O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Rivojlanish kontseptsiyalari. Ijtimoiy harakat bizga ma`lum bo`lgan harakat shakllari ichida eng
murakkabi bo`lib, unda insonning ongli faoliyati, inson tafakkuri, ijtimoiy guruhlarning faoliyati, o`zaro
munosabatlari, jamiyat miqyosidagi ijtimoiy fikr birgalikda harakatga keladi. Bu harakatni chiziqli, batartib 
harakatlar bilan mutlaqo taqqoslab bo`lmaydi. Uning kelajagini bashorat qilish ham o`ta murakkabdir.
Borliqning asosiy yashash shakllariga fazo va vaqt kiradi. Fazo narsalarning ko`lamini, hajmini, o`zaro
joylashish tartibini, uzlukli yoki uzluksizligini ifodalasa, vaqt hodisalarning ketma-ketligi, jarayonlarning 
davomiyligini ifodalaydi.
Ma`lumki, har qanday moddiy jism joyga, ko`lamga, hajmga ega. Fazo - vaqtning muayyan 
lahzasida olamni tashkil etgan nuqtalarning o`zaro joylashish tartibini aks ettirsa, vaqt esa fozoning muayyan 
nuqtasida ro`y beruvchi xodisalar ketma-ketligi tartibini ifodalaydi. Fazo va vaqt tushunchalari, ko`p hollarda,
forsiy til ta`sirida ezilgan adabietlarda makon va zamon deb ham ataladi. Bu tushunchalar fazo va vaqitning
tashqi, nisbiy xususiyatlarinigina aks ettiradi xolos. Fazo narsalar joylashadigan joy ma`nosida, vaqt esa hodisalar 
bo`lib o`tadigan muddat ma`nosida ishlatiladi.
Fazo va vaqtni tushunish bo`yicha substantsial va relyatsion yondashishlar mavjud. Substantsial 
kontseptsiya tarafdorlari fazoni narsalar joylashadigan idish, bo`shliq deb bilishadi. Ularning fikricha, hamma narsa 
fazo ichiga joylashtirilgan. Fazo o`ziga narsalarni sig`diruvchi substantsiya. Hech narsasi yo`q, ya`ni narsalar
solinmagan fazo ham bo`lishi mumkin, deyiladi. Relyatsion kontseptsiya tarafdorlari esa, narsalar fazoviy 
o`lchamga ega, deyishadi.
Rivojlanish. Jonsiz tabiatda rivojlanishga yulduzlarda yuz berayotgan evolutsiya jarayonlari; jonli tabiatda – 
turli organizmlarning o‘sishi; jamiyatda – fan, texnika, sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi, ijtimoiy 
munosabatlarning o‘zgarishi va shu kabilar misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. «Rivojlanish» tushunchasi nafaqat 
moddiy, balki ideal dunyoga, xususan, inson tafakkuriga nisbatan, masalan, umuman ongning yoki ayrim fikr, 
g‘oya, nazariyaning rivojlanishi to‘g‘risida so‘z yuritilgan holda, qo‘llanilishi mumkin. Fikrning rivojlanishi uning 
«pishib yetilishi»ni, ya‘ni murakkablashuvi, takomillashuvi, yanada aniqroq ma‘no kasb etishi va shu kabilarni 
anglatadi. Biroq, shuni ta‘kidlash lozimki, narsalar va hodisalarning ob‘ektiv dunyosidan farqli o‘laroq, sub‘ektiv 
konstruktsiyalar (tafakkur, g‘oyalar, nazariyalar) harakati va rivojlanishiga nisbatan ko‘lam ko‘rsatkichlari tatbiq 
etilishi mumkin emas. Ayni vaqtda ideal narsalar va hodisalar darajasida rivojlanish jarayonlari, xuddi moddiy 
narsalar dunyosidagi kabi vaqtda kechadi.

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling