O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Download 0.71 Mb.
|
Matn lingvistikasi-fayllar.org
Gradatsiya (lot. gradatio – zinapoya, bosqichma bosqich kuchaytirish) Nutq parchalaridan biri ikkinchisining ma’nosini kuchaytirib borishdan iborat uslubiy jarayon. Badiiy adabiyotda holatlarni, tuyg‘u va kechinmalarni qiyoslashda, his-hayajonlar junbushini to‘liq ifodalashda gradatsiya usulidan foydalaniladi. Adabiyotlarda gradatsiya xususiyatlariga ko‘ra turlicha tasnif qilinadi: mohiyatiga ko‘ra: ko‘tariluvchi gradastiya (klimaks) va pasayuvchi gradastiya (antiklimaks); ifoda usuliga ko‘ra: mantiqiy, emotsional va miqdoriy gradastiya; ifoda materialiga ko‘ra: leksik gradasiya va sintaktik gradastiya.
Men nadomatlarni unutganman. Men meros dovlamayman. Men molparast ham emasman. Lekin qani mening etti ma’dandan eritib quyilgan darvozam? Jahonning bir mo‘‘jizasi? Oltin, temir, qurch, qalay, po‘lat, mis, kumush darvozam? Bibixonim darvozasi? Yo‘qolgan darvoza... O‘g‘irlangan darvoza... Tanga qilib maydalangan darvoza... (I.G‘afurov)165 Keltirilgan misolda dastlab shaxsiy sifatlar bosqichma – bosqich kuchaytirib tasvirlanyapti. Keyin, darvoza bilan bog‘liq sifatlar tasvirida pasayuvchi gradatsiyani kuzatish mumkin: mo‘‘jizaviy darvoza – oltin darvoza – temir darvoza – qurch darvoza. Ortidan darvozaning kimga taalluqli ekanligi aytiladi va yana ko‘tariluvchi gradatsiyadan foydalanib darvozaning g‘oyib bo‘lish sababi oshkor qilinadi: darvoza yo‘qolgan – (aslida) o‘g‘irlangan – (va) tanga qilib maydalangan. Ibrohim G‘afurovdan gradatsiyaga yana bir go‘zal misolni keltiramiz. Unda hislarning junbushi ko‘tariluvchi va pasayuvchi gradatsiya orqali o‘ta ta’sirchan holda ifodalangan. Beatriche yotmagan Usmonning to‘shagida, Zarema yotmagan Usmonning to‘shagida, Nasima yotmagan Usmonning to‘shagida, Hurlar yotmagan Usmonning to‘shagida, Parilar yotmagan Usmonning to‘shagida. Faqat Usmon yotgan Usmonning to‘shagida. Qamoqning to‘shagi. Millionlab begunohlar yotgan bunday to‘shaklarda. Ular ko‘z yoshlardan ko‘l bo‘lib ketgan, Ular unsiz nolalardan cho‘l bo‘lib ketgan, Ular armonlardan yo‘l bo‘lib ketgan... Dunyo yotar shu to‘shakda. She’r yotadi shu to‘shakda. Parlari qofiya. Somoni vazn. Usmon Nosirning to‘shagi – Xayollarin kemasi. –To‘shagimni asrang, og‘a, –dedi u eng so‘ng damda. – Oltin bulutlar uxlagan unda. Armonli baytlar tunagan unda. Lek to‘shakni asramadilar. Farosat etmadi odamlarda. (I.G‘afurov) Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling