O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Ilmiy indukstiya 


Ilmiy indukstiya ehtimoliy xulosa chiqarishning shunday turiki, uning asoslarida birorta belgining bir sinfga 
mansub predmetlarning bir qanchasida takrorlanishi qayd etilishi bilan bir qatorda, u belgining sababiy aloqasi 
haqida ham ma‘lumot mujassamlashgan bo‘ladi va ular xulosada berilgan predmetlar sinfiga nisbatan hosil qilingan 
fikrda o‘z aksini topadi. 
Ommabop indukstiyadan farqli o‘laroq, ilmiy indukstiyada bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanuvchi 
belgi shunchaki qayd etilib qolmasdan, balki u haqida to‘laroq ma‘lumotga ega bo‘lish, uning mavjud bo‘lishi 
sababini aniqlash uchun predmetning boshqa belgilari bilan bo‘lgan aloqalari, xususan, sababiy bog‘lanishlari 
o‘rganiladi. Ana shuning uchun ham, ya‘ni hodisalarning sababini aniqlashga, ularni ifoda etuvchi qonunlarni 
ochishga qaratilgani uchun ham to‘liqsiz indukstiyaning bu turi ilmiy indukstiya deb ataladi. 
Ma‘lumki,ilmiy bilish, fanning bosh maqsadi o‘rganilayotgan ob‘ektni tavsiflaydigan qonunlarni ochish 
orqali uning (ob‘ektning) tabiatini, mohiyatini tushuntirishdan iborat. Bu esa, birinchi navbatda, hodisaning (yoki 
uning belgisining) mavjud bo‘lish sababini aniqlashni taqozo etadi. 
SHuni aytish kerakki, sababiy aloqadorlik hodisalar o‘rtasidagi umumiy bog‘lanishlarning boshqa turlari 
(masalan, tarkibiy, funkstional, genetik bog‘lanishlar) kabi hodisalarning tabiatini belgilaydi. Ana shuning uchun 
ham sababiy aloqadorlikni o‘rganish hodisalarning mohiyatini tushunish, turli jarayonlarni oldindan ko‘rish, 
Yangiliklar yaratish imkonini beradi. 
Sababiy aloqadorlikni aniqlash ancha murakkab ish, chunki u borliqda yuqorida qayd etib o‘tilgan hodisalar 
o‘rtasidagi umumiy aloqadorlikning boshqa turlari bilan birgalikda mavjud. Uni ilmiy bilishda «toza» holda 
ajratishga hamma vaqt ham osonlikcha erishib bo‘lmaydi. Buning uchun sababiy aloqadorlikning tabiatini
xususiyatlarini yaxshi bilish kerak. 
Sababiyat (kauzallik) ikki hodisa o‘rtasidagi zaruriy aloqa bo‘lib, muayyan sharoitda ulardan biri (sabab 
hodisa) ikkinchisini (oqibatni) keltirib chiqaradi. Uning muhim xususiyatlari quyidagilar: 1) aloqaning umumiyligi; 
2) vaqtdagi izchilligi, birin-ketinligi; 3) aloqaning zaruriyligi; 4) sabab va oqibatning bir ma‘noli bog‘lanishda 
bo‘lishi. 
1. Sababiy aloqalarning umumiyligi deganda, olamda hech bir hodisaning sababsiz mavjud bo‘la olmasligi 
tushuniladi. U har qanday hodisaning o‘z holicha, boshqa hodisalardan mustaqil holda vujudga kela olmasligini
boshqa hodisalar bilan bevosita yoki bilvosita bog‘lanib ketganini, turli xil hodisalar ta‘sirida paydo bo‘lishi, 
o‘zgarishi, yo‘q bo‘lishi hamda, o‘z navbatida, boshqa hodisalarga ta‘sir o‘tkazishini bildiradi. Borliqdagi har bir 
hodisa o‘z sababiga ega bo‘lib, uni ertami yoki kechmi bilib olish mumkin. 
Turli xil aloqalar, mavjud holatlar orasida noma‘lum bo‘lib qolayotgan sabab-hodisani topish uchun boshqa 
omillar, xususan, sababiy aloqada bo‘lgan hodisalarning vaqtdagi ketma-ketligi, izchilligi hisobga olinishi zarur. 
2. Sababiy aloqadorlikda bo‘lgan hodisalarning vaqtdagi birin-ketinligi deganda, sabab-hodisaning oqibat 
(natija) hodisadan doimo oldin kelishi nazarda tutiladi. Sabab-hodisa bilan oqibat-hodisaning ro‘y berishi orasida 
turli muddat o‘tishi mumkin. Ba‘zan oqibat (natija)–sabab-hodisadan bir zumdan keyin paydo bo‘lishi mumkin. 
Masalan, o‘qning otilishi bilan u tekkan ob‘ektning zararlanishi o‘rtasida o‘tadigan vaqt juda qisqa, organizmga 
tushgan mikrob bilan u qo‘zg‘aydigan kasallikning vujudga kelishi o‘rtasida o‘tadigan vaqt uzoqroq (bir qancha 
daqiqa, soat, kun) bo‘ladi. Sababiy aloqadorlik ijtimoiy hayotda (masalan, kishilarning huquqiy ongi bilan uni 
shakllantirishga yo‘naltirilgan xatti-harakatlar), geologiyada (masalan, ma‘lum bir jarayonlar ta‘sirida tog‘larning 
paydo bo‘lishi) va boshqa shu kabi sohalarda ancha ko‘p vaqt davomida amalga oshadi. 
Sabab-hodisa oqibat-hodisadan avval keladigan bo‘lgani uchun, u bilishda doimo oqibatdan oldin keladigan 
hodisalar orasidan qidiriladi. Bunda oqibat bilan bir vaqtda yoki undan keyin keladigan hodisalar istisno 
(eliminastiya) qilinadi, ya‘ni chiqarib tashlanadi. 
Sabab va oqibatning vaqtdagi izchilligi, birin-ketinligi hodisalar o‘rtasidagi sababiy aloqadorlikni 
aniqlashning zaruriy sharti, lekin o‘z holicha ko‘zlangan maqsadga erishish uchun yetarli emas. Oldinma-ketin 
kelgan hodisalarning hammasi ham sababiy aloqadorlikda bo‘lavermaydi. Bu holat hisobga olinmasa, «undan keyin, 
demak, shu sababga ko‘ra», deb ataladigan xato (lotincha – post noc, ergo propter noc) ro‘y beradi. Masalan, 
chaqmoq chaqish hodisasi momaqaldiroqdan avval keladi. Avval kishilar chaqmoq chaqishni momaqaldiroqning 
sababi deb tushunganlar, vaholanki haqiqatda bunday emas. Momaqaldiroqning chaqmoqdan keyin kelishiga sabab 
tovush tezligining yorug‘lik tezligidan kamroq bo‘lishidir. Aslida esa ular bir vaqtda vujudga keladi. Xuddi shu 
singari, jinoyat sodir bo‘lishidan avval u sodir etilgan joyda bo‘lgan kishilarning hammasi ham jinoyatchi 
bo‘lavermaydi. 
3. Sababiy aloqadorlikning zaruriyligi oqibatning faqat uni vujudga keltiradigan sababning mavjud 
bo‘lganidagina paydo bo‘lishini anglatadi. Sabab-hodisaning yo‘qligi oqibat-hodisaning ham yuzaga chiqmasligini 
bildiradi. Ana shuning uchun ham sababiy aloqadorlikni aniqlashda oqibatdan avval keladigan hodisalardan oqibat-
hodisani keltirib chiqarmaydiganlari olib tashlanadi, ya‘ni eliminastiya qilinadi. 
4. Sababiyatning bir ma‘noli aloqadorlik ekanligi muayyan sababning o‘ziga muvofiq keladigan muayyan 
oqibatni keltirib chiqarishini ifoda etadi. Buni sabab va oqibat o‘rtasidagi aloqadorlikdagi simmetriyaning 
mavjudligi, ya‘ni sabab-hodisaning o‘zgarishining oqibat-hodisaning o‘zgarishiga olib kelishi tasdiqlaydi. 
Sababiyatning bu xususiyati uni aniqlash jarayonida faqat o‘zaro birgalikda o‘zgaruvchi hodisalarni olib qolib, 
qolganlarini chiqarib yuborishga undaydi. 
Sababiy aloqadorlikning biz ko‘rib chiqqan xususiyatlarini hisobga olish uni aniqlashni osonlashtiradi. 
Sababiy aloqadorlik murakkab strukturaga ega. Xususan, sabab-hodisa turli xil sharoitlarda turli oqibatlarni 
keltirib chiqarishi (masalan, havo namligining yuqoriligi turli xil kasalliklarning sababi bo‘lishi) yoki aksincha, bir 


oqibat turli sharoitlarda har xil sabablar ta‘sirida paydo bo‘lishi (badan haroratining ko‘tarilishi tumovning, buyrak 
kasalligining, ichak kasalligining va shu kabilarning oqibati bo‘lishi) mumkin. 
Ana shuning uchun ham sababiy aloqadorlikni aniqlash empirik tadqiqotlar natijalarini samarali tahlil 
qilishga imkon beruvchi prinstiplarni qo‘llashni taqozo etadi. Ular sababiy aloqadorlikda bo‘lgan hodisalarni 
ularning borliqdagi tabiiy mavjud bo‘lish sharoitidan «ajratib olib», maxsus bilish sharoitlarida o‘rganishga imkon 
beradi. Xususan: 
1. Oqibatdan avval kelgan hodisa murakkab tarkibga ega, u a, b, c, d va hokazo holatlardan tashkil topgan, 
deb hisoblanadi. 
2. Mazkur holatlarning har biri mustaqil holda mavjud va boshqalari bilan o‘zaro ta‘sirda bo‘lmaydi, deb 
qaraladi. 
3. Qayd etilgan holatlar mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlarning tugal to‘plami, deb olinadi. 
Bu prinstiplar bilan bir qatorda sababiy aloqadorlikni aniqlashning boshqa bir qancha metodlari ham mavjud. 
Ular mantiqda ilmiy indukstiya metodlari deb yuritiladi. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling