O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
o\'rinova zarifa “sifatning ma’no turlarini o‘rganishda integrativ yondashuv
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yashil rang
Koʻk rang — ochiq osmon va dengiz rangi sifatida oʻzida yuksaklik va
chuqurlikni ifoda etadi. Ruhshunos olimlar koʻk rangning inson asablariga tinchlantiruvchi ta’sir koʻrsatishini aniqlagan. Boshqa jihatdan koʻk beoʻylik, turgʻunlik, hayotdan ajralib qolish kabilarni ifodalaydi. Havoyilik, havoyi oʻylar kabi iboralar ham koʻk rangning ana shu sifatlari bilan aloqador. Koʻk sodiqlik va tartib-intizom rangi ham hisoblanadi. Yashil rang — tiriklik, oʻsish va umid ramzi. Bahor fasli chechaklari rangi. Boshqa bir jihatiga koʻra u zahar, kasallik va gʻoʻrlikni ham bildiradi. Shuningdek, yashil rang moʻl-koʻlchilik, toʻkin-sochinlik, rivojlanishni ham bildiradi. Islom dinida yashil ilohiy rang sanaladi”. 36 Darslikda “Sifat darajalarining uslubiy xususiyatlari” mavzusida sifatning ma’no turlarini psixologiya fani bilan integrativ tarzda oʻrgatishga xizmat qiluvchi yana bir mashq keltirilgan: 249-mashq. Sifatlarni toping. Ularning uslubiy xossalarini aniqlang. ODAMNI BILISH Koʻz ravshan boʻlsa, qalbning oqligi, xush-xurramlik belgisidir. 36 Nurmonova A.,Sobirov A., Yusupova SH. Hozirgi oʻzbek adabiy tili. Akademik litseylarning II bosqich talabalari uchun darslik. Ilm ziyo, T.:2011-yil. B.-145. 39 Koʻz kichik boʻlsa, ojizlik va gʻam-anduhga botganlik belgisidir. Koʻz yirik boʻlsa, ablah va nodonlikdan dalolatdir. Koʻz harakatsiz, xira boʻlsa ham ablahlikning dalilidir. Koʻz kichik va xira boʻlsa, ochkoʻz va molparast boʻladi. Koʻz tim qora boʻlsa, badgumon va qoʻrqoqlikdan belgidir. Koʻz moviy boʻlsa, besharm, bevafo, e’tiqodi va imon sustligi dalilidir. Koʻz yoshlanmaydigan (va benur) boʻlsa, unday kishi odamlar qonini toʻkishga shay boʻladi. Agar koʻk, qora yo shahlo koʻzda qora nuqtalar va feruzarang qoʻshilgan boʻlsa, u kishining ichi qora, oʻzi shahvatga oʻchdir. Kimning koʻzi gʻoyat yaxshi koʻrsa, uning achchigʻi tez chiqadir. Kimki kulganda koʻzida yosh yiltillasa, u yaxshi xulq-atvor egasidir. Kimki koʻzini tez-tez yumib ochsa, u sodiq doʻst va yomon ishlardan xoli kishidir. 37 Ushbu mashqda sifatning ma’no turlaridan, nafaqat, rang-tus sifatlari, balki hajm-oʻlchov, xususiyat sifatlari ham alohida ahamiyat kasb etgan. Yuqorida keltirilgan taʻriflar, albatta, nisbiy, ammo rang-tus sifatlarini oʻrganishga ahamiyatga egadir. Umuman olganda, integratsiya darsi oʻqituvchi tomonidan mavzular bir- biriga mos kelishi va puxta reja asosida tuzilgan boʻlishi kerak. Shuningdek, oʻqituvchi ham darsga tayyorgarlik koʻrayotganda, psixologik bilimlarini takrorlab olishi, psixologik tadqiqotlar va ularning natijalaridan xabardor boʻlishi, darsda toʻgʻri qoʻllay bilishi darkor. Demak, oʻqituvchi integratsiya darsini tashkil qilishi uchun alohida tayyorgarlik koʻrishi lozim. Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling