O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti
Download 0.57 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoro respublikasidagi qarshilik korsatish harakati tarixidan 1920-1924 yillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- M U N D A R I J A
- XULOSA………………………………………………… 89-91 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI ………
________________________ A’zolari: ________________________ ________________________ ________________________ Samarqand-2014 2
KIRISH 3-5 I. BOB BUXORODA QIZIL ARMIYAGA QARSHI HARAKATNING ASOSIY RIVOJLANISH BOSQICHI I.1. Buxoroda muxolifat harakatining boshlanishi va uning dastlabki g’alabalari (1920-1921 yy)……………………… 6-23 I.2. Harakatning avj olishi va uning kuchayishi. Anvar Posho boshchiligida olib borilgan janglar (1921-1922 yy)………… 24-50 II BOB BUXORO QO’RBOSHILARI VA SOVETLARGA QARSHI HARAKATNING AHVOLI…………………… II.1. Harakatning keyingi rivojlanish bosqichlari (1922-1924yy) G’arbiy Buxoroda Mulla Abduqahhor boshchiligidagi harakat 51-75 II.2. Sharqiy Buxoroda Salim Posho va Ibrohimbek rahbarligidagi janglar. 76-88 XULOSA………………………………………………… 89-91 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI……… 92-93 3
O’zbekiston Respublikasi o’zining davlat mustaqilligini ko’lga kiritgandan so’ng, o’zining haqqoniy tarixini yaratish imkoniyatiga ega bo’ldi. Sho’rolar davrida bizning tariximiz buzib ko’rsatildi, o’zoq tariximizni yo’qotishga harakat qildilar. “Xoh o’tmishda, xoh bugun bo’lsin, boshqa millat, davlatni o’ziga qaram qilish niyatida harakat qilgan, qilayotgan kuchlar doimo bir siyosatni yuritganlar, yuritadilar: ya’ni qaram xalqning ma’naviy, madaniy, tarixiy merosini yo’q qilish, undan judo etish… Modomiki, o’z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yingib bo’lmas ekan, biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur. Tarix bilan qurollantirish, yana bir bor qurollantirish zarur”. 1
huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini yaratish aslida manna shunday dmashshaqatli bo’ladi. Bunga ko’hna tarixdan ham, yaqin o’tmishimizdan ham ko’pdan-ko’p misollar keltirishimiz mumkin. Mustaqillik yurtimizga, xalqimizga o’tmishimizni anglash tuyg’usini yuqtirdi, imon va e’tiqodimizni qaytarib berdi. Buyuk tariximizni xolisona o’rganib, uni birlamchi manbalar asosida kelajak avlodga yetkazib berish imkoniyati tug’ildi. Turkiston istiqloli va taraqqiyoti uchun kurashda o’z shirin jonlarini fido qilgan, qutlug’ qonlari bilan O’zbekiston Respublikasining Mustaqilligiga mustahkam poydevor tayyorlagan ulug’ siymolarning nomlarini zomandoshlarimiz xotirasiga muhrlash va abadiylashtirish vaqti allaqachon yetdi. 2
Tarixdan ma’lumki mustabit sovet tuzumi va komunistik rejimga, qizil armiyaga qarshi ko’p yillar davomida Turkiston xalqlari bir yoqdan bosh chiqarib, qo’lni qo’lga berib, hayot momat janglarini olib borishdi. Qariyib
1 Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йуқ. Т. “Шарқ”. 1998.24-25 бетлар. 2 Каримов И.А. Ватан саждогоҳ каби муқаддасдир. 3-жилд. Т.Ўзбекистон. 1996й. 56 бет 4 yigirma yil davom etgan bu harakat sovet rejimi davrida noto’g’ri talqin qilindi va unga «bosmachilik» deb tamg’a bosildi. Aslini olganda bu harakat ishtirokchilarining qahramonliklari, ulardagi Ona Vatanga nisbatan bo’lgan jo’shqin mehr-muhabbat tuyg’usi, vatanparvarlik, o’z xalqining taqdiri uchun qayg’urish kabi xislatlar bir buyuk g’oya –Butun Turkistonning milliy istiqloli va mustaqilligi g’oyasida mujassamlashgan edi. Buxoro respublikasidagi istiqlolchilik harakati (1920-1924 yillar) ham butun Turkiston mintaqasidagi bu
harakatning uzviy
qismi hisoblanadi.Buxoroliklar qariyib besh yil davomida qizil armiyaga qarshi mardlarcha kypashdilar. Kurash shiddatli va shafqatsiz kechdi. Biroq 1924 yilning oxirida buxoroliklar vaqtincha mag’lubiyatga uchrashdi. Turkiston mintaqasida milliy-hududiy chegaralanish o’tkazilgach, 1925 yildan boshlab harakatning yangi davri boshlandi va u ayrim uzilishlar bilan o’n yil davom etdi. Ma’lumki, 20-yillarda Fayzulla Xo’jayev va Turor Risqulov kabi davlat rboblari o’z asarlarida ushbu harakat mavzusini tarixiy haqiqatga mos ravishda yoritishga nisbatan yaqinlashgan edilar. Biroq sovet tarixchilari L.Soloveychik, F.Ilyutko, A.Zevelyov, A.Boboxo’jayev, M.Irkayev, A.Eshonov, X.Inoyatov va boshqa tadqiqotchilarning kitoblarida xalqimizning Buxorodagi istiqlol janlari «bosmachilik» harakati tarzida talqin qilindi. Sovet mafkurasi va totalitar rejim hukmronligi sharoitida bundan boshqacha bo’lishi mumkin ham emas edi. Buxoroning so’nggi hukmdori amir Said Olimxonning «Buxoro xalqining hasrati tarixi» memuari, mashhur taraqqiyparvarlar Ahmad Zaki Validiy To’g’on va Munavvar Qorining «Xotiralar» asarlarida, shuningdek, muhojirlikdagi vatandoshlarimiz va xorijiy tadqiqotchilar Mustafo Cho’qay, Abdulla Rajab Boysun, Jozef Kastanye, Frederik Beyli, Boymirza Hayit, Shahobiddin Yassaviy, Glenda Frezer, Ali Bodomchi, Masauki Yamauchi, Xisao Komatsu, Meri Broksap, Olaf Kroeuning Kitoblarida Buxoroga qizil
5 armiyaning bosqini va undagi istiqlolchilik harakati to’g’risida qimmatli ma’lumotlar mavjud. 1
Sovetlarga qarshi istiqlol uchun kurashga otlangan kuchlarda milliy ahillik va birlik yo’q edi.Ular katta kuch bo’lsalarda uyushmagan, tarqoq va hech qanday dasturiy yo’riqqa ega emas edilar, tajribasi yo’q edi. Bundan m ustamlakachi sovetlar ustalik bilan foydalandilar.
1 Раджабов Қ. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш.Т.2002.3-4 бетлар |
ma'muriyatiga murojaat qiling