O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Andijon mashinasozlik instituti
5-chizma.
4. O – Juz‘iy inkor hukmlarning sub‘ekti hamma vaqt to‘liqsiz hajmda, predikati esa to‘liq hajmda olinadi. Masalan, «Ba‘zi yoshlar hunarmand emas». Bu hukmning terminlari: S – yoshlar, R – hunarmand emaslar; ba‘zi – mavjudlik kvantori. Hukmning sub‘ekti to‘liq hajmda olinmagan, unda yoshlarning bir qismi haqida fikr yuritiladi, xolos. Hukmning predikati esa to‘liq hajmda olingan. Unda hunarmandlarning hammasi haqida fikr bildirilgan (6- chizma). 6-chizma. YUqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, umumiy hukmlarning sub‘ekti hamma vaqt to‘liq hajmda, juz‘iy hukmlarning sub‘ekti to‘liqsiz hajmda olinadi. Inkor hukmlarning predikati hamma vaqt to‘liq hajmda bo‘ladi. Tasdiq hukmlarning predikati R< S bo‘lgandagina to‘liq hajmda bo‘ladi, boshqa hollarda esa to‘liqsiz hajmda olinadi. Hukmlarda terminlar hajmini aniqlash qat‘iy sillogizmni to‘g‘ri tuzishda va bevosita xulosa chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Oddiy hukmlarda terminlar hajmini quyidagi shakl orqali yaqqol ifodalashda «+»¸«-» belgilaridan foydalinadi. Bunda «+» to‘liq hajmni, «–» to‘liqsiz hajmni bildiradi. S P A + - (+) E + + J - - (+) O - + Predikatning mazmuniga ko‘ra oddiy hukm turlari. Ular quyidagilardan iborat: atributiv hukmlar, mavjudlik hukmlari va munosabat hukmlari. Atributiv (sifat va xususiyat) hukmlarda biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq, qat‘iy qilib ko‘rsatiladi. SHuning uchun atributiv hukmlarni birorta predmetning sinfga kirishi (mansubligi) yoki kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi hukm deb ta‘riflasa bo‘ladi. Masalan, «Hamma daraxtlar o‘simliklardir» va «Hech bir o‘simlik hayvon emas». Birinchi hukmda daraxtlarning o‘simliklar sinfiga kirishi haqida fikr bildirilsa, ikkinchi hukmda o‘simliklar va hayvonlar sinfining o‘z holicha umumiylikka ega emasligi haqida fikr bildirilgan. Ikkita, uchta va hokazo predmetlar o‘rtasida muayyan munosabatlarning bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ifodalagan hukmlarga munosabat hukmlari deyiladi. Masalan: «Butun bo‘lakdan katta». «Ikki–uchdan kichik son». Birinchi hukmda «kattalik» munosabati butun va bo‘lak o‘rtasida bo‘lishi tasdiqlansa, ikkinchi hukmda uch soni bilan ikki sonining munosabati haqidagi fikr tasdiqlangan. Munosabat hukmlari sifatiga ko‘ra, tasdiq yoki inkor hukm turlariga bo‘linadi. Tasdiqlovchi munosabat hukmlarida predmetlar o‘zaro muayyan munosabatda ekanliklari haqida fikr bildiriladi. Inkor etuvchi munosabat hukmlarida esa predmetlar o‘rtasidagi muayyan munosabatlarning mavjud emasligi haqida fikr bildiriladi. Munosabat hukmlari miqdoriga ko‘ra ham turlarga bo‘linadi. Xususan, ikki o‘rinli munosabat hukmlari miqdoriga ko‘ra yakka-yakka, umumiy-umumiy, juz‘iy-juz‘iy, yakka-umumiy, yakka-juz‘iy, umumiy-juz‘iy, juz‘iy- umumiy turlarga bo‘linadi. Masalan, «Ukasi akasidan baland» (yakka-yakka); «Guruhimizning har bir talabasi fakultetimizdagi hamma o‘qituvchilarni biladi» (umumiy-umumiy); «Guruhimizdagi ba‘zi talabalar ba‘zi hind kino yulduzlarini yaxshi biladilar» (juz‘iy-juz‘iy); «Tarix o‘qituvchisi guruhimizdagi har bir talabani yaxshi biladi» (yakka-umumiy); «Do‘stim ba‘zi masalalarni yecha oladi» (yakka-juz‘iy); «Guruhimizdagi hamma talabalar ingliz tilini o‘rganadilar» (umumiy-yakka); «Guruhimizdagi ba‘zi talabalar franstuz tilini o‘rganadilar» (juz‘iy-yakka); «Guruhimizdagi ba‘zi talabalar «Paxtakor» komandasining har bir o‘yinchisini biladilar» (juz‘iy-umumiy). Uch o‘rinli, to‘rt o‘rinli va hokazo munosabat hukmlari ham yuqoridagi kabi turlarga bo‘linadilar. Atributiv va munosabat hukmlaridan boshqa yana mavjudlik hukmlari (Kutubxonada mantiq darsligi bor), ayniyat hukmlari («A–B» ko‘rinishda bo‘lgan) va modal hukmlar (ehtimol yomg‘ir yog‘adi)ni ko‘rsatish mumkin. Ba‘zi darsliklarda ular oddiy qat‘iy hukm turlari sifatida talqin qilinadi. Biz bu hukm turlarini alohida ko‘rib chiqmaymiz, chunki mavjudlik hukmlarini ko‘pincha atributiv hukmlar ko‘rinishida, ayniyat hukmlarini munosabat hukmlari ko‘rinishida talqin qilish mumkin. SHuningdek, oddiy hukm turlari sifatida ajratib ko‘rsatuvchi va istisno qiluvchi hukmlar ham farqlanadi. «Guruhimiz talabalaridan faqat 4 kishi musobaqada qatnashadi». Bu ajratib ko‘rsatuvchi hukmdir. «Mantiq tarixi» kursidan boshqa hamma o‘qitiladigan fanlardan darsliklar yetarli». Bu istisno qiluvchi hukmdir. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling