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sharq” NMAK Bosh tahririyati, T.2002, -B. 53-54.. 


37 
hakamlik qiladi. Muhammad Yusuf uchinchi odam obrazining muhabbat bobidagi 
qirrasini talqin qilar ekan, shu qirraning yangi ma’nolarini yoritadi. O‘sha uchinchi 
odamning muhabbat bobida buyuk bir mahram ekanligiga alohida e’tiborni qaratadi. 
“Uningsiz visol ham yo‘qdir aslida” deya o‘z she’rlarida isbotlashga harakat qiladi. 
Jumladan, shoirning “Dalada” she’rida ikki intiq qalbning bir-biriga intilishiga
kontrast holda uchinchi odamning ajratishga urinishini aks ettiradi: 

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling