O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2. Adabiyot ta’limida muommoli o‘qitishning o‘quvchi shaxsini shakllantirishdagi ahamiyati.
- 16-18-mavzu. Ch. Aytmatov. “Oq kema”
3-o‘quvchi:
Marsga to‘p otquchi – sen, Zuhroni uyg‘otguvchi – sen, Uyquda qotguvchi – sen, Uyg‘on o‘zing, uyg‘on o‘zing. 4-o‘quvchi: Garchi shuncha mag‘rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak. Shunday ekan manmanlik nechun, Kibr-u havo nimaga kerak? Kamtarin bo‘l hatto bir qadam O‘tma g‘urur ostonasidan. Piyolani inson shuning-chun O‘par doim peshonasidan. “Kichik esse” metodini qo‘llash uchun Erkin Vohidovning she’rlaridan birining video yoki audio variyanti taqdim etiladi va ushbu she’r yuzasidan har bir o‘quvchi o‘z nuqtai nazaridan kelib chiqib, fikr va qarashlarini ijodiy yondashib, kichik esse tarzida yozib beradi. Umuman bugungi kunda hamkorlik ta’limini adabiyot o‘qitishning deyarli barcha tizimlarida qo‘llash mumkin. Chunki adabiyot ta’limi qaysidir ma’noda fikrlar rang-barangligiga tayanadi. Undagi mohiyat o‘zaro tahlil va fikr almashinish jarayonida, muloqotlarda, suhbatlarda o‘zini namoyon qiladi. Adabiyot ta’limida shu kabi texnologik yondashuv darsda o‘quvchi ijodkor hayoti va ijodiy faoliyatini o‘rganadi va ushbu bilimlarini mustahkamlaydi hamda she’riy asarni mustaqil tarzda tahlil qilish kompetensiyasi shakllanadi, qolaversa, ijodiy fikrlash ko‘nikmalari shakllanadi. Adabiyot o‘qitishda tashkil qilingan kichik guruhlarga aynan mavzuga mos nom tanlashga ham alohida e’tibor qaratish lozim. Hamkorlikda amalga oshirilgan ta’lim nafaqat oson va qiziqarli, balki samarali hamdir. 23 2.2. Adabiyot ta’limida muommoli o‘qitishning o‘quvchi shaxsini shakllantirishdagi ahamiyati. Xozirgi ta’lim tizimida samarali o‘qitish texnologiyalaridan biri – bu muammoli o‘qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o‘qitish ijodiy faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Pedagogik adabiyotlarda muammoli o‘qitishning turli ta’rif va tavsiflari bor. Muammoli o‘qitishning mohiyati muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishdan iborat. Adabiyot ta’limida muammoli texnologiyalarning qo‘llanishi o‘quvchining erkin fikrlashi, badiiy asar mazmun mohiyatini chuqur anglab yetishi, adabiy tushunchalarni, yozuvchi va uning hayoti ijodiga bog‘liq jarayonlarni to‘liq o‘zlashtirishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Muammoli ta’lim texnologiyasi adabiyot ta’limida amaliy jihatdan hali o‘z o‘zini to‘liq namoyon qilgani yo‘q. Bugungi kunda adabiyot ta’limida muammoli texnologiyalarni qo‘llash borasidagi metodik ko‘rsatmalar nisbatan kamdir. Biz ushbu texnologiyani “Oq kema” qissasi misolida tatbiq etishga harakat qilamiz. Ramziy obrazlarga boy bo‘lgan “Oq kema” qissasi 7-sinf adabiyot darsligida o‘quvchilarga taqdim etilgan, eng qiziqarli va eng ta’sirchan asarlardan biri desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Adib Chingiz Aytmatov tomonidan yaratilgan ushbu asar bola qalbidagi beg‘uborlik, mehrga tashnalikni va ezgulikni kuylaydi. Qissa qahramoni hayotda mehr ko‘rmagan, uning bobosidan boshqa suyanadigan odami, yaxshilik qilish mumkin bo‘lgan kishisi yo‘q. Shu bois u hayotda ko‘rmaganlarini xayolda yaratib, izlaganlarini ramzlardan topishga urinadi. 15 Ibrohim Haqqul qissa haqida taassurotlarini aytar ekan shunday deydi: “Hayotni to‘g‘riroq mushohada qilishga kirishgan chog‘larimni hali-hamon eslayman. O‘shanda nechundir dilda ismsiz g‘ussa, kundan kunga uzlatga undovchi bir yolg‘izlik qad rostlay boshlagan. Chingiz Aytmatovning “Oq kema”sidagi bolakayga o‘xshab o‘ksik nigoh ila atrof- muhitga qaraganlarim, kazo-kazo kimsalarning chiroyli, balandparvoz, biroq mag‘zi 15 Yo‘ldoshev Q va b. Adabiyot. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik - majmua. – T., 2017. 24 bo‘m-bo‘sh gaplaridan tamoman bezgan kunlarim va holatlarimni aslo unutolmayman…”. 16 “Chingiz Aytmatovning “Oq kema” qissasida o‘rtaga tashlangan falsafiy muammolar: ertak va hayot, hayot va nafosat, inson va tabiat, moziy va kelajak, zulm va shafqat, ezgulik va yovuzlik, insonparvarlik va vahshiylik, yozuvchi va voqelik – bularning hammasi adibning o‘tkir qalami orqali kishilarning yuksak axloqiy ideallari nuri-la munavvar etilgan. Bu qissa juda katta badiiy emotsional kuchga ega bo‘lib, Ch.Aytmatov ijodida yana bir yangi sahifa ochdi”,- deydi Komil Yashin. 17 Uzviyashtirilgan davlat dasturi bo‘yicha Ushbu asar uchun 3 soat o‘quv soati ajratilsan bo‘lib, bunda dastur bo‘yicha o‘quvchilar ushbu mavzudan quyidagilarni egallashlari talab qilib belgilangan: 16-18-mavzu. Ch. Aytmatov. “Oq kema” Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling