O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti
Download 54.9 Kb.
|
Nodira g\'azaliyotida lirik qahramon obrazi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mundarija: Kirish
- Xulosa
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI ONA TILI VA ADABIYOT TA’LIMI FAKULTETI “Ro’yxatga olindi” O’quv ishlari bo’yicha dekan muovini ____ A.Ro’ziyev Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti Kechki 306-guruh talabasi Toshtanova O’g’iloyning o'zbek adabiyoti fanidan “Nodira g’azaliyotida lirik qahramon obrazi” mavzusida yozilgan KURS ISHI Ilmiy rahbar: _____ F.Qo’lsoxatov. “O’zbek adabiyotini o’qitish metodikasi” kafedrasi oʻqituvchisi ______G.Jo'rayeva “Himoyaga tavsiya etilsin” “O’zbek adabiyotini O’qitish metodikasi” kafedrasi mudiri F.f.n. ____ G.Jo'rayeva 2023 – yil “__” - fevral Mundarija: Kirish………………………………………………………………………….....2 Nodira g’azaliyotida tarixiy shaxslar obrazi……………………....5 “Oltin beshik” voqeasining Nodira lirikasida talqini.…………..10 Tarixiy obrazlar tasvirida badiiy mahorat………………………...26 Xulosa..................................................................................................................40 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………...…43 KIRISH Yurtimiz mustaqillikka erishgach, ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan bebaho adabiy merosni yangicha mezonlar asosida xolisona tadqiq qilish uchun har qachongidan ham dolzarb vazifa sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev dunyo madaniyati va ma’naviyatini yuksaltirishga beqiyos hissa qo‘shgan ijodkorlarimiz asarlarini zamon talablari darajasida tadqiq etish zaruratini quyidagicha ta’kidlagani ham buning isbotidir: “Ota-bobolarimizning asrlar davomida to‘plagan hayotiy tajribalari, diniy, axloqiy, ilmiy qarashlarini o‘zida mujassam etgan nodir qo‘lyozmalarini jiddiy o‘rganish payti keldi. Chunki, o‘zingizga ma’lumki, sho‘rolar zamonida tarixiy haqiqatni bilishga intilish rag‘batlantirilmas edi, hukmron mafkuraga xizmat qilmaydigan manbalar xalq ko‘zidan iloji boricha yiroq saqlanar edi”. Ma’lumki, o‘zbek mumtoz she’riyati an’analarini o‘ziga xos davom ettirib, xalqimiz ma’naviy hayoti tarixida o‘ziga xos iz qoldirgan Mohlaroyim-Nodira adabiy merosi yuzasidan istiqlolga qadar ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilgan. Lekin ularda Nodira istifoda etgan tarixiy obrazlar tizimi, ularning turkiy va musulmon xalqlari adabiyoti an’analariga chambarchas bog‘liqligi, mazkur obrazlarning o‘zbek adabiyotiga kirib kelish jarayonlari, ulardan shoira o‘z ijodida qay darajada istifoda etgani, bu tipdagi obrazlarning ijodkor va salaflari asarlarida qo‘llanish ko‘lami, ijodkor estetik maqsadi va badiiyat mushtarakligi masalalari yaxlit tarzda o‘rganilgan emas. Vaholanki, shoiraning dunyoqarashi, hissiyoti, kechinmalari va hayotiy xulosalari mazkur badiiy obrazlar vositasida ifodalangan. Bu esa, o‘z navbatida, tarixiy obrazlar, ularga yuklangan o‘ziga xos mazmun, bu mazmunning poetik ifodasi masalalarini maxsus o‘rganishning dolzarb ekanini ko‘rsatadi. Download 54.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling