O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Miqdor va sifat o‟zgarishlarining bir-biriga o‟tishi qonuni


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Miqdor va sifat o‟zgarishlarining bir-biriga o‟tishi qonuni narsaning miqdor va sifat tomonlarining 
shunday bir o‘zaro aloqasini aks ettiradiki, uning ta‘sirida miqdor o‘zgarishlari me‘yor chegarasidan chetga 
chiqib, albatta tub sifat o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi, bu sifat o‘zgarishlari esa, o‘z navbatida, yangi miqdor 
ko‘rsatkichlariga olib keladi. Bu qonunga muvofiq rivojlanish bir-biridan farq qiladigan, lekin o‘zaro bog‘langan 
ikki bosqich – uzluksizlik va uzluklilikning birligi sifatida yuz beradi. Rivojlanishda uzluksizlik – bu juda sust
ko‘zga ko‘rinmas miqdor o‘zgarishlari bosqichi. Rivojlanishda uzluklilik sakrash deb ataladi.
Sakrash-bu bir sifatning boshqa sifatga aylanish vaqti, shakli, usuli, miqdor o‘zgarishlarining uzluksizligi, 
bosqichma-bosqichligidagi uzilishdir. Masalan, sakrash-bu Yerda hayotning paydobo‘lishi, hayvonlar dunyosidan 
insonning ajralib chiqishi, bir ijtimoiy tuzum o‘rniga boshqa ijtimoiy tuzum kelishi, buyuk ilmiy va texnikaviy 
kashfiyotlardir. Har qanday sakrash rivojlanishda o‘tish davrini tavsiflaydi. O‘z tabiatiga ko‘ra u doim ziddiyatlidir, 
chunki yangining tug‘ilishidan ham, eskining qarshiligidan ham dalolat beradi.
Sakrashlarning shakllari rang-barang bo‘lib, rivojlanayotgan hodisaning tabiati, shuningdek unda sifat 
o‘zgarishlari yuz berayotgan konkret sharoit bilan belgilanadi. Sakrashlar:
1) o‘zgarishning davomliligiga ko‘ra (jadal, sust); 
2) o‘zgarish shakliga ko‘ra (bir karra, ko‘p karra); 
3) o‘zgarishning chuqurlik darajasiga ko‘ra (qisman, to‘liq); 
4) o‘zgarishning yo‘nalishiga ko‘ra (progressiv, regressiv, yo‘nalishsiz) farq qiladi.
Sakrashlarni tahlil qilish chog‘ida «evolutsiya», «inqilob», «islohot» kabi atamalar ayniqsa muhim ahamiyat 
kasb etadi. «Evolutsiya» tushunchasi keng va tor ma‘nolarda qo‘llaniladi. Keng ma‘nodagi «evolutsiya» asta-sekin 
rivojlanish jarayoni bo‘lib, u miqdor o‘zgarishlarinigina emas, balki sifat o‘zgarishlari, shu jumladan inqiloblarni 
ham o‘z ichiga oladi. Tor ma‘noda «evolutsiya» deganda inqilobdan, uning tayyorlanishidan oldingi davr 
tushuniladi. «Inqilob» tushunchasi ijtimoiy hodisalarni tavsiflash uchun ishlatiladi. Bu jamiyatni asta-sekin 
o‘zgartirmaydigan, balki unda tub o‘zgarish yasaydigan sakrashdir. Islohot jamiyat hayotining biron-bir muhim 
tomonini o‘zgartirish bo‘lib, bunda uning iqtisodiy va davlat tartibi asoslari saqlanib qoladi.
SHunday qilib, miqdor va sifat o‘zgarishlarining bir-biriga o‘tish qonuni, rivojlanishning umumiy qonuni 
sifatidagi mazmuni haqida yaxlit tasavvur hosil qilish imkonini beradigan «sifat», «miqdor», «me‘yor», «sakrash» 
kategoriyalari yordamida muayyanlashtiriladi. Mazkur qonun butun borliqning rivojlanishi, harakati va o‘zgarishi 
qanday, qay tarzda yuz beradi, degan savolga javob berib, ob‘ektiv voqelikning har qanday sohasida yangi sifatga 
o‘tishning ichki mexanizmini yoritadi. Ko‘rib chiqilgan qonunlar rivojlanish manbai va uning mexanizmini yoritib 
bersa, inkorni-inkor qonuni – rivojlanishning umumiy tendentsiyasini, uning yo‘nalishini aks ettiradi.

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling