O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti ro`ziyev e. A. Samarqand – 2011


Download 0.7 Mb.
bet20/30
Sana19.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1600269
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30
Bog'liq
10 3 Analitik kimyo tarixi (Ruziyev E) Usl qul

Konduktometrik titrlash. Bu usul titrlash jarayonida eritmaning elektr o`tkazuvchanligini o`lchashga asoslangan. Masalan, kislotani ishqor bilan titrlaganda, vodorodning yuqori harakatchan ionlari kam harakatchan metall ionlariga almashinadi. Natijada, eritmaning elektr o`tkazuvchanligi asta sekin tushib, titrlashning oxirgi nuqtasiga yetgach elektr o`tkazuvchanlik yana erkin gidroksil ionlar hosil bo`lishi hisobiga osha boshlaydi. Titrlashning oxirgi nuqtasida eritmaning elektr o`tkazuvchanligi minimal qiymatiga ega bo`ladi.
Konduktometrik o`lchashlarni analitik maqsadlarda qo`llashni birinchi bo`lib F. Kyuster va M. Gryuterslar taklif etganlar. Ular F. Kolraushning ko`prik sxemasini qo`llaganlar. Bunday qurilma to`g`risida Ostvald ham yozgan edi. U vaqtda o`zgaruvchan tok galvanometri bo`lmagani uchun elektr o`tkazuvchanlikni vizual kuzatish qiyin kechar edi. G. Yander esa bunday galvanometrni kashf etdi. 1923 yilda I.I. Koldgof “Konduktometrik tahlil” (“Konduktometrische Analyse”) nomli birinchi monografiyani yozdi.
Yuqori chastotali titrlash ham eritmaning kimyoviy reaksiya paytida elektr o`tkazuvchanligini o`zgarishini o`lchashga asoslangan. Bu usulning qulayligi elektodlar eritmaga tushirilmaydi. Bu usulni analitik amaliyotga 1946 yilda bir-birlaridan bexabar holda J. Forman va D. Krisp, hamda F. Yensen va A. Parraklar kiritdilar. Bleyk ulardan ham oldin yuqori chastotali titrlash prinsipini konsentratsiyani o`lchash uchun qo`llagan edi.
Polyarografiya. Bu usul tok kuchini kuchlanishga bog`liqligini o`lchashga asoslangan voltamperometrik usullaridan biridir. Polyarografiyada qutblanuvchi elektrod–simob tomchisi va qutblanmaydigan elektrod–katta yuzaga ega bo`lgan simob qavatidir. 1873 yilda G. Lipman birinchi marta simobni kapillyar elektrometrda ishlatdi. Bunda u qutblangan simobning sirt tarangligini o`lchadi. B. Kucheraning 1933 yilda mukammallashtirgan asbobida simob tomchisi simob solingan idishni yuqori ko`targani uchun bosim ostida tomchilaydigan bo`ldi.
Tok kuchini kuchlanishga bog`liqligi egri chizig`ini 1918 yilda Ya. Geyrovskiy tuzdi. 1925 yilda esa Geyrovskiy M. Shikata bilan birgalikda polyarografni yaratdilar. Ular ko`pgina moddalarning polyarogramalarini oldilar.
Shtok Alfred (1876-1946) 1900-1909 yillarda fosforning, surmaning, mishyakning va ularning vodorodli, oltingugurtli va azotli birikmalarining turli kristall modifikatsiyalarini tadqiq etdi. Qator laboratoriya asboblarini mukammallashtirdi. 1912 yilda birinchi suyuq bor gidrid B4H10, hamda kristall holdagi bor gidrid B10H14 larni ochib, ularning kimyoviy xossalarini o`rgandi. Keyinchalik 1921-1926 yillarda asosan silanlar bilan shug`ullanib SiH4, SiH6, Si3H8, Si4H10, Si5H12, Si6H14 va ularning galogenli hosilalarini oldi. Simobning mikromiqdori analizi texnikasini yaratdi.
Ossillografik polyarografiyaning muallifi ham Geyrovskiy bo`ldi.
Yaroslav Geyrovskiy (1890-1967) o`zining butun ilmiy faoliyatini polyarografik analizga bag`ishladi. 1922 yilda simob tomchi elektrodida bo`ladigan elektroliz jarayonini kuzatib, moddalarning oksidlanish–qaytarilish potensiallari ularning tabiatiga, hamda diffuzion tok qiymatining elektrolit konsentratsiyasiga bog`liqligini aniqladi. Simob tomchi elektrodini qo`llashga asoslangan polyarografik usullarini rivojlantirdi. 1925 yilda yapon olimi M. Shikata bilan hamkorlikda analitik laboratoriyalar uchun birinchi avtomatik asbob-pollyarograf yaratdilar. 1935 yilda D. Ilkovich bilan polyarografik tokning konsetratsiyaga va zaryadlangan ionlarning diffuziya koeffitsiyentiga bog`liqligi tenglamasini chiqardi va barcha elementlar uchun polyarografik analiz usullari yaratildi. 1959 yilda Ya. Geyrovskiyning xizmatlari Nobel mukofotiga loyiq deb topildi.
Past konsentratsiyali moddalarni analiz qilish uchun V. Kemula va Z. Kubiliklar osilib turuvchi simob tomchisidan foydalandilar. Bunda avval elektroliz o`tkazilib, simob tomchida amalgama hosil bo`ladi, keyin shu elektroddagi oksidlanish toki yozib olinadi. Shu usul bilan 10ֿ8 mol/l moddani aniqlash mumkin.
Amperometriyada titrlashning oxirgi nuqtasi diffuzion tok o`zgarishining egri chizig`i bo`yicha aniqlanadi. Bu usul 1927 yilda Geyrovskiy ideyasi asosida V. Mayer tomonidan yaratildi va polyarimetriya deb ataldi.



Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling