O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/32
Sana06.11.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1750655
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Bog'liq
o\'rinova zarifa “sifatning ma’no turlarini o‘rganishda integrativ yondashuv

Oq rang tozalik, musaffolik, iffat, yorugʻlik, donishmandlik, haqiqat va
ezgu — iroda ramzidir. Bular oq rangning bir jihati, biroq boshqa jihatiga koʻra u
mota’m, oʻlim, qoʻrqoqlikni ifodalaydi. Yaponiya va Xitoyda aynan oq rang mota’m
va qaygʻu rangi hisoblanadi.
Qora rangli kiyim kiyishni yoqtiruvchi odam hamma narsalarga qarshi, oʻjar.
Isyon bilan hammasidan voz kechishni istaydi. Bu holat kishining kuch toʻplashi
uchun vaqtincha chekingan, tin olgan davriga muvofiq keladi. Qora rangning ijobiy
sifatlari ham yoʻq emas: masalan, nikoh toʻylarida kuyovning qora kastum-shimda
boʻlishi yoki qora kastum-shimning rasmiy marosimlarda kiyilishi bu rangning
obroʻ-e’tibor, tantanavorlik ramzi ekanligini ham ifodalaydi.
Qizil rang inson hayotidagi eng kuchli hayajonni ifodalaydi.
Mutaxassislarning kuzatuvlariga koʻra, kishining qizil rangli kiyim tanlashi uning
oʻzini namoyon etishga boʻlgan harakati bilan bogʻliq. Shuningdek, qizil tartibsizlik,
35
Ziyo.uz


38
inqilob, mavjud tartib-qoidalarga boʻysunmaslik, ularni rad etish alomati hamdir.
Qizilning manbayi olov, u issiqlik va harorat beradi, shuningdek, u muhabbat rangi
ham hisoblanadi.
Sariq rang — ochiqlik, faollik, ozodlikka va kuch-quvvatga intilish rangi.
Sariq quyosh va yoz faslining rangi, u kelajakka umidvorlikni oʻzida ifodalaydi.
Sariq oltin rangi boʻlganligi uchun shon-shuhrat va ilohiy hukmronlik ramzi ham
hisoblanadi.
Kulrang u na oq, na qora, oʻrtalikdagi neytral chegara rangdir. Kimki bu
rangga koʻproq moyil boʻlsa, demak, u oʻzini hamma narsadan toʻsib chegaralab
olishni, har qanday majburiyatlardan xalos boʻlib, hech narsada ishtirok etmaslikni
istaydi. Kulrang kiyingan odam boshqalarning oʻzi haqida bilishlarini ista’maydi:
kulrang — sirlarni yashirish xususiyatiga ega.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling