O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

kelayotgan holatlarning bittasidagina farq qilib, qolganlarida o‘xshash bo‘lsa, ana shu bitta holat kuzatilayotgan 
hodisaning sababidir. 
Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi.
Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodiga muvofiq, bir holatning o‘zgarishi hodisaning o‘zgarishiga ham olib kelsa, 
shu holot kuzatilayotgan hodisa o‘zgarishining sababidir. 
Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodi yordamida juda ko‘p qonunlar, shu jumladan, fizikadagi gazning harorati bilan 
uning zichligi, tortishish kuchi bilan masofa, iqtisodiyotdagi talab va taklif o‘rtasidagi bog‘lanishlar va shu kabilar 
o‘rganiladi. 
Hodisadan avval kelayotgan holatlarni A, V, S lar bilan, bu holatlarning o‘zgarishi darajasini 1,2,..., n bilan, 
hodisani d bilan belgilasak, yo‘ldosh o‘zgarishlar metodida muhokama jarayonining quyidagi shakl bo‘yicha amalga 
oshishini ko‘ramiz: 
Holla

Hodisa vujudga kelishdan avval mavjud bo‘lgan holatlar 
Hodisalar 

AVS1 
D1 

AVS2 
D2 
.... 

AVS n 
dn 
Ehtimol, S holat d hodisaning sababidir. 
Masalan, Quyoshning dastlabki holotdagi aktivligi S1 ga teng bo‘lganda, Yerda radiastiya darajasini d1 deb 
olsak, Quyosh aktivligining S2 darajasiga ko‘tarilishi Yerdagi radiastiya darajasining ham d2 gacha ko‘tarilishiga 
olib keladi.Yo‘ldosh o‘zgarishlar metodining qo‘llanishi ma‘lum bir shart sharoitlarga rioya qilishni taqazo etadi.
Birinchidan, o‘rganilayotgan hodisaning sababi bo‘lishi mumkin deb ehtimol qilingan holotlar aniqlanishi 
kerak. Bu holatlarni A, V, S lar deb hisoblasak, «A yoki V yoki S holat d hodisasini keltirib chiqaradi», degan 
ayiruvchi hukm ko‘rinishidagi fikr hosil bo‘ladi. 
Ikkinchidan, yuqoridagi holatlar ichidan sababiy aloqadorlikning bir ma‘noli bo‘lishi xususiyatiga ega 
bo‘lishi, ya‘ni konkret holatning o‘zgarishi hodisadagi konkret o‘zgarishga olib kelishi shartiga muvofiq 
kelmaydiganlari chiqarib yuborilishi (eliminastiya qilinishi) zarur. Yuqoridagi shaklda A va V holatlari aynan 
shunday bo‘lib, ular muhokama jarayonidan chiqarib yuborilishi kerak. 
Uchinchidan, eliminastiyadan keyin qolgan yagona holat ajratib olinib, uning o‘zgarishi hodisaning 
o‘zgarishiga sababdir, degan xulosaga kelinadi. Bizning shaklda bunday holat S bo‘lib, uning S1 dan Sngacha 
bo‘lgan o‘zgarish intensivligi hodisaning d1dan dngacha bo‘lgan o‘zgarishi intensivligi bilan birgalikda kechayapti. 
Yo‘ldosh o‘zgarishlar to‘g‘ri va teskari yo‘nalishlarga (proporstionallikka) ega bo‘lishi mumkin. 
To‘g‘ri yo‘nalishdagi (proporstionallikdagi) bog‘lanish deganda, hodisadan avval keladigan holatning 
o‘zgarish intensivligining ortishi hodisaning o‘zgarishi intensivligining ortishiga olib keladigan aloqadorlik nazarda 
tutiladi. Masalan, Quyoshdagi dog‘ning kattalashishi magnit bo‘ronining kuchayishiga olib keladi. 
Teskari yo‘nalishdagi (proporstionallikdagi) bog‘lanish deganda esa, hodisadan avval kelayotgan holatning 
intensivligining ortishi hodisaning o‘zgarish intensivligining kamayishiga olib keladigan aloqadorlik tushuniladi. 
Masalan, tushunchaning hajmi kengaytirilganda, uning mazmuni torayadi. 
Qoldiqlar metodi. Bu metod tatbiq etiladigan ob‘ekt murakkab hodisadan iborat bo‘lib, bittasidan boshqa 
qismlarining sabablari aniq bo‘lganda, ana shu qolgan qismni vujudga keltiruvchi sababni topish maqsadida 
qo‘llaniladi. Uning muhokama yuritish jarayonida amal qilish shakli quyidagicha: 
Holl
ar 
Hodisa vujudga kelishdan avval mavjud bo‘lgan holatlar 
Hodisalar 

AV 
xy 

AVS 
xyz 
Ehtimol, S holat z ning sababidir. 


Qoldiqlar metodini qo‘llash natijasida geliy, rubidiy kabi kimyoviy elementlar, Neptun planetasi topilgan va 
boshqa turli sohaga oid ko‘p hodisalar aniqlangan. 
Bu metodni qo‘llaganda muhokama yuritish jarayonining qanday kechishini Neptun planetasining kashf 
etilishi misolida ko‘rib chiqamiz. Uran planetasining harakatini kuzatar ekanlar, olimlar uning hisoblab chiqilgandan 
ko‘proq miqdorda og‘ishgan orbita bo‘ylab harakat qilishini qayd etganlar. Ma‘lumki, planetaning og‘ishish 
miqdorining bir qismi unga shu paytgacha ma‘lum bo‘lgan planetalarning ta‘sir o‘tkazishi bilan bog‘liq. Qolgan 
qismining esa boshqa bir kuch ta‘sirida bo‘layotganini bu yerda tushunib olish qiyin emas. Olimlar, shu paytgacha 
noma‘lum planeta mavjud bo‘lib, ana shuning ta‘sirida Uran planetasining og‘ishish miqdori ko‘payayotgan bo‘lsa 
kerak, degan taxminiy fikr bildirishgan. Oradan ma‘lum bir vaqt o‘tgandan keyin Levere hisoblash yo‘li bilan Yangi 
planetaning – Neptunning joylashishini aytib beradi. Nihoyat, I. Galle 1846 yili Yangi qurilgan teleskop yordamida 
uni osmon sferasidan topadi. 
Agar Uran planetasiga ta‘sir etuvchi planetalarni A, V, S lar, Uran planetasining umumiy og‘ishish miqdorini 
tashkil etuvchi qismlarini a, v, s, d bilan belgilagan holda, og‘ishishning a miqdorini — A planetasi, v miqdorini — 
V planetasi, s miqdorini – S planetasi ta‘siri bilan bog‘lasak, unda d miqdori «Qandaydir noma‘lum X planetasi 
mavjud bo‘lib, ana shuning ta‘sirida vujudga kelsa kerak», degan xulosani hosil qiluvchi muhokamaning amalga 
oshayotganini ko‘ramiz. 
Uning formulasi quyidagicha bo‘ladi: 
A, V, S lar a, v, s, d larni keltirib chiqaradi. 
A a ni keltirib chiqaradi. 
V v ni keltirib chiqaradi. 
S s ni keltirib chiqaradi. 
Ehtimol, qandaydir X mavjud bo‘lib, u d ni keltirib chiqarayotgan bo‘lsa kerak. 
Demak, qoldiqlar metodi mohiyatini shunday ifodalash mumkin: agar o‘rganilayotgan murakkab hodisani 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling