O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ro`ziyev e. A. Samarqand – 2011


Download 0.7 Mb.
bet18/30
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1600269
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30
Bog'liq
10 3 Analitik kimyo tarixi (Ruziyev E) Usl qul

Kolorimetriya. Kolorimetrik analiz to`g`risidagi ma`lumotlar Snelders maqolalarida keltirilgan. Uning yozishicha 1838 yilda Lampadius kobaltli rudasi tarkibidagi temir va nikelni filtrat eritmasi rangini ularning standart eritmalari rangi bilan solishtirish asosida aniqlagan.
Eyken Arnold Tomas (1884-1945) organik moddalarning tuzilishi va xossalarini fizikaviy usullar yordamida aniqlash bo`yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Ilmiy faoliyatining boshlanishida (1905-1910) V.F.G. Nernst bilan birgalikda ekstremal temperatura sharoitlarida gazlarning solishtirma issiqlik sig`imini aniqlash usullarini yaratdi. Past temperaturada ishlovchi issiqlik sig`imini o`lchaydigan vakumli kalorimetrni konstruksiyaladi. 1940 yillarda qator organik katalitik reaksiyalarning faollanish energiyalarini tadqiq etdi.
1845 yilda esa K. Geyne ushbu usulni mineral suv tarkibidagi bromni aniqlash uchun qo`lladi. Keyingi yilda A. Jakelen mis–ammiakli komplekslarning rangini solishtirish asosida misni aniqlash usulini yaratdi. 1852 yilda T. Gerapat rodanidlarni qo`llashga asoslangan temirni kolorimetrik aniqlsh usulini taklif etdi. Eritma ranglarini solishtirish paytida Gerapat probirkalar orqasiga oq qog`ozdan yasalgan ekran joylashtirdi.
1853 yilda A. Myuller tomonidan yangi tipdagi “qo`shimcha kolorimetr” yaratildi va unda ishlash uchun qo`llanma yozdi. U o`z asbobini temir rodanid eritmasini xromat kislota va mis-ammiakli kompleks yordamida analiz qilish uchun qo`lladi. Bunda temirning konsentratsiyasi 100 ml eritmada 0,75-3 mg bo`lgan hollarda ham aniqlash mumkin. Kamchiligi esa yoritish tizimining nomukammalligidadir.
1870 yilda D. Dyubosk yaratgan kolorimetrda yorug`lik ikkita shisha prizmadan o`tib, biri tekshiriladigan eritma, ikkichisi taqqoslash eritmasi orqali o`tkaziladi. Bu yangilik kolorimetriya rivojining cho`qqisi bo`ldi.
Absorbsion spektroskopiya Ber-Lambert qonuniga asoslangan. Bu qonunni teng darajada Buger-Bernar qonuni ham deb atash mumkin. Chunki bu ikki fransuz olimlari nemis olimlaridan bexabar holda ish olib borganlar. P. Buger I. Lambertdan ko`p yillar oldin yashab o`tgan bo`lsa, F. Bernar qonunni e`lon qilishda Berdan bir necha oyga kechikadi.
Iogann Genrix Lambert o`zining “Fotometriya” kitobida (1760) qati’y matematik bog`liklikni aniqlaydi. Lambert 1728 yilda Myunxauzenda kambag`al oilada tug`ilib, o`qishni mustaqil holda o`rganadi. Uning ishlarini hisobga olib, qirol Fridrixning o`zi suhbatga chaqiradi va Berlin fanlar akademiyasiga a`zolikka saylaydi. Lambert 1777 yilda Berlinda 49 yoshida olamdan o`tadi.
Analitik kimyoga “yutilish koeffisienti” tushunchasini fotokimyoviy tadqiqotlar bilan shug`ullangan R. Bunzen va G. Roskolar kiritdilar. Yutilishning konsentratsiyaga proporsionalligidan analitik maqsadlarda birinchi bo`lib Firordt foydalandi.
Hozirgi holda fotometriyaning asoschisi ham Firordt bo`ldi. Bu fotometrda yorug`lik manbai kerosin lampasi bo`ldi.
Fotoelementli fotometr 1911 yilda Berg tomonidan ishlandi va unda selen elementidan foydalanildi.
Emix Fridrix Peter (1860-1940) miqdoriy mikrokimyoviy analizning yaratuvchilardan biridir. 1900 yilda mikrokimyoviy miqdoriy aniqlashning gravimetrik va fizik–kimyoviy usullarini, jumladan, spektral analizning imkoniyatlarini ko`rsatib berdi. 1904 yilda Yu. Danau bilan birgalikda kolorimetrik kapillyarni kashf etdi va mikrofiltrlash usulini yaratdi. Shogirdlari bilan hamkorlikda gravimetrik mikroanaliz usulini taklif etdi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling