O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Andijon mashinasozlik instituti
Rassomlik san‟ati. Bu san‘at turi ham qadimdan mavjud, uning dastlabki namunalarini qadimgi tosh
asridagi g‘orlar devoriga ishlangan rasmlarda ko‘rish mumkin. Ularda asosan ov hayvonlari va inson tasviri berilgan. Keyinchalik tasvirda tabiat ko‘rinishlari ham aks ettira boshlangan. Dastlab ular bir yo‘lda – rangli va oq- qora rang tasvir sifatida Sharqda (Xitoy, Hindiston, musulmon mintaqasida) xattotlik, kitobat bezagi sifatida taraqqiy topgan, biz ularni hozirgi zamon tili bilan minatyuralar deb ataymiz. Minatyuralar odatda rangli bo‘lgan va ko‘pincha tabiat (daraxtlar, cho‘llar, butoqlar) fanidagi inson, qushlar, xayvonlar tasvirini o‘z ichiga olgan holda kitobdagi mazmunning bir qismini ifodalagan, boshqacha qilib aytganda, bosma texnikasi qo‘llanila boshlangunga qadar ular grafika – kitobiy rasmlar vazifasini bajargan. Rassomlik san‘atining yana bir ko‘rinishi qadimda saroy devorlariga ishlangan katta hajmli rangli tasvirlar bilan bog‘liq. Ularni hozirgi davr pannolarining ibtidosi deyish mumkin. M., Afrosiyobdagi to‘y marosimini aks ettirgan yoki Varaxshadagi hayvonlar bilan olishayotgan bahodirning tasvirlari (VII-VIII asrlar) shular jumlasidan. Keyingi paytlarda bosma texnikasining vujudga kelishi va san‘at turlarining taraqqiy topib borishi natijasida rassomlik uch turga bo‘lindi: devoriy rasmlar (ko‘rgazmali-amaliy san‘at), rangtasvir va grafika – kitob bezash san‘ati. Ko‘rgazmali-amaliy san‘at turini ko‘rib o‘tganimiz uchun rangtasviri to‘xtalamiz. Rangtasvir voqelikning san‘atkor tanlagan nuqtayi nazardan mo‘yqalam va bo‘yoqlar vositasida muayyan tekis materialga rasm tarzida tushirishdan iborat. Unda rassomning uslubi, bo‘yoq tanlashdagi mahorati, nur va soyalar o‘yini Yangicha kompozistion yondashuv kabi san‘atkor iste‘dodini belgilaydigan jihatlar muhim ahamiyatga ega. Aynan ana shular tufayli rassom tabiat, jamiyat, shaxs hayotidagi voqea-hodisalarning takrorlanmas serjilo manzaralarini bizga etkazib beradi, voqelikdagi estetik xususiyatlarni rang vositasida tasvirlaydi. Rassom bularning hammasini faqat rasm yo‘li bilangina emas, balki rasmga o‘xshash lekin aslida rasm bo‘lmagan havo, nur, tuman v.h. singari asarning estetik ruhini belgilab beradigan chiziq tasvirlar vositasida in‘ikos ettiradi. Buning yorqin misoli sifatida iste‘dodli o‘zbek rassomi V. Oxunovning ―Tashlandiq odam‖asarini ko‘rastish mumkin. Unda rang, nur, soya fonida baland kunda va unga qo‘yilgan bosh tasviri berilgan, atrof bilan kunda bir olam, bosh o‘zi bir olam. Diqqat bilan kuzastangiz, qaysi rankkursdan qaramang, kundaga qo‘yilgan olamni ko‘rasiz va ekzitenstiyachilar ta‘biri yodingizga tushadi, o‘z holiga tashlab qo‘yilgan olamdagi tashlandiq odam. Tasvirning nochiziqligi, ranglarning kontrastlikka asoslangan tarzda qorishuvi, ko‘zi yumilgan bosh va Bulbul tarоnalari. 5-tоmlik, 5-tоm. T., G‘.G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti, 1973, 110-b. 198 Bulbul tarоnalari. 2-tоm, 534 b. 199 Alpоmish. T., G‘.G‘ulоm nоmidagi Adabiyot va san‘at nashriyoti, 1979 y., 13-b. hilpirashini hohlagan, lekin hilpirashga majoli yo‘q sochlarining tashqi olamiga ulanib ketishi ulkan bir fojeaviylik ruhini ufurib turadi, asarni kuzatar ekansiz, seskanganingizni ham, ho‘rsinganingizni ham sezmay qolasiz. 200 Biz zamonaviy rangtasvir haqida mulohaza yuritdik. Mumtoz rangtasvir namunalarini esa muzeylarda ko‘p uchratgansiz. Rembrand, Rubens, Rafael, Botichelli, Bryullov, Surikov, Levitan, Tansiqboev, Ahmedov, Choriyev va boshqa ulug‘ rassomlar asarlari shular jumlasidan. Rassomlik san‘atining yana bir ko‘rinishi bu grafikadir – ham rasm, ham bosma badiiy asa. M., taniqli rassomimiz M.Reyx tomonidan V. Yanning ―Chingizxon‖ romaniga ishlangan rasmlari, mashhur rus haykaltaroshi va rassomi V.Favorskiyning Robert Byorns asarlariga yog‘ochdan o‘yib ishlagan gravyuralari har ikkisi grafik asarlaridir. Grafika rangtasvirga yaqin, lekin ayni paytda qat‘iy chiziqlilik xususiyati egaligi va rangga ko‘ra voqelikning muayyan tasvirini aks ettirishi bilan ajralib turadi. Ayni paytda u doimo rangtasvirdagi asarlarga nisbatan hajman kichik bo‘ladi. Chunki grafika eng avvalo kitobda nashr etishi uchun mo‘ljallanadi. SHu bois undagi rangtasvir unsurlari bosma texnikasiga moslangan bo‘ladi. O‘zbek rassomlari grafikaning nihoyatda go‘zal namunalarini yaratganlar. CH.Ahmarovning ―Ravshan‖ dostoniga, V. Kaydalovning o‘zbek xalq dostonlariga, I.Ikromovning Navoiy va Pushkin asarlari muqovalariga ishlagan rasm hamda bezaklari shular jumlasidan. Rassomlik san‘atida qadimgi minatyura yana tiklanganligini ham ko‘rish mumkin. Bunga iste‘dodli grafik rassom T. Muhamedovning o‘zbek halq ertaklariga ishlangan rasmlari, Sh.Muxammadjonovning ‖Mahmud Qoshg‘ariy‖, ―Chilangar Kova qo‘zg‘aloni‖ kabi asarlarni misol bo‘la oladi. T.Muhamedov minatyuralarida asosan takrorlanmas grafika san‘atini ko‘ramiz, Sh. Muhammadjonovni rangtasvir, usulida zamonaviy minatyurani boyitayotganiga guvoh bo‘lamiz. T.Muhamedov asosan kulgilikka, Sh.Muhammadjonov esa ko‘proq go‘zallik va ulug‘vorlikka e‘tiborni qaratadi. Xullas, rassomlik ―qarimaydigan‖ san‘at turi sifatida har bir zamonda o‘z imkoniyatlarini kengaytirib borayotgan katta tarbiyaviy ahamiyatini susaytirmagan faol estetik faoliyatdir. Musiqa. Agar rassomlik san‘atida deylik uning manzara janridagi Levitanning mashhur ―Qarag‘ayzor‖ asari ko‘z oldimizda muayyan ma‘noda tugallangan rangtasvir sifatida namoyon bo‘lsa, musiqa asari, m., Betxovenning ―Oydin sonata‖si yoki Hoji Abdulazizning ―Guluzorim‖ kuyi ohanglar vositasida tinglash jarayonida chizilayotgan rangtasvirdir. Ya‘ni rangtasvir badiiy mazmundagi markazni in‘ikos ettirgan holda ibtido bilan intihonni tasavvurimizga havola qilsa, musiqada ibtido, markaz va intiho asarning o‘zida mujassam bo‘ladi. SHu bois rassomlik san‘atini ranglar musiqasi, musiqani esa tovushlar tasviri deyish mumkin. Ayni paytda musiqa rassomlikdagi yoki badiiy adabiyotdagi aniq yo muayyan tasvirlash imkoniga ega emas, lekin u ohangdor tovush orqali inson qalbiga kuchli ta‘sir ko‘rsatish, uning ruhini qisqa vaqt ichida o‘zgartirish qudratiga ega. Bu jihatdan unga teng keladigan san‘at turi yo‘q. Shu sababli musiqadagi ―musiqiylik‖ tushunchasi barcha san‘at turlari uchun yuksak mahorat ma‘nosini anglatadi. M., she‘riyatdagi musiqiylik, nasrdagi musiqiylik, me‘morlik – qotib qolgan musiqa, ranglar musiqasi v.h. Musiqa san‘ati keskin farqlanadigan milliylik va mintaqaviylik xususiyatiga ega. Xususan, G‘arb bilan Sharq musiqasida intonastiya, ohang, ijro uslublari va usullari, musiqiy asboblarning xar xilligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. To‘g‘ri, g‘arbliklar va Sharqliklar odam sifatida bir-biriga (ichki dunyosi nuqtayi nazaridan) muayyan o‘xshashliklarga ega bo‘lganidek, ularning musiqasida, ijro asboblarida qay ma‘nodadir umumiylik bor. M., ba‘zi franstuz, olmon xalq qo‘shiqlari bilan o‘zbek xalq qo‘shiqlari orasida intanastion o‘xshash jihatlarni, fortapiyano bilan chang, g‘ichchak bilan skripka, nay bilan fleyta v.b. musiqiy asboblarda umumiy tomonlarni uchratamiz. Lekin, ayni paytda biz Mostart asarlari bilan Hoji Abdulaziz asarlari orasidagi katta farqni darhol anglab etmasligimiz mumkin emas. Chunki musiqa pardalar pastu balandligiga asoslangan, oddiy tovushga qaraganda uzoq davom etadigan ohangdor tovush vositasida inson ichki dunyosini ifodalaydi. Eng avvalo ana shu ichki dunyo inson millatini, mentalitetini belgilaydi, uning tashqi ko‘rinishidagi farqlar ham ayni o‘sha ichki dunyo bilan bog‘liq. Shu sababli musiqani millatning qalbi deb atashlari bejiz emas. M. F.Verdinelning ―Jiz‖ operasini tomosha qilib o‘tirgan oddiy o‘zbek dehqoni ―Nima bu oddiy gapni qo‘shiqqa o‘xshatib, uning ustiga juda baland ovozda aytadi‖, deb hayron bo‘ladi va uni rasmona estetik idrok eta olmaydi. Ammo o‘sha dehqon Sulaymon YUdakovning ―Maysaraning ishi» operasini har gal Toshkentga kelganda jon qulog‘i bilan, maza qilib eshitib, tomosha qiladi. Unga oddiy gapni qo‘shiq qilib aytilishi ham, ovozlardagi intonastiya ham erish tuyulmaydi, bularni u sezmaydi ham asarni estetik zavq bilan idrok etadi. Chunki ―Jizel‖ – Yevropa mentalitetining italyan kishisining qalbiga, ‖Maysaraning ishi‖ o‘zbekning qalbiga mos milliy ohanglar uyg‘unligi bilan murojaat qiladi. Biroq, musiqa mohiyatan umuminsoniy tabiatga ega, qaysi millatga taalluqli bo‘lishidan qat‘i nazar, musiqa tarjima qilinmaydi, rassomlik san‘atiga o‘xshab, uning tili – bitta. Faqat o‘sha tilni tushunish uchun har bir millat o‘z estetik tarbiyasini yuksak darajasiga ko‘tarishi, estetik didini ilmiy-amaliy asosida shakllantirishi lozim. Nima uchun Muhiddin Qoriyoqubov XX asrning 30-yillarida, Munojot Yo‘lchieva 90-yillarida Parij konstert zallarida bergan konstertlariga ko‘pchilikka chipta etishmagan, zalga kirganlar esa ularni bir mo‘‘jizaday tinglashgan, konstert so‘ngida deyarli yarim soat tik turib qarsaklar bilan olqishlashgan. Demak, hali bizning estetik tarbiyamiz, didimiz franstuzlarga qaraganda ancha past. SHuning uchun ham biz Yevropa musiqa san‘at durdonasini ham rosmana idrok etolmaymiz. Vaholanki, jahonda barcha sohada integrastiyalashuv jarayoni jadal sur‘atlar bilan bormoqda. O‘zbek estetikasining vazifasi ana shu jarayonda millatimizning to‘laqonli ishtirokini ta‘minlashga xizmat qilishdir. 200 Qarang. ―San‘at‖jurnali, 1991 y, 5-sоnidagi zarvaraq. Musiqa san‘atida qo‘shiq janrining o‘rni alohida uni ba‘zan qo‘shiqchilik san‘ati ham deb atashadi. Chunki aynan qo‘shiq, ohangdor inson ovozi musiqaning vujudga kelishida ulkan rol o‘ynagan. Aynan qo‘shiq ohangga solingan so‘zlar orqali millat tarix-dn, xalqning ijodiylik qobiliyatidan bizga xabar beradi. Eng go‘zal, eng badiiy yuksak xalq she‘rlari qo‘shiqlar matni sifatida yuzaga kelgan. Masalan: Andijonda o‘t yoqsam, O‘shda tutun. Bu dunyoda bormikan Bag‘ri butun. Bu dunyoda bo‘lsa agar Bag‘ri butun, Qog‘ozdan hazon yasang, Guldan – o‘tin. Bu satrlardagi o‘xshatishlarni, majoziylikni, ohangga solingan inson qismatining badiiy qiyofasini hech bir buyuk san‘atkorda uchratolmaysiz. Buni faqat xalq dahosigina yaratishi mumkin. Ayni paytda muayyan shoirning sheoriy matniga bastakorlar tomonidan maxsus kuy bastalash asosida ham qo‘shiqlar vujudga keladi. Ularning eng yaxshilari mumtozlik maqomini oladi. Qo‘shiq janri ko‘rinishlarga boyligi bilan ham alohida ajralib turadi: tarixiy qo‘shiqlar, marosim qo‘shiqlari, laparlar, lirik qo‘shiqlar siyosiy qo‘shiqlar, ariyalar, intermeststolar. v.h. Musiqaning turlari va janrlari juda ko‘p: xalq musiqasi, mumtoz musiqa, simfonik musiqa, vokal, musiqa v.h. Biroq u qaysi janrda bo‘lmasin, Y.Baxning organ uchun yozilgan xorallarimi, «CHo‘li Iroq» kuyimi, SHopenning etyudimi, Tarkanning qo‘shig‘imi – hammasi inson hissiyotlarini tarbiyalashda, ularni hayvonlikdan insoniylikka ko‘tarishda va bu hissiyotlarni noziklashtirishda muhim ahamiyatga ega. Zero musiqa inson qalbini hilmlashtiruvchi, yumshatuvchi eng kuchli estetik omildir. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling