O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat


Leksik ma‘noning semantik tarkibi.Denotativ va Konnotativ sema


Download 51.4 Kb.
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi51.4 Kb.
#1557207
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ABOVOVA MOHINUR206

2.2.Leksik ma‘noning semantik tarkibi.Denotativ va Konnotativ sema.
Semalar soʼz sememasi tarkibida tutgan oʼrni va subʼekt xabari jihatidan ham tilshunoslikda mantiqan ikki tipga boʼli- nadi: informativ sema, pragmatik sema. Bu semalar, JI.А.Kiseleva taʼbiricha, eng yuqori darajadagi semalar boʼlib, eng yuqori darajadagi umumlashtiruvchi ekanliklari bilan xarakgerlanadi. Informativ sema sememaning denotatni bildiruvchi va u haqtsagi munosabaglarni biliru vch i uzvi hieoblanadi, yaʼni informativ sema sememaning denotatni bildiruvchi uzvi bilan egalik va makon, shuningdek muayyan turkumga xoslikni bildiruvchi uzvlarini oʼz ichiga oladi. Shuning uchun L.А.Kiseleva “informativ sema vazifa sathi boʼyicha nomlovchi (ashyoviy) va relyativ (grammema) semalariga boʼlinib ketadi”, deb koʼrsatadi. Masalan, basharasiga botsdi birikmasidagi basharasiga soʼzi sememasining denotativ semasi bilan otlik, egalik va yoʼnalganlik anglatmalari birlikda informativ semadir. Pragmatik sema sememaning faqat denotatga boʼlgan munosabatini bildiruvchi uzvidir. Masalan, yuqoridagi misol boʼyicha basharasi soʼzi sememasidagi kishining oʼsha organiga boʼlgan salbiy munosabat pragmatik sema hisoblanadi. Yana chehrasiga termildi birikmasidagi har ikki soʼz sememasida ijobiy munosabat bildiruvchi pragmatik semalar mavjud. Bu pragmatik semalarning oʼzi yana emotsional sema va ekspressiv semalarga boʼlinadi. Emotsional sema subʼektning obʼektna boʼlgan ijobiy yoki salbiy munosabatini bildiruvchi semalardir. Yuqorida keltirilgan basharasiga soʼzi sememasidagi va chexrasiga termildi birikmasidagi har ikki soʼz sememasidagi pragmatik semalar emotsional semadir. Chunki ular subʼektning obʼektga boʼlgan salbiy yoki ijobiy munosabatini ifoda etgan. E k spressiv sema biror soʼz sememasidagi ifodani kuchaytirib taʼkidlovchi semadir. Masalan, sip-tsizil olma birikmasidagi qip-qizil soʼzi sememasida ekspressiv sema bor. Bu sema qizil soʼzi sememasida ifodalangan rangning nihoyatda ortiq darajada ekanligini taʼkidlayapti. Bunday semalar sifat daraja koʼrsatkichlarida va kuchaytiruv yuklamalarida ifoda topadilar. Shuni[1gds1s, ozaytirma daraja sifatlaridagi daraja koʼrsatkichi ham maʼnoni kuchsizlantiruvchi yuklama ifodasi ham ekspressiv semaga xos. Masalan, sal kuldi feʼlining proklitikasi boʼlgan sal yuklamasida ekspressiv sema ifodalangan.
Demak, semalar soʼz sememasi tarkibida tutgan oʼrni va subʼekt xabari nuqtai nazaridan mantiqan informativ sema va pragmatik semalarga boʼlinadi. Informativ sema oʼz ichiga nomlovchi sema va relyativ semalarni oladi. Pragmatik sema tarkibida esa ham emotsional, ham ekspressiv semalar bor. Emotsional sema subʼektning obʼektga boʼlgan ijobiy yoki salbiy munosabatini ifoda etsa, ekspressiv sema semema ifodasini yo kuchaytirib, yo ozaytirib koʼrsatadi13. Har qanday butunlik qismlarga bo‘linganligi yoki qismlardan tashkil topganligi kabi leksemaning mazmuniy tomoni – sememasi o‘ziga xos elementlardan – semalardan tashkil topadi. Shu boisdan tilshunoslik semalarning mohiyatini ochish, semaning turlarini ajratish va
farqlash bilan jiddiy shug‘ullanadi. Semaning mohiyatiga ko‘ra turlari. Semema tarkibidagi semalar turlarga ega. U mohiyatiga ko‘ra dastlab uchga bo‘linadi:
1) atash semasi (denotativ sema);
2) ifoda semasi (konnotativ sema);
3) vazifa semasi (funksional sema). Atash semasi borliq bilan, ifoda semasi so‘zlovchining munosabati bilan, vazifa semasi esa leksemaning lison va nutqdagi roli, vazifasi bilan bog‘liq. Atash semasi leksema mazmunidagi harakat-holat, narsapredmet, miqdor, belgini atovchi, nomlovchi semadir. Ular borliq, tushuncha va sememani bir-biriga bog‘lab turadi. Masalan, aka leksemasining yuqorida sanalgan barcha semalari – atash semasi. Bir xil yoki o‘xshash tushunchani ifodalaganligi sababli leksemada ko‘p holda atash semasi bir xil bo‘ladi. Ifoda semasi deganda semema tarkibida turli qo‘shimcha ma’no (uslubiy bo‘yoq, shaxsiy munosabat, qo‘llanish doirasi va davri)ni atovchi sema tushuniladi. Atash semasi kabi ifoda semasi ham leksema sememasini farqlash quvvatiga ega bo‘lgan sema bo‘lib, ular ham leksik paradigmada aniqlanadi. Ifoda semasi ham muhim yoki muhim bo‘lmagan turga ajratiladi. Shu boisdan farqlovchi, muhim ifoda semalari ingerent konnotativ sema va muhim bo‘lmagan ifoda semalari adgerent konnotativ sema deyiladi.Vazifa semasi leksemaning birikuv-biriktiruv (valentlik) imkoniyatini, lisoniy qolipda qanday o‘rinni egallashini bildiruvchi semadir. Masalan, kitob, daftar, maktab, bormoq kabi leksemalarning valentlik imkoniyati o‘ta keng va shu boisdan gapda turli gap bo‘laklari vazifasida keladi. Qat’iy, keskin, moviy, qizg‘ish leksemalarining vazifa semasi tor va shu boisdan aniq. Ular ayrim so‘zlar bilan birika oladi, xolos14. 1. Denotativ semalar.Ular ideografik semalar, atash semalari deb ham yuritiladi. Bunday semalar semema tarkibidagi asosiy semalar sanaladi, chunki ular denotatning (nomlanayotgan narsa yoki hodisaning ) asosiy belgi-хususiyatini nomlaydi. Denotativ semalar o‘z navbatida ikki guruhga bo‘linadi:
a) integral semalar. Bunday semalar ikki yoki undan ortiq sememalarni bitta mazmuniy guruhga birlashtiradi. Masalan, o‘zbek tilidagi amaki, amma, tog‘a, хola leksemalarining sememalari ucnun qarindosh, yaqin qarindosh semalari umumiydir, bu semalar shu leksemalarni bir umumiy guruhga birlashtiradi ularning integral semalar deb nomlanishi ham shundan
b) differensial semalar.Bunday semalar bir mazmuniy guruhdagi leksemalarning ma‘nolarini (sememalarini) bir-biridan farqlash uchun хizmat qiladi. 2. Konnotativ semalar(ifoda semalari, baho semalari).Bunday semalar leksema sememasidagi ikkinchi hodisa bo‘lib, u nomlanayotgan voqelikka munosabat bildiruvchi semantik komponent sanaladi. Masalan, gavdali va barzangi leksemalarining sememalaridagi denotativ semalari bir хildir: ularning ikkalasi "gavdasi katta" ma‘nosini anglatadi.Biroq barzangi leksemasining sememasida yuqoridagi denotativ semadan tashqari salbiy munosabat ifodalovchi baho semasi ham bor, u leksik ma‘noni ustama hodisa sifatida qoplab turadi. Yuz,bet, aft, bashara, turq kabi sinonim leksemalarning sememalari ham ayni shu baho semalarining bor yoki yo‘qligi hamda ifodalanish darajasi bilan farqlanadi. Leksik ma‘noni (sememani) tarkibiy qismlarga – semalarga parchalab tadqiq qilish semasiologiyada komponent tahlil metodi, semik tahlil metodi nomlari bilan atab kelinmoqda, ushbu fikr Jamolxonov tomonidan kiritilgan15. Sema turlari. Semema tarkibidagi sema bir xil emas. Sema mohiyatiga kora uch xil boladi:
1) atash semasi (denotativ sema);
2) ifoda semasi (konnotativ sema);
3) vazifa semasi (funksional sema). Atash semasi borliq bilan, ifoda semasi sozlovchining munosabati bilan, vazifa semasi esa leksemaning lison va nutqdagi roli bilan belgilanadi.Atash semasileksemaning borliqdagi harakat-holatlik, narsa-predmetlik, miqdorlik, belgilik xususiyatini atovchi, nomlovchi semadir. Ular borliq, tushuncha va sememani bir-biriga boglab turadi. Masalan, yuqorida keltirilgan kitob leksemasining barcha semasi — atash semasi. Bir xil yoki oxshash tushunchani ifodalaganligi sababli leksemada kop holda atash semasi bir xil boladi. Masalan, yaxshi, tuzuk, durust, ajoyib yoki yuz, chehra, oraz, turq, aft, betmanodoshlik qatoridagi barcha leksemalarning atash semasi bir xil. Yaxshi, tuzuk, durust, ajoyibleksemalarining atash semalari quyidagilar: 1) «belgi»; 2) «barqaror belgi»; 3) «sifat belgi»; 4) «shaxsiy baho»; 5) «ijobiy»; 6) «ichki-tashqi». Shu bilan birgalikda, bu leksemalarda farqlanuvchi atash semalari ham mavjud bolib, ular tuzuk leksemasida «meyordan bir pogona pastlik», yaxshi leksemasida «meyordalik», ajoyibleksemasida «meyordan bir pogona yuqorilik» semalaridir. Yuz,chehra,oraz, turq, aft, betleksemalarida esa: 1) «inson boshi old tomoniga xos»; 2) «peshonadan iyakkacha bolgan qism» semasi atash semasi. Aytilganidek, sememani semaga ajratishda, semaning tabiatini belgilashda leksema paradigmada oz korrelyanti bilan tekshirilishi lozim. Aks holda, leksemaning relevant (muhim) va irrelevant (muhim bolmagan) semasini farqlashning imkoni bolmaydi. Masalan, ingliz tilidagi brother leksemasining sememasi «qarindosh», «qon-qarindosh», «bevosita» atash semalariga ega. Ozbek tilidagi aka leksemasida esa bu sema bilan birgalikda «mendan katta» relevant semasi ham bor. Chunki aka leksemasi shu semasi bilan ukaleksemasiga qarama-qarshi turadi. Brotherleksemasiga shu sema bilan qarshilanuvchi birlik yoq, shu boisdan unda noaniq tabiatli «mendan katta/mendan kichik» semasi mavjud bolib, u noaniq bolganligi sababli irrelevantdir. Rus tilidagi кобылаleksemasida «urgochi» semasi muhim bolib, u ozbek tilidagi baytalleksemasining ham, biya leksemasining ham muqobili bola oladi. Biroq baytalva biyazidlanishida «urgochi» semasi emas, «qulunli» (biyaleksemasida) va «qulunsiz» (baytal leksemasida) semasi relevant (muhim) dir. Ko‘rinadiki, leksema sememasi tarkibida atash semalari eng muhim, belgilovchi hisoblanadi va borliq parchasiga muvofiq keladi. Ifoda semasi deganda semema tarkibida turli qoshimcha mano (uslubiy boyoq, shaxsiy munosabat, qollanish doirasi va davri)ni atovchi sema tushuniladi. Atash semasi kabi ifoda semasi ham leksema sememani farqlash quvvatiga ega bolgan sema bolib, ular ham leksik paradigmada aniqlanadi. Ifoda semasi ham muhim yoki muhim bolmagan turga ajratiladi. Shu boisdan farqlovchi, muhim ifoda semalari ingerent konnotativ sema va muhim bolmagan ifoda semalari adgerent konnotativ sema deyiladi. Vazifa semasileksemaning birikuv-biriktiruv (valentlik) imkoniyatini, lisoniy qolipda qanday orinni egallashini bildiruvchi semadir. Masalan,kitob, daftar, maktab, bormoq kabi leksemalarning valentlik imkoniyati ota keng va shu boisdan gapda turli gap bolaklari vazifasida keladi. Qatiy, keskin, moviy, qizgishleksemalarining vazifa semasi tor va shu boisdan aniq. Ular ayrim sozlar bilan birika oladi, xolos. Semema semalari ozaro dialektik munosabatda va teskari mutanosiblikka ega. Sememani uchburchakka qiyoslasak, har bir turga mansub sema uning bir burchagini tashkil qiladi. Uchburchakda bir burchakning kattalashishi boshqalarining kichrayishi hisobiga yuz berganligi kabi sememadagi bir semaning kuchayishi boshqa semaning kuchsizlanishi evaziga sodir boladi. Masalan, mustaqil leksemada atash semasi kuchaysa, ifoda semasi kuchsizlashadi. Ifoda semasi kuchaysa, atash semasi kuchsizlanadi. Masalan, kochma manoli leksemada atash semasi kuchsizlanib, ifoda semasi kuchaygan. Leksema nutqda voqelanganda ham uning atash semasi oz ornini malum darajada ifoda semasi voqelanishiga boshatib beradi. Masalan, bori leksemasi odamga nisbatan qollanganda undagi «hayvon», «itsimonlar oilasiga mansub», «yovvoyi» atash semalari kuchsizlanib, «yirtqich», «vahshiy», «qonxor» ifoda semalari kuchaygan holda yuzaga chiqadi. Mustaqil leksema yordamchi soz vazifasida qollanganda undagi atash va ifoda semasi kuchsizlanib, vazifa semasi esa kuchayib voqelanadi. Semaning darajasiga kora turi.Sema darajasiga kora birlashtiruvchi (integral) va farqlovchi (differensial) semaga ajratiladi. Birlashtiruvchi sema birdan ortiq leksemadagi oxshash, bir xil semadir. Farqlovchi sema esa oxshash, manoviy yaqin leksemalardagi farqlanuvchi semalardir. Masalan, ota, ona, aka, opa, uka, singil leksemasidagi «qarindosh», «qon-qarindosh», «bevosita» semasi integral sema bolsa, «mendan katta» semasi ota, ona, aka, opaleksemalarini ozaro birlashtiruvchi, ammo uka, singil leksemalaridan farqlovchi semalardir. «mendan kichik» semasi uka va singilleksemasini ozaro birlashtiruvchi, biroq oldingi leksemadan farqlovchi sema. Кorinadiki, bir sema leksemani bir vaqtning ozida nima bilandir birlashtiruvchi, nima bilandir farqlovchi qarama-qarshi tabiatli mohiyatga ega. Birlashtiruvchi sema sistema hosil qiluvchanlik, sistemaga asos boluvchi, farqlovchi sema esa sistemada tugiluvchi, paydo boluvchanlik xossasiga ega.Semema semasini tartiblashda qator umumiy, birlashtiruvchi semadan boshlanib, xususiy, farqlovchi semaga qarab boradi16.
Xulosa
So‘zlarning leksik ma’nolari taraqqiyotiga tilshunoslik nuqtai nazaridan e’tibor dastlab 1839-yil nemis tilshunosi Karl Rayzig tomonidan berilgan edi. U o‘zining lotin filologiyasiga bag‘ishlangan leksiyasida so‘z ma’nosini alohida semasiologiya deb nomlangan fan tarmog‘ida o‘rganish kerakligini ilgari surdi. Bunda u ko‘proq leksik ma’no taraqqiyotini nazarda tutgan edi. Shunday qilib, semasiologiya termini ostida asosan so‘z semantik taraqqiyoti o‘rganiladigan bo‘ldi17. Barcha narsalar shakl va mazmun yaxlitligidan iborat dialektik butunlik bo‘lganligi kabi leksema ham tashqi va ichki jihatdan tashkil topadi. Leksemaning tashqi qobig‘i nomema deb ataladi. Nomema grek tilidan morfema, sonema, leksema, semema so‘zlariga qiyosan yasalgan. Sonema morfemalarning tovush qobig‘ini anglatsa, nomema deganda leksemaning moddiy tomonini tashkil etgan nutq tovushlari nazarda tutiladi. Masalan, kitob leksemasining tashqi tomoni k + i + t + o + b tovushlari yig‘indisi. Albatta, bu tovushlarning shunchaki yig‘indisi, to‘plami emas, balki unli va undosh tovushlardan iborat fonetik butunlik, sistemadir18. Nomema faqat leksemaning shaklga (moddiy qobig‘i,tashqi tomoniga) nisbatan ishlatiladi. Ya'ni leksemaning moddiy tomonini tashkil etgan fonemalar hosilasi-nutq tovushlari nazarda tutiladi.Masalan: [taroq] leksemasining tashqi tomoni t+a+r+o+q tovushlar yig‘indisidan iborat.Leksemaning ichki, mazmuniy tomoni semema deyiladi. Semema -ongda aks etgan narsa, belgi, miqdor, harakat kabi tushunchaning leksemada mujassamlashgan ko‘rinishi. Boshqacha aytganda, semema leksemaningichki jihati. Birorta leksemaning sememasi ikkinchi leksemaning sememasiga aynan o‘xshash bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, bir xil sememaga ega ikkitaleksema yo‘q19. Sema turlari. Semema tarkibidagi sema bir xil emas. Sema mohiyatiga kora uch xil boladi:
1) atash semasi (denotativ sema) 2) ifoda semasi (konnotativ sema) 3) vazifa semasi (funksional sema).
Hayotimiz davomida bilishning qay turidan foydalanmaylik, (xoh, aqliy xoh, fahmiy) qarshimizdagi yoxud ongimizdagi ob’yektga nisbatan ta'rif berishga to‘g‘ri keladi. Semema ana shunday ta'rifning tilga xos ko‘rinishidir.O‘zbek tilida so‘zlashuvchi insonlar, so‘zlarning lug‘ati bilan birga ularning sememalari haqida ham ma'lumotga ega bo‘lsalar, so‘z ma'nolari eskirmaydi,yoqolmaydi. Shunda tilimizning o‘ziga xos badiiy qochirimlarini kelajak avlodaga sifatli saqlagan bo‘lamiz20.



Download 51.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling