O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Andijon mashinasozlik instituti
Xukmlar o‘rtasidagi munosabatlar
Hukmlar ham tushunchalar kabi taqqoslanadigan (umumiy sub‘ekt yoki predikatga ega bo‘lgan) va taqqoslanmaydigan turlarga bo‘linadi. Taqqoslanadigan hukmlar sig‘ishadigan yoki sig‘ishmaydigan bo‘ladi. Mantiqda ikki hukm (r va q) dan birining chinligidan ikkinchisining xatoligi zaruriy kelib chiqadigan bo‘lsa, ular o‘zaro sig‘ishmaydigan hukmlar deyiladi. Sig‘ishmaydigan hukmlar bir vaqtda chin bo‘la olmaydi. Sig‘ishadigan hukmlar aynan bir fikrni to‘liq yoki qisman ifodalaydi. Sig‘ishadigan hukmlar o‘zaro ekvivalentlik, mantiqiy bo‘ysunish va qisman mos kelish (subkontrar) munosabatida bo‘ladi. Sig‘ishmaydigan hukmlar qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosabatida bo‘ladi. Hukmlar o‘rtasidagi munosabatlarning shakliy ifodasi «mantiqiy kvadrat» deb ataladi. Mantiqiy kvadrat orqali «hukm»lar o‘rtasidagi chinlik munosabatlari aniqlanadi. Masalan, «Har bir jamiyat o‘z axloqiy normalariga ega». Bu A – umumiy tasdiq hukm Ye, I, O ko‘rinishlarda quyidagicha ifodalanadi: E. Hech bir jamiyat o‘z axloqiy normalariga ega emas. I. Ba‘zi jamiyatlar o‘z axloqiy normalariga ega. O. Ba‘zi jamiyatlar o‘z axloqiy normalariga ega emas. Bu hukmlar taqqoslanadigan hukmlar bo‘lib, ular o‘rtasida chinligiga ko‘ra o‘ziga xos munosabatlar mavjuddir. Sig‘ishmaydigan hukmlar o‘rtasida qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosabatlari bo‘ladi. Qarama-qarshilik munosabati mazmuniga ko‘ra turlicha bo‘lgan umumiy hukmlar o‘rtasida mavjud bo‘lib, bu munosabatga ko‘ra ularning har ikkisi bir vaqtda chin bo‘la olmaydi. Bu hukmlar bir vaqtda xato bo‘lishi mumkin; agar ulardan birining chinligi aniq bo‘lsa, unda boshqasi, albatta, xato bo‘ladi. YUqoridagi misollardan A– hukm chin, Ye – hukm xato ekanligi ma‘lum bo‘ladi. КОНТРАР (қарама қаршилик) Е O А I Cубконрар (қуйи қарама қаршилик) Контрадиктор (зидлик) Б ў й с у н и ш Б ў й с у н и ш Zidlik munosabati mazmuni va hajmiga ko‘ra turlicha bo‘lgan hukmlar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu hukmlarning har ikkisi bir vaqtda chin ham, xato ham bo‘lmaydi. Ulardan biri hamma vaqt chin, boshqasi esa xato bo‘ladi. YUqoridagi misollardan A – hukm chin bo‘lib, O – hukm xatodir. SHuningdek, I – hukm chin, Ye – hukm xatodir. Sig‘ishadigan hukmlardan mazmuni bir xil, hajmi turli xil bo‘lgan hukmlar o‘zaro bo‘ysunish munosabatida bo‘ladi. Bunda umumiy hukmlar bo‘ysundiruvchi, juz‘iy hukmlar bo‘ysunuvchi bo‘ladi. Bo‘ysunish munosabatida umumiy hukmlar chin bo‘lsa, ularga bo‘ysunuvchi juz‘iy hukmlar ham chin bo‘ladi. Lekin juz‘iy hukmlar chin bo‘lganda, umumiy hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi. YUqoridagi misoldan A – hukm chin bo‘lgani uchun unga bo‘ysunuvchi I – hukm ham chin bo‘ladi. Agar umumiy hukmlar xato bo‘lsa, ularga bo‘ysunuvchi juz‘iy hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo‘ladi. Misolimizda Ye – hukm xato bo‘lgani uchun O – hukm ham xato bo‘ladi. Ba‘zi holatlarda umumiy hukmlar xato bo‘lsa, juz‘iy hukmlar chin bo‘ladi. Qisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni har xil bo‘lgan juz‘iy hukmlar o‘rtasida mavjud bo‘ladi. Bu hukmlar bir vaqtda chin bo‘lishi mumkin, lekin har ikkisi bir vaqtda xato bo‘lmaydi. Agar ulardan birining xatoligi aniq bo‘lsa, unda boshqasi, albatta, chin bo‘ladi. YUqoridagi misolimizda O – hukmning xatoligi aniq bo‘lgani uchun I – hukm chindir. Ekvivalentlik munosabatidagi hukmlar hamma vaqt chin bo‘ladi, chunki ularda aynan bir fikr turli shaklda ifodalanadi. Masalan, «A. Oripov O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasining muallifi» va «A. Oripov – O‘zbekiston Qahramoni» hukmlari o‘zaro ekvivalentdir, ya‘ni ular bir xil sub‘ektga, lekin har xil predikatga ega bo‘lgan hukmlardir. Hukmlarning chinligiga ko‘ra munosabatini ifodalovchi yuqorida ko‘rsatilgan qonuniyatlar bilishda katta ahamiyatga ega. Hukmlarning modalligi. Atributiv va munosabat hukmlari, shuningdek, ulardan tashkil topgan murakkab hukmlar assertorik (lot. assero – tasdiqlayman) yoki voqelik hukmlari deyiladi. Ularda predikatda ko‘rsatilgan belgining sub‘ektda bor yoki yo‘qligi haqida fikr bildiriladi. Modal hukmlarda esa predikatning sub‘ektga tegishli yoki tegishli emasligi haqidagi fikr qat‘iy, kuchli (zaruriy) yoki qat‘iy bo‘lmagan, kuchsiz (ehtimol) tasdiq yoki inkor shaklida bayon qilinadi. Boshqacha aytganda, modal hukmlarda sub‘ekt va predikatning o‘zaro munosabati haqida muayyan nuqtayi nazardan fikr bildiriladi. Masalan, «Inson abadiy yashamaydi» assertorik hukmi «Inson abadiy yashashi mumkin emas», deb bayon qilinganda modal hukm ko‘rinishida ifodalanadi. Bu hukm avvalgisiga nisbatan kuchli. «Ukam ingliz tilini o‘rganadi» hukmiga nisbatan «Ukam ingliz tilini o‘rganishi mumkin» hukmi kuchsiz tasdiq hukm hisoblanadi. Bu hukmlardan birinchisi assertorik, ikkinchisi modal hukmdir. Assertorik (voqelik) hukmlarga shart, zarur, mumkin kabi modal tushunchalar (operatorlar)ni kiritish orqali modal hukmlar hosil qilinadi. Modal operator M harfi bilan belgilanadi. Modal hukmlar modal mantiqda o‘rganiladi. Unda aletik (zaruriy), epistemik (eng ishonchli bilim), deontik (majburiylik), aksiologik (baholash) va vaqt modalligini ifodalovchi hukmlar tahlil qilingan. Biz bulardan aletik modal hukmlarini ko‘rib chiqamiz. Aletik modal hukmlar sub‘ekt va predikat o‘rtasidagi ikki turli aloqadorlikni o‘z ichiga oladi: zaruriy va problematik (ehtimoliy). Modal hukmlarni ifodalash uchun turli modal operatorlardan foydalaniladi. Masalan, aletik modal hukm-larda quyidagi modal operatorlardan foydalaniladi: « A» – A zaruriydir. « A» – A tasodifiydir. « A» – A bo‘lishi mumkin. « A» – A bo‘lishi mumkin emas. Ba‘zan «Lp» –«r zaruriydir», «Mr» – «r bo‘lishi mumkin» belgilaridan ham foydalaniladi. Zaruriy modal hukmlar turli fanlarning qonunlarini, shu jumladan, mantiq qonunlarini va ulardan kelib chiqadigan holotlarni ifodalaydi. Masalan, «Butun bo‘lakdan katta», «Har bir fuqaro qonunlarga bo‘ysunishi shart». Qonunlarga zid bo‘lgan, ularni va ulardan kelib chiqadigan turli holotlarni inkor etuvchi hukmlar ehtimoliy hukmlari deyiladi. Masalan, «Simob daryosining bo‘lishi mumkin emas». Qonunlar va ulardan kelib chiqadigan holatlarga zid bo‘lmagan, qonunlarni ham, ularning oqibatlarini ham ifodalamaydigan hukmlar tasodifiy hukmlar deyiladi. Masalan, ba‘zi hududlarda dengiz ko‘pigining toshqini bo‘lishi tasodifiydir. Ehtimollik hukmlari deb, qonunlar va ularning oqibatlariga zid bo‘lmagan fikrlarga aytiladi. Masalan, «Marsda hayot bo‘lishi mumkin». Modal tushunchalardan hamma sohalarda foydalanish mumkin. Xulosa chiqarish Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling