O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
Download 0.71 Mb.
|
Matn lingvistikasi-fayllar.org
Ko‘p ma’noli so‘zlar
Yozuvchining tildan foydalanish mahoratini belgilashda badiiy nutq ifodaliligini qay darajada ta’minlay olganligiga e’tibor qaratiladi. Buni ko‘p ma’noli so‘zlarni o‘z o‘rnida, muayyan estetik maqsad bilan qo‘llay olishidan ham aniqlasa bo‘ladi. Ko‘p ma’noli so‘zlar nutqning ifoda imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashuvchi lisoniy vosita hisoblanadi. Masalan: Yuk so‘zi o‘zbek tilida ko‘p ma’noli so‘z hisoblanadi. O‘zbek tilining izohli lug‘atida mazkur so‘zning quyidagi ma’nolari qayd qilingan: 1) «Bir erdan ikkinchi erga ko‘tarib, tashib borilishi lozim bo‘lgan og‘irlik»; 2) «Kishini urintirib qo‘yadigan, tashvishga soladigan ortiqcha narsa, tashvish, dahmaza»; 3) «Qorindagi bola, homila»; 4) «Diniy e’tiqodga ko‘ra aziz-avliyolarni ranjitish tufayli yuz beradigan kasallik».154 Ardoqli adibimiz Cho‘lpon o‘zining «Kecha va kunduz» deb nomlangan romanida qahramonlar nutqida ana shu so‘zning 2- va 4- ma’nolarini qorishtirish asosida ham qahramonlar ichki dunyosini yorqinroq ochishga, ham chiroyli kulgi chiqarishga muvaffaq bo‘lgan: – Elkamda o‘n putdan o‘ttiz put yukim bor... – dedi mingboshi. Bu ham baqirishga yaqin bir ovoz bilan aytilgan edi. Uchala xotin ham bu yukning nimaligini anglab etolmadilar. Xadichaxonning fikricha, mingboshiga «irim» qilgan edilar. Endi uni «qaytartirmoq»dan o‘zga iloj yo‘q edi. Bu fikr boshqa kundoshlarning miyalaridan ham o‘tmadi emas... Faqat Hadichaxonning bu fikri qat’iy bo‘lsa kerakkim, yashirishga lozim ko‘rmadi: – G‘animlar qasd qilganga o‘xshaydi. Qaytarma qildirib bersammi? – dedi. –Ayollarning bilgani irim, bilgani qaytarma, bilgani azayimxon... – dedi mingboshi... Shu ochilishdan dadillanib bo‘lsa kerak Xadichaxon yana e’tiroz qildi: –O‘zingiz o‘z og‘zingiz bilan «yuk bosdi» demadingizmi? Mingboshi kulib yubordi: –«Yuk bosdi» degan bo‘lsam «qanday yuk?» deb so‘ragin-da, bachchag‘ar! –dedi u. Bu vaqtda uydagilar ham asta-sekin tashqariga chiqib yaqin o‘rtaga kelgan edilar. Mingboshi davom qildi: –Uchalang yukmisan menga? –Nima og‘irimiz tushdi sizga? –dedi Xadichaxon. (CHo‘lpon) Ko‘p ma’noli yuk so‘zi mingboshi nutqida «ortiqcha tashvish» ma’nosida, ya’ni «uchta xotini o‘n puddan o‘ttiz pud» dahmaza ma’nosida qo‘llangan, xotinlar esa bu so‘zning qayd etilgan 4-ma’nosida tushunganlar, shu tarzda kulgili holat yuzaga kelgan. Ko‘p ma’nolilik asosan so‘zlarga xos xususiyat bo‘lib bir so‘zning birdan ortiq ma’noga ega bo‘lishi tushuniladi. Iboralarda ham ko‘p ma’nolilikni kuzatish mumkin. Masalan: yuragi qinidan chiqmoq iborasi sevinchni va qattiq qo‘rquvni ifodalashga xizmat qiladi. Qizning paranjisini ko‘rishi bilanoq yigitning yuragi qinidan chiqayozdi (Oybek). Qo‘rqmayman deb bo‘lmaydi, o‘g‘lim. Shunaqa vaqtda odamning yuragi qinidan chiqib ketadi (A.Qahhor). Bosh suqmoq – qisqa fursatga kirmoq, xabar olmoq; aralashmoq, odamlarga qo‘shilmoq. Tomdan tarasha tushganday – kutilmaganda, qo‘qqisdan; qo‘pol tarzda. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling