O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
O‘yin texnologiyasining adabiyot ta’limida o‘quvchi faolligini
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
abdurashidova ozoda “adabiyot ta’limida yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish metodikasi”
2.3. O‘yin texnologiyasining adabiyot ta’limida o‘quvchi faolligini
oshirishdagi o‘rni O‘yin bola xarakteriga xos asosiy faoliyatdir. Ushbu faoliyat o‘z imkoniyatlari jihatidan ta’lim va tarbiya jarayonida juda muhim ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy talablarga asosan o‘quvchilarda o‘zaro raqobatni o‘rnatish uchun adabiyot 23 Keldiyorov R. Adabiyot darslari samaradorligini oshirishning ilmiy-metodik asoslari. Diss. – T., 2001. – B. 16. 24 Keldiyorov R. Adabiyot darslari samaradorligini oshirishning ilmiy-metodik asoslari. Diss. – T., 2001. – B. 48. 35 darslarida o‘yin mashg‘ulotlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki o‘yin texnologiyasi o‘quvchilar orasida faollikni yanada kuchaytiradi va mavzuga oid bo‘lgan qiziqishni yanada oshiradi. Adabiyot ta’limida ayniqsa pastki boshqichlarda 5-6-7-sinflarda o‘yin mashg‘ulotlarini qo‘llash yaxshi samara beradi. Yuqori sinflarda ham o‘yin mashg‘ulotlaridan foydalanish mumkin, faqat bunda o‘yinning shakli va mazmunida biroz o‘zgarish yuzaga kelishi kerak. Har bir qo‘llangan o‘yin metodi, albatta, yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy etilishi lozim. Adabiy ta’limda asosiy faollik o‘qituvchining o‘zida mujassam bo‘lishi kerak. Shundagina o‘quvchilar orasidagi faollikni ta’minlay oladi. Zamonaviy ta’limni tashkil etishda turli xil o‘yinlardan samarali foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Bugungi kunda adabiy ta’lim jarayonida qo‘llash nihoyatda qulay bo‘lgan bir qator o‘yinli texnologiyalar yaratilmoqda. O‘yinli texnologiyalar nafaqat nazariy bilimlarni mustahkamlash, ularning amaliy malaka va ko‘nikmalariga aylanishini ta’minlabgina qolmay, balki ta’lim oluvchilarda muayyan axloqiy irodaviy sifatlarni ham tarbiyalashga o‘z ulushini qo‘shadi. D.B.El’koninning fikriga ko‘ra, “Xuddi shu oddiygina o‘yin orqali o‘sib kelayotgan bolaning tasavvuri ilk marotaba qaror topa boshlaydi”. Bir qancha izlanishlar shu fikrga olib keladiki, o‘yin - bu taraqqiyotyotning rolidir, uning kelajakka, rivojlanishga qaratilgan, undan kelib chiqadigan qonun-qoidalar, iroda hamda matonat maktabidir. Quyida adabiyot darslarida o‘yin texnologiyasini yaratishga doir namunalar keltirib o‘tamiz. 6- sinf adabiyot darsligida Muhammad Sharif Gulhaniyning “Zarbulmasal” asari keltirilgan. Gulhaniy hayoti va ijodi hamda “Zarbulmasal” asarini o‘qitishda darsni o‘yin texnologiyasi asosida tashkil etish mumkin. O‘yin asosidagi metodlardan biri “6X6X6” metodidir. Olti kishidan kam bo‘lmagan guruh 6 daqiqa davomida guruh oldida turgan muammoni yechishga yordam beradigan aniq g‘oyani shakllantirishga harakat qiladilar. 25 Bu metoddan adabiy asar ustida ishlash uchun foydalanishda adabiyot o‘qituvchisidan pedagogik mahorat va ziyraklik, guruhlarni 25 Azizxo'jayeva N. Pedagogik texnalogiyalar va pedagogik mahorat. – T., 2006. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling