O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ro`ziyev e. A. Samarqand – 2011
Download 0.7 Mb.
|
10 3 Analitik kimyo tarixi (Ruziyev E) Usl qul
- Bu sahifa navigatsiya:
- Potensiometrik titrlash.
pH ni o`lchash. Avvalgi yillardan farq qilib, hozirgi paytda pH ni aniqlash elektr yurituvchi kuch (e.yu.k) ni o`lchashga asoslangan. Ikkita vodorod elektrodi yacheykaga tushiriladi. Bunda bo`lmalardan biridagi eritma konsentratsiyasi aniq. Potensialni Poggendorfning kompensatsiyali usulida o`lchaydilar. Vodorod elektrodini 1893 yilda M. Le Blan kashf etgan. Hozirgi paytda qo`llanilayotganini esa J. Uilson va E. Kernlar taklif etishgan. S. Syorensen vodorod eletrodini kalomel elektrodi bilan qo`shdi. Undan oldin kalomel eletrodi bilan Kolraush ishlagan.
Keyinchalik pH ni o`lchash uchun qulay bo`lgan shisha elektrod yaratildi. Uning asoschisi biolog olim M. Kremer bo`ldi (1906). 1909 yilda bu eletrodning xususiyatini F. Gaber va Z. Klemensevichlar o`rganib, eritmalar orasidagi potensiallar farqi vodorod ionlarining konsentratsiyasiga bog`liq holda o`zgaradi. Xuddi shunday vodorod elektrodining potensiali eritmaning pH qiymati orqali aniqlanadi, degan xulosaga keldilar. Taqqoslash elektrodi sifatida ular kalomel elektrodidan foydalandi. Lekin ular shisha elektrod yasay olmadilar. Bu ishni 1920 yillarda D. Mak–Innes va M. Doullar amalga oshirdilar. 1920 yilda E. Bilman xingidronning to`yingan eritmasiga tushirilgan silliq platina eletrodining potensiali eritma pH iga proporsional ekanligini aniqladi. Surmali elektrod esa A. Ui va V. Kestraneklar tomonidan 1923 yilda tuproqning pH ini o`lchash uchun qo`llanildi. pH ni aniqlashning kolorimetrik usuli Pal Sili tomonidan qon zardobini tahlil qilishda qo`llanuildi. Bu usul indikatorlar rangining o`zgarishiga asoslangan bo`lib, uni 1904 yilda G. Fridental mukammalashtirdi. U 15 ta indikatorning pH qiymati 1 dan 14 gacha bo`lgan oraliqlarida rang o`zgarishlarini kuzatdi. Potensiometrik titrlash. Birinchi potensiometrik titrlash 1893 yilda Leypsigdagi Ostvalda institutida R. Berend tomonidan o`tkazilgan. U bu haqda o`zining “Elektrometrik analiz” (“Electrometrische Analyse”) maqolasida e`lon qiladi. Berend nima uchun ekvivalent nuqtada potensial sakrashi sodir bo`lishini, titrlash egri chiziqlari neytrallash, cho`ktirish va oksidlanish–qaytarilishga asoslangan usullarda bir xilda kuzatilishini tushuntiradi. Keyingi potensiometrik titrlash 1897 yilda V. Byotger tomonidan taklif etildi. Bu usulda kislota va asoslarni oltinni palladiy bilan qoplagan vodorod elekrodi yordamida aniqladi. Taqqoslash elektrodi vazifasini ikkinchi vodorod elektrodi (kislota, asosga tushirilgan) bajaradi. Tekshirilgan eritmaga indikator ham tomizib, potensial sakrashiga mosligini tekshirdi. Uchinchi potensiometrik usulni F. Kromodjino taklif etdi. U oksidlanish-qaytarilishga asoslangan titrlash usuliga cho`ktirish va neytrallash usullaridagi uslubni qo`lladi. Galogenid ionlarini kaliy permanganat bilan titrlab, kalomel va platina eletrodlaridan foydalandi. 1925 yilda D. Koks differensial titrlash prinsipini izohladi. Eritma ikkiga ajratilib, tuz ko`prik orqali tutashtiriladi. Ikki soha ham bir xilda titrlanadi. Titrlashning oxirgi nuqtasi eng maksimal potensiallar farqi orqali aniqlanadi. “Tok to`xtashigacha” titrlash usuli elektrodlar qutblanishiga asoslangan. Bu usulni Ch. Fok va E.T. Badenlar 1926 yilda yozdilar. Ulardan oldin 1897 yilda E. Salamon ham shu prinsipga asoslangan usul haqida yozgan edi. Potensiometrik titrlashga bag`ishlangan birinchi monografiyani Myuller 1923 yilda yozib, uni “Elektrometrik miqdoriy analiz” deb atadi. Potensiometrik titrlashni mikro- va yarim mikro- usullarda amalga oshirish mumkin. Hozirgi paytda juda ko`plab selektiv, sezgir elektrodlar yaratilgan. Bu sohada I.P. Alimarinning ham xizmatlari kattadir. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling