O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi toshkent davlat
II bob. Leksik birliklar va ularning semantik strukturasi
Download 51.4 Kb.
|
ABOVOVA MOHINUR206
II bob. Leksik birliklar va ularning semantik strukturasi
2.1.Leksemaning sememasi va uning tarkibi Barcha narsalar shakl va mazmun yaxlitligidan iborat dialektik butunlik bo‘lganligi kabi leksema ham tashqi va ichki jihatdan tashkil topadi. Leksemaning tashqi qobig‘i nomema deb ataladi. Nomema grek tilidan morfema, sonema, leksema, semema so‘zlariga qiyosan yasalgan. Sonema morfemalarning tovush qobig‘ini anglatsa, nomema deganda leksemaning moddiy tomonini tashkil etgan nutq tovushlari nazarda tutiladi. Masalan, kitob leksemasining tashqi tomoni k + i + t + o + b tovushlari yig‘indisi. Albatta, bu tovushlarning shunchaki yig‘indisi, to‘plami emas, balki unli va undosh tovushlardan iborat fonetik butunlik, sistemadir. Shu o‘rinda bir narsaga alohida e’tibor qilish lozim. Ma’lumki, lisoniy birlik moddiylikdan xoli deya talqin qilinadi. Shunga ko‘ra, leksema ham, boshqa lisoniy birliklar kabi moddiylikka ega bo‘lmasligi lozim. Chunki u to‘laqonli lisoniy birlik. Demak, moddiylik so‘zi bu o‘rinda bevosita sezgi a’zosiga ta’sir qiladigan deya jo‘nlashtirilmasligilozim. Yoki shakl deganda moddiy ko‘rinishga egalikkina tushunilmaydi. Biror narsa haqida o‘ylar ekanmiz, ongimizda uning tashqi qiyofasini tasavvur qilgan holda boshqalaridan ajratamiz. Narsaning ongdagi qiyofasi ham shakl deyiladi. Nomema kishi biror leksema haqida o‘ylaganda, ichki nutqda yaqqol ma’lum bo‘ladi. Voqelangan tashqi nutqda bu shakl haqiqiy, real moddiy qiyofa kasb etadi. Demak, ongdagi leksemaning shakliy tomoni sezgi a’zolaridan tashqarida, unga ta’sir qilmaydigan holatda bo‘lsa, leksema nutqiy voqelanganda so‘zga aylanadi, moddiy bo‘lmagan shakl, ya’ni nomema moddiylik kasb etadi, sezgi a’zosi bilan his qilinadigan bo‘ladi.Leksemaning ichki, mazmuniy tomoni semema deyiladi. Semema grekcha σημαίυω so‘zidan olingan bo‘lib, “ifodalayman” degan ma’noni bildiradi. U tilda fonema, morfema, leksemaso‘zlariga o‘xshash shaklda qabul qilingan. Semema ongda aks etgan narsa, belgi, miqdor, harakat kabi tushunchaning leksemada mujassamlashgan ko‘rinishi. Boshqacha aytganda, semema leksemaning ichki jihati8. Nazariy tilshunoslikning muhim va murakkab muammolaridan bo‘lgan semema va sema munosabatini leksikologiya doirasida o‘rganamiz.Leksikologiya so‘z va uning lug‘aviy ma'nosi haqidagi bilim.So‘z lug‘aviy ma'no va garammatik ma'noga ega bo‘ladi.So‘zning borliqdagi narsa,belgi,harakat kabilar haqidagi ma'lumoti leksik (lug‘aviy) ma'no deyiladi.Grammatik ma'no esa garammatik shakllar qo‘shimchalar orqali ifodalangan ma'nodir. Masalan: [taroq] a) lug‘aviy ma’nosi —soch tolalarini tartibga soluvchi gigiyenik buyum.b) grammatik ma'nosi — ot, turdosh ot,birlikda,turlanmagan.Demak so‘zning lug‘aviy ma'nosini leksikologiya, grammatik ma'nosini morfologiya o‘rganadi. Leksikologiyaning til birligi sifatida xususiylashgan ko‘rinishini leksema deb ataymiz.Leksema ikki tomonga ega til birligi. Aniqrog‘i u shakl va mazmun tomondan iborat ramzdir.Sistem tilshunoslikda leksemaning shakl tomoni nomema deyiladi.Nomema faqat leksemaning shaklga (moddiy qobig‘i,tashqi tomoniga) nisbatan ishlatiladi. Ya'ni leksemaning moddiy tomonini tashkil etgan fonemalar hosilasi-nutq tovushlari nazarda tutiladi.Masalan: [taroq] leksemasining tashqi tomoni t+a+r+o+q tovushlar yig‘indisidan iborat.Leksemaning ichki, mazmuniy tomoni semema deyiladi. Semema -ongda aks etgan narsa, belgi, miqdor, harakat kabi tushunchaning leksemada mujassamlashgan ko‘rinishi. Boshqacha aytganda, semema leksemaningichki jihati. Birorta leksemaning sememasi ikkinchi leksemaning sememasiga aynan o‘xshash bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, bir xil sememaga ega ikkitaleksema yo‘q . Bunga ikkita sinonim leksemaning sememasini qiyoslashasosida amin bo‘lishimiz mumkin:[Sadaqayrag‘och] - ko‘p yillik daraxtning adabiy nutqqa xos ifodasi[Gujum] - ko‘p yillik daraxtning shevaga xos ifodasiKo‘rinadiki birinchi sememadagi “adabiy nutqqa xos” unsuri ikkinchi sememada, ikkinchi sememadagi “shevaga xos” unsuri birinchi sememada yoq. Sememalardagi shu kabi ma'no nozikliklarini to‘g‘ri tavsiflasak, so‘z qaysi leksema haqida ketayotganligini ravshan anglaymiz.Yuqorida leksemani butunlik sifatida ikkiga ajratgan edik.Ya'ni nomema va sememaga. Nomema tovushlardan iborat butunlik.Tilshunoslikda sememani tashkil etuvchi unsur sifatida sema ajratildi. Masalan,[sadaqayrag‘och] leksemasi ikki sememmali bo‘lib,uning bir sememasi “yog‘ochi qattiq, shoxlari tig‘iz joylashgan, sharsimon va to‘q rangli, qalin soya beradigan, suvsizlikka chidamli daraxt” bo‘lib, u quyidagi tarkibiy qismlardan (semalardan) iborat: 1-sema “yog‘ochi qattiq” 2-sema “shoxlari tig‘iz joylashgan” 3-sema “sharsimon” 4-sema “to‘q rangli 5-sema “qalin soya beradigan” 6-sema “suvsizlikka chidamli daraxt” Sememaning asosiy xususuyati — uning til jamiyati a'zolari ongida tayyor holda ekanligi. Masalan: [Choynak ] leksemasining “og‘zi tor, qopqoqli, jo‘mrakli, choy damalshda ishlatiladigan ro‘zg‘or buyumi” sememasi ongimizda oldindan mavjud bo‘lib, ushbu semalardan “choy damlashda ishlatiladigan” semasini o‘rniga “qo‘l yuvishda ishlatiladianiq. Ko‘rinib turibdiki, bir semama almashishi natijasida so‘zning leksemasi o‘zgarib ketar ekan.Leksemaning semasini aniqlashda u paradigmadoshi bilan munosabatda tekshiriladi. Deylik, [yuz] leksemasi sememasi ochilayotganda,u [bet], [aft], [chehra], [oraz], [turq], [bashara] va hokazo leksema qurshovida o‘rganiladi. [Kelmoq leksemasi sememasini [bormoq], [ketmoq] va boshqa leksema sememalarisiz aniqlab bo‘lmaydi.Lekin sememani tushuncha deb hisoblash noto‘g‘ri. Chunki tushuncha ong, mantiq birligi, semema esa tilga, leksemaga xos birlik. Tushunchaga asoslanmagan leksemaning mazmun tomoni grammatik ma'no bo‘lsa, denotativ tabiatli leksemalarning mazmun tomoni semema.Quyidagi misolllar orqali o‘zbek tili izohli lug‘atidan olingan leksemalarning semema sifatida voqelangan birliklarini kuzatamiz9: QALDIRG‘OCH : I Chumchuqsimonlar turkumini tashkil etadigan,qanoti ingichka va uzun, juda tez uchadigan, qora-ola kichkina qushcha. QANDOLATFURUSH: I Mahalliy shakarpazlik mahsulotlari bilan savdo qiluvchi do‘kondor. QASQON: I G‘alvir, elak, chirmanda va shu kabi buyumlar gardishi, chambarak II Manti, xonim kabilar teriladigan maxsus pazandachilik buyumi. YAG‘MO: I eski. Talon-taroj, buzg‘unlik II eski.shahar, mamlakat, qabila nomi10. Leksik ma’no asosida hamma vaqt tushuncha yotadi, deb qayd etiladi. Boshqacha qilib aytganda, mustaqil ma’noli biror tur- kumga oid so‘zda qayd etilgan tushuncha leksik ma’no, deb hisoblanadi. Leksik ma’noni tushunchanish' so‘zdagi nusxasi, aksi deb ham qaraladi. Nemis tilshunosi A.Rudskoger: “Tushuncha maydoni lug‘aviy ma’no (“leksik ma’no” demoqchi) bilan tengdir”, - degan fikrni ham aytgan. Rus tilshunosi S.D.Kasnelson esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri: “...Leksik ma’no bilan tushunchani farkdash uchun zaruriyat bormi?” - degan masalani ko‘ndalang qo‘yadi11. Til leksik-semantik sistemasining asosiy birligi soʼz hisoblanadi. Soʼz juda murakkab, serqirra til birligi boʼlib, tilshunosliqtsa turli nuqgai nazarlardan oʼrganiladi. Soʼz grammatik shakllanganlik nuqgai nazaridan morfologiyada, gapning eng kichik tashkil etuvchisi sifatida sintaksisda va ya na u soʼz yasalishi, morfemika, orfoepiya, orfografiyada ham boʼlimning maqsadiga qarab tadqiq qilinadi. Soʼzning leksik maʼnoga egaligi uni til leksik-semantik sistemasining asosiy birligi ekanligini belgilaydi. Lekin hamma soʼzlar ham leksik maʼnoga ega boʼlmaydi. Masalan, va, bilan, sari kabi srdamchi soʼzlar leksik maʼnoga ega emas va ular oʼz-oʼzidan leksik- ssmantik birlik boʼla olmaydi. Oʼzbek tilshunosligida leksik maʼnoga ega va ega boʼlmagan soʼzlarni farqlash, til va nutq hodisalarining nomlarini ajratish maqsadida leksik maʼnoga na boʼlgan soʼzlarga nisbatan leksema atamasi qoʼllanmoqtsa. Demak, til leksik-semantik sistemasining asosiy birligi Leksik maʼnoli soʼz yoki leksemadir. Tilshunoslikda asosiy birlikdan farqli elementar leksik-semantik birliklar ham ajratiladi. Аgar leksema koʼp maʼnoli boʼlsa, u anglatayotgan har bir maʼno — semema alohida elementar leksik-semantik birlik sanaladi. Masalan, oʼzbek tilidagi oy leksemasi polisemem boʼlib, uifodalayotgan «erning yoʼldoshi» va «yilning oʼn ikkidan bir qismi» maʼnolari glementar semantik birlik hisoblanadi. Sh.Rahmatullaev polisemem leksema tarkibidagi har bir maʼnoni mustaqil leksik birlik deb qaraydi va lugʼat boyligini leksemalardan kelib chiqib emas, balki, koʼp maʼnoli leksema- larga birlashgan har bir sememadan kelib chiqib hisoblash toʼgʼri ekanligini taʼkidlaydi. Leksema strukgurasida mavjud boʼlgan elementar birliklar bir qator ilmiy va oʼquv adabiyotlarida leksik-semantik varianglar deb yuritilmoqtsa. Unga koʼra, leksema asosiy leksik birlik sifatida leksik-semantik variantlardan tarkib topadi. Leksik-semantik variant til leksik sistemasining eng kichik tashkil etuvchisi, «hujayrasi» hisoblanadi. Leksema va leksik-semantik variant oʼzaro butun-qism munosabatida boʼladi. Аgar leksema bir maʼnoli boʼlsa, bu holda leksema va leksik-semantik variant teng keladi. Lekin bu oʼrinda ham leksema leksik-semantik variantga nisbagan yuqori pogʼona-dagi birlik hisoblanadi. Bir leksema tarkibidagi LSVlar oʼzaro maʼno jihatdan farqlanadi, lekin shaklda (fonetik va grafik tomon) farqlilik kuzatilmaydi. LSVlar grammatik shakllari bilan ham farqlanishi mumkin: Koʼz leksemasining koʼrish aʼzosi maʼnosini beruvchi LSVi hamma 1-, 2-, 3-shaxs egalik qoʼshimchalarini qabul qila oladi: koʼzim, koʼzing, kuzi. Koʼz leksemasining taxtaning koʼzi, buloqning koʼzi, ignaning koʼzi, xurjunning koʼzi, derazaning koʼzi birikmalarida realla- shadigan LSVlari esa 1- va 2-shaxs egalik qoʼshimchalarini qabul qila olmaydi12. Download 51.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling