7. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Galvanik elementning kashf etilishi.
Elektrolizning analitik kimyo usuli ekanligi.
Elektrogravimetrik analizning yaratilishi.
Kolorimetrik analizga asos solinishi.
Optik analiz usullarining rivojlanish yo`nalishlari.
Spektroskopik analizning yuzaga kelish tarixi.
Kolorimetrik usullar va turlari bo`yicha ishlagan olimlar.
pH-metriyaning yaratilishi va analizdagi o`rni.
Potensiometrik analizning rivojlanish bosqichlari.
10. Konduktometrik analizning qo`llanishiga hissa qo`shgan olimlar.
11. Voltamperometriya, polyarografiya usullarining paydo bo`lish tarixi. Geyrovskiyning amperometrik titrlash usuli.
8. Adabiyotlar:
1. Сабадвари Ф., Робинсон A. История аналитической химии. Пер.с англ.-M.: Мир, 1984. -304 с.
2. Азимов А. Краткая история химии: Развитие идей и представлений в химии. Пер. с англ. -M.: Мир, 1983. -187 с.
ANALIZNING BOSHQA USULLARI
1. Mavzu rejasi: Radiokimyoviy analizning paydo bo`lishi va rivojlanish tarixi. Radioaktiv reagentlar. Xromatografik analiz usullarining analitik kimyo tarixidagi o`rni.
2. Tayanch iboralar: Radioaktivlik, radiokimyoviy analiz G. Geyger, E. Rezerford, U. Kruks, Yu. Elister, R. Erenberglarning ilmiy ishlari; xromatografiya va turlari, rivojlanish tarixi; radiokimyoviy analiz.
3. Maqsadi: Talabalarni radioaktiv va xromatografik analiz usullarining paydo bo’lishi tarixi bilan tanishtirish.
4. Darsni o’tish vositalari: Kitoblar, usullarga oid ko’rgazmali materiallar.
5. Dars o’tish usuli. Dars bahs-munozara tarzida tashkil qilinadi.
6. Darsning mazmuni:
Olimlar radioaktivlik bilan shug`ullanib boshlaganlaridayoq, uni qayd eta oladigan qurilma, asbobning zaruriyati paydo bo`ldi. Birinchi qayd etish asbobi G. Geyger va E. Rezerford tomonidan yaratildi. O. Myuller uni takomillashtirish ustida ishlab 1928 yilda yangi konstruksiyali asbob (schyotchik) yaratildi. Sinsillyatsion qayd etgichning ishlash prinsipi quyidagicha: rux sulfid alfa-nurlar bilan nurlantirilganda ko’rinadigan nurni sochib, yutilgan nur enirgiyasining bir qismini beradi. Bu hodisani birinchi bo`lib 1903 yilda U. Kruks, Yu. Elster, G. Geytellar kuzatdilar, 1908 yilda esa U. Kruks va G. Regenerlar spintariskop deb nomlangan yangi asbob yasadilar. Asbobning kamchiligi undagi uchqun sochilishini vizual kuzatish zarurligidir. Bu muammo ham S. Karren va U. Beykerlar sinsillyatsion qayd etgichga fotoko’paytirgich qo’ygach hal bo’ldi. J. Brozer va G. Kalmanlar esa bu asbobni birinchi marta radioaktiv zarrachalar sonini hisoblash uchun qo’lladilar.
Radioaktiv reagentlardan foydalanib, analiz usullari yaratish bilan birinchilardan bo’lib 1925 yilda P. Erenberg shug`ullandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |