O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

Televidenie. Agar estrada «san‘atdagi jurnalistika» bo‘lsa, televidenieni «jurnalistikadagi san‘at» deyishimiz 
mumkin. Hozir uni faqat ommaviy axborot vositasi va san‘at targ‘ibotini texnikaning eng Yangi yutuqlari asosida 
amalga oshiruvchi zamonaviy omil sifatida olib qarash uni kamsatishdan boshqa narsa emas. To‘g‘ri, telejurnalistika 
mavjud va uni inkor etish aqlga to‘g‘ri kelmaydi. Lekin ayni paytda ana shu real hayot real voqealar va real 
odamlar ishtirokidagi «jurnalistik» syujetlarning san‘at darajasiga ko‘tarilganini, ularning estetik ahamiyat kasb 
etganini yaqqol ko‘ramiz. M., Farhod Bobojonning «Bir o‘lkaki...» turkumidagi ko‘rsatuvlarini olaylik. Ularni oddiy 
jurnalistik televizon reportaj deyish mumkinmi?! Bu ko‘rsatuvlarning deyarli har biri o‘ziga xos film, shunday 
filmki, oldiga oddiy «hujjatli» degan sifatlashni qo‘yish nohaqlik. Ularda real haqiqat telekamera orqali badiiy 
haqiqatga aylangani, real odamlar badiiy qiyofalar darajasiga ko‘tarilganini, ko‘rsatuvni olib boruvchining o‘zi 
qahramonlardan biri bo‘lib xotiramizda qolishi bilan ajralib turadi. Teleko‘rsatuv muallifi, telerejissyor, tasvirchi 
mahorati hamda harakatdagi kamera imkoniyatlari televidenieni san‘at, ta‘bir joyiz bo‘lsa, «hujjatli san‘at» 
sifatidagi o‘rnini belgilab beradi. 
204
Михалкович В.И., Стигнеев В.Т. Поетика фотографии. М., Искусство, 1989. С. 122. 


Albatta, bu – televidenie faqat hujjatlilikka tayanadi degan gap emas. Uning imkoniyatlari (agar bu san‘at 
kelajagini ham inobatga olsak) tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajada keng. Zero televidenie oilaviy va individual 
estetik idrok etiladigan san‘at turi, u bizning uydagi kinoteatirimiz, uydagi stirkimiz, uydagi teatrimiz v.h. Ayniqsa, 
uning kinodasturlari alohida ahamiyatga ega M., davomli teleseriallarni, deylik, uch oy yoki yil mobaynida qaysi 
kinoteatrda ko‘rishimiz mumkin? Kinoteatrlarda bunday imkoniyat yo‘q. Bundan tashqari telekamera hamma erda - 
quruqlikda ham, suv ostida ham, osmonda ham ishlay oladi, qo‘limiz, oyog‘imiz, nigohimiz etmaydigan joylardan 
badiiylik darajasiga ko‘tarilgan reallikni. bizga etkazib beradi. Biroq, buning uchun eshittirish muallifi yoki yolg‘iz 
teletasvirchi, Yu.Borev aytganidek, ham aktyor, ham jurnalist, ham rejissyorlik bo‘lib ishlash xususiyatlarini o‘zida 
mujassamlashtirishi, bir so‘z bilan aytganda, katta iste‘dod va bilimga. hozirjavoblik va o‘tkir nigohga ega bo‘lishi 
lozim.
205
Agar ta‘bir joyiz bo‘lsa, televidenieni «tashviqotchi san‘at» yoxud «estetik tashviqotchi» deyishimiz mumkin. 
Ekran orqali biz sho‘rolar davrida oddiy «urf-odatlar» atamasi ostida qolib ketgan asl ma‘naviy qadriyatlarimizning 
qanday qadrlanishi zarurligini anglab etamiz. M., o‘zbek televideniesining baxshilik san‘atiga bag‘ishlangan 
dasturlari ko‘pchilik tomoshabinlar uchun xalq og‘zaki ijodi an‘analaridan shunchaki bahramand bo‘lish emas, balki 
haqiqiy san‘at bayrami sifatida qabul qilinadi yoki «Ming bir rivoyat» kabi «lahzalik» ko‘rsatuvlardagi 
falsafiylikning badiylik bilan uyg‘unlashib ketishi katta tassurot qoldiradi. SHunday qilib, televidenie san‘atlar 
ichida misli yo‘q qudratli tarbiya quroli. 
Biroq, shuni taassuf bilan ta‘kidlash kerakki, bu qurol «teskarisiga» ishlashi, ya‘ni televidenie xalqning 
estetik didini hamma vaqt yuksaltirishga emas, balki pasaytirishga, jo‘nlashtirishga ham xizmat qilishi mumkin. M., 
O‘zbek milliy televideniesidagi (yuqoridagi yutuqlarini ta‘kidlagan holda) ba‘zi bir amallab ishga kirib olgan 
saviyasi past jurnalistlarning real voqelikni badiylashtirib ko‘rsatish o‘rniga «o‘zini ko‘rsatish» uchun urinishlari 
shular jumlasidan. Ayniqsa, televideniedagi estrada qo‘shiqchiligi saviyasining pastligi jihatidan ajralib turadi. 
Ekranda Xudo ovozdan qisgan ( barmoq bilan sanarli iste‘dod egalaridan tashqari) horijiy qo‘shiqlar musiqalarini 
o‘g‘irlab, kompyuter orqali «ovoz yasab» mashhurlikka intilayotgan kimsalarni ko‘rib, hayratga tushasan. Chunki
ular yoki tushunib-tushmay, yoki surbetlarcha o‘zlarini «biz san‘atkorlar» deb ataydilar va Nitstshe aytganidek
o‘zining suvarak darajasidagi kichginagina «men»ini butun O‘zbekistonga yoyishga harakat qiladi. Ularning asosiy 
maqsadi «televizorda chiqib», shuhrat qozonish va shu orqali to‘ylardagi otarchiligiga balandroq narx so‘rashdan 
iborat. Bundaylar haqida suhbatlaridan birida buyuk xonandamiz Muyassar Razzoqova «San‘atni to‘ydagi qistiriqqa 
sotadigan kimsalardan hazar qilaman», degan edi. Afsuski, televideniemiz ana shu «suvarak-san‘atkorlar»ning 
ko‘payishiga xizmat qilayotgani bor gap. 
Televideniemizdagi yana bir nojoyiz narsa, bu – klip muammosi. Klip, bir qaraganda, texnikaviy mo‘‘jiza, 
ammo ikkinchi tomondan, san‘at asarini idrok etishda zararli hodisa. YA‘ni klipda rejissyor o‘z tasavvuridagi 
manzaralarni, (ba‘zan xonandaning taklifini ham) qo‘shiqqa ilova qiladi, ko‘p hollarda qo‘shiqning o‘zi emas, ana 
shu «ilova» tinglovchi-tomoshabin diqqatini tortib ketadi. Demak, klipda estetik idrok etishdagi demokratiya 
yo‘qoladi, rejissyor o‘zining tasavvurini tinglovchi-tomoshabinga «tiqishtiradi» Afsuski, ko‘pchilik hozir 
ishlanayotgan kliplar ana shunday salbiy tabiatga ega. Bundan tashqari, bizdagi kliplarning aksariyatini o‘ta 
beodoblik deb atash mumkin. Gap «go‘zal ma‘shuqalar»ning ba‘zan salkam yarim yalang‘och chiqishida emas
balki klipda «buyuk san‘atkor»ning dang‘illama hovli-joyi, qimmatbaho ashyolari, avtomobili v.h. ko‘z-ko‘z 
qilinadi. Endi o‘ylab ko‘ring-chi, qishloqdagi qurbi bir mahallik issiq ovqatu non-choyga etadigan jo‘jabirday jon 
oilaning boshlig‘i bunday klipni ko‘rgandan keyin qanday ahvolga tushishi mumkin? Maqsad qo‘shiqmi yoki 
kimlarnidir o‘ksitishmi? 
Xullas, televideniening buyuk qudratidan, qay tarzda foydalana bilish nihoyatda muhim masala. Uni 
ko‘pyoqlama, miqyosli san‘at turi va estetik tarbiya maktabi darajasiga ko‘tarishi ham televidenie hodimlariga, ham 
biz – tomoshabinlarga bog‘liq. 
Endi ikki og‘ir so‘z ―ommaviy madaniyat‖ haqida. Uning kelib chiqishi, ta‘siri, tahdidi borasida mazkur 
anjuman ishtirokchilarining barchasi habardor, desam Yanglishmagan bo‘laman. Lekin, bir narsaga g‘oyatda 
tahdidli, u ham bo‘lsa, ommaviy madaniyat insonni ―qiyofasiz‖ oqimning bir qismiga aylantirib qo‘yishidadir.
Bu illat aksariyat hollarda haqiqat, go‘zallik, ezgulik singari muqaddas tushunchalarni umumiste‘molchilik 
ehtiyoji bilan bog‘lab, iste‘mol va tovar sifatida xaridorgir bo‘lishiga qaratilgan maqsadni targ‘ib qiladi. Bu esa 
pirovardida ―bozor adabiyoti‖, ―bozot san‘ati‖ degan ma‘naviyatga tahdid soluvchi hodisalarning ―gullab-
yashnashi‖uchun imkon yaratadi. Bugun turli arzonbaho ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon. 
Didsiz, saviyasiz, ―millati‖ning tayini yo‘q ―badiiy‖filmlar ham ko‘payib ketgan. ―Bozor san‘ati‖deganda, birinchi 
navbatda, ana shunaqa filmlar va bayram sahnalarida qarsillatib aytiladigan yangroq ashulalar esga tushadi 
XXI asr ommaviy madaniyati zamonaviy qiyofada go‘yo rivojlangan madaniy dunyoga integratsiyalashish 
niqoblariostida namoyon bo‘lmoqda. Bu niqoblar ostidagi salbiy holatlar va ular shakllantirish mumkin bo‘lgan 
illatlar bilan umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin tafovutni anglay bilish zamon talabidir. 

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling