O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti


Download 0.71 Mb.
bet41/82
Sana02.12.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1779866
TuriУчебное пособие
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82
Bog'liq
Matn lingvistikasi-fayllar.org

Inversiya deb gap bo‘laklarining o‘rin almashinishi, yoki gap bo‘laklari joylashish tartibining ma’lum bir maqsad bilan o‘zgarishi hodisasiga aytiladi. Inversiya og‘zaki nutqqa xos xususiyat. Badiiy matnda qahramonlar nutqini jonli nutqqa yaqinlashtirishda, ularning tilini individuallash- tirishda mazkur usuldan foydalaniladi: Bolangni olib ketsang-chi! Ko‘rmayotipsanmi, bu erda odamlar ishlab o‘tiripti! (A.Qahhor) – Tashla u toshni! – deb do‘q qilib qoldi onam. Ko‘chaning o‘rtasidan haydatib ketdim aravani. – Bilasizmi, nimaga ergashdim sizga? – deb qolsa bo‘ladimi shunda. (Sh.Xolmirzayev)
She’riyatda esa ifodalilikni, ohangdorlikni va ta’sirchanlikni ta’minlovchi muhim uslubiy vosita sifatida ko‘p ishlatiladi:

Bozorga o‘xshaydi asli bu dunyo,

Bozorga o‘xshaydi bunda ham ma’ni.

Ikkisi ichra ham ko‘rmadim aslo,

Molim yomon degan biror kimsani.
(A.Oripov)


Ellipsis (yun. elleipsis – tushish, tushirilish) deb nutqiy aloqa jarayonida gap bo‘laklarining muayyan maqsad bilan tushirilishi hodisasiga aytiladi. Bunday tushirilish tildagi lingvistik iqtisod - lisoniy tejamkorlik tamoyili asosida amalga oshiriladi. Masalan: –Avaylaganing shu bo‘lsa... uning zardali ovozi ham jonimga tegdi. (Y.Akram) Iltimos to‘xtang... Anavinga qarang! (Sh.Xolmirzayev) –Nima qilardingiz shu sassiq bilan tortishib? (S.Ahmad) – Topamiz-da, – dedim. Talantlar seni redaksiyangga emas, redaksiyam bo‘lmasayam menga keladi. (Sh.Xolmirzayev)
Keltirilgan misollarning birinchi va ikkinchisida «narsa» so‘zi, uchinchi va to‘rtinchisida «odam» so‘zi ellipsisga uchragan. Bu jonli nutq uchun tabiiy hol bo‘lib, badiiy matnga ham huddi shu – jonli nutqqa xos tabiiylikni ta’minlash maqsadi bilan olib kirilgan. Badiiy matndagi ellipsis tekshirilganda, qaysi gap bo‘lagi ellipsisiga uchraganligi va bundan qanday maqsad kuzatilganligi izohlanadi.
Ellipsisni maqollarda juda ko‘p uchratamiz. So‘zlarning tushirilishi natijasida maqol tabiatiga xos ixchamlik va ifodalilik yuzaga keladi: Ayrilganni ayiq er, bo‘linganni bo‘ri er. Yaxshi bilan yursang, etarsan murodga. Yomon bilan yursang qolarsan uyatga. Yaxshi xunuk libos bilan ham yaxshi. Ahmoq og‘asini tanimas, To‘qmoq tog‘asini tanimas.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling