O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti
Download 3.89 Mb. Pdf ko'rish
|
Andijon mashinasozlik instituti
An‟anaviy san‟at turlari.
Avval aytganimizdek, barcha san‘at turlari dastlab vujudga kelganida, ularda bevosita manfaatdorlik, fidoyilik jihatlari ustuvor bo‘lgan, hunar sifatida qabul qilingan: yuqoridagi badihago‘ylik ham, xattotlik ham tekinga bajarilmagan. Keyichalik ularda estetik xususiyatlar, xususan, go‘zallik asosiy maqsadga aylangan. An‘anaviy san‘at turlarining ba‘zilarida ana shu ikki tomon baravar, bevosita tarzda saqlanib qolgan. Bunday san‘at turlari sirasiga me‘morlik va ko‘rgazmali san‘at kiradi. Me‟morlik. Bu san‘at turining paydo bo‘lishi insonning turar joyiga bo‘lgan ehtiyojidan kelib chiqqan va odamning estetik tabiati uni tobora go‘zallashtirib borishni talab etgan. Keyinchalik bu talab o‘limdan keyingi ―turar joyga‖ maqbarlarga tadbiq etilgan. Undan so‘ng hukumdorlar saroyilari, devonxonalar turli rasmiy va norasmiy xizmat binolari, ibodatxonalar ham ana shu go‘zallik qonuniga binoan qurilgan. Ispaniyadagi Al-Humro masjidi, Olmoniyadagi Kyoln jomesi, Xivadagi Nurillavoy saroiy v. b. shular jumlasidan. Me‘morlik – mavjudligi makon bilan shartlangan san‘at turi. Unda hajm, makonni egallash xususiyati birinchi o‘rinda turadi, deyishadi, aslida ―xajm‖ emas, mahobat atamasini qo‘llash maqsadga muvofiq, zero mahobat ulug‘vorlik ifoda topgan hajmdir. Me‘morlikning san‘at sifatidagi estetik mohiyati uning kulgililik xususiyatini inkor qilishi va ulug‘vorlik xususiyatini barqaror etishi bilan bog‘liq, hech bir san‘at turida ulug‘vorlik bu qadar o‘zini yaqqol namoyon qilmaydi. Ayni paytda unda tasviriylik, noziklik, injalik kabi go‘zallik unsurlari katta ahamiyatga ega, ular mahobatning tarkibiy qismini tashkil etgani holda, xandasaviy yoki bargsimon naqshlarda, stirkor narsalarda, devoriy yozuvlarda, peshtoqiy tasvirlarda o‘z aksini topadi. Masalan, Samarqanddagi Registon majmuyiga kiruvchi SHerdor madrasasini 1619-1939 olib ko‘raylik. Madrasa peshtoqidagi koshinkorli bezak orasida qora zamini koshinga oq harflar bilan me‘mor Abdujabbor nomi bitilgan. Peshtoq ravog‘ining tepasida qizg‘ish zarhal tusli sher oq kiyikni quvib bormoqda. Quyosh bodomqovoq, qiyiq ko‘zli tarzda tasvirlanib, yuzi zarhal yog‘duga yo‘g‘rilgan 197 . Binoga sinchikovlik bilan qarar ekanmiz, uning bir paytlar mulavachchalar (talabalar) o‘qiydigan oliy o‘quv yurtlaridagi madrasa bo‘lganiga hatto ishongingiz kelmaydi.. Albatta zamonaviy me‘morlikda bunday jihatlarining hammasini, tasviriy to‘kiislikni uchratish qiyin. Ayniqsa sho‘rolar davridagi o‘quv yurtlari, rasmiy va turar-joy binolari qurilishlari vaqt nuqtayi nazaridan an‘anaviy me‘morlikdan qanchalik uzoqlashgan sari, shunchalik san‘atlik xususiyatini yo‘qotib bordi. Masalan, ikkinchi jahon urushi davridagi me‘morlik qurilishlari (Alisher Navoiy nomidagi katta akademik teatr binosi) bilan 60-80 yillarda tiklangan binolarni solishtirishda bu farq yaqqol ko‘rinadi. Ayniqsa turar joy binolarining bir xilligi, xususan, to‘qqiz qavvatli ―quti‖larga me‘morlik san‘ati haqida o‘ylashing o‘zi g‘ayritabiiy tuyuladi. Buni mashhur rus kinorejisyori E.Razyanov o‘zining hammamiz yaxshi biladigan ―Qushday engil bo‘ling‖ filmida ko‘rsatib bergan. Filmning premerasida dastlab ekranda meksikancha shlyapa kiygan, qo‘lida ulkan qamchi tutgan, qavog‘i soliq haybatli kishi paydo bo‘lgan. U me‘morlik san‘ati qo‘llangan turli ko‘rinishdagi binolarni har qamchilaganida yalong‘ochlab (avval tomlardagi va peshtoqlardagi, keyin derazalardagi va devorlardagi bezaklarni ko‘chirib tushirish asnosida) bir xildagi ―quti‖larga aylantirib chiqadi(keyinchalik «qamchili hukmdor» olib tashlandi). Ana shundan so‘ng bir xildagi «qutilarga joylashgan» sovet kishilarining kulgili sarguzashtlari boshlanar edi. Insonga asosan ishlab chiqaruvchi kuch sifatida qaragan, har bir shaxsning noyob hodisa, takrorlanmas oliy qadriyat ekanligi tan olinmagan totalitar tuzum me‘morlikka san‘at, ya‘ni ma‘naviy qadriyat tarzida munosabatda bo‘lmasdi ham. Ne-ne me‘moriy yodgorliklarning – yuzlab qadimgi, takrorlanmas sa‘nat namunalari hisoblangan madrasalar, maqbaralar va cherkovlarning portlatib tag-tugi bilan yo‘q qilib tashlanganini eslang. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng me‘morlik yana o‘zining san‘atligiga qaytdi. Respublikamiz prezidenti Islom Karimovning tashabbusi bilan qator me‘moriy majmular, loyihalar yaratildi, qadimgi yodgorliklar ta‘mirlandi. Shuning natijasi o‘laroq, bugun biz Imom Buxoriy me‘moriy majmui kabi ulug‘vor san‘at namunalariga egamiz. Yakka tartibdagi binolar ham, jamoat binolari ham, ishlab chiqarish inshoatlari ham endilikda har xil original loyihalar asosida, me‘morlik san‘ati qoidalariga binoan bunyod etilmoqda. Zero har bir binoni umumiy qolip asosida emas, alohida me‘mor – arxitektor taklif qilgan loyiha vositasida bunyod etilishi me‘morlikning san‘at ekanini belgilaydigan eng muhim omil hisoblanadi. Chunki me‘mor – quruvchi-injener emas, san‘atkor. Uning uchun bino loyihasi shunchaki hisob-kitob qilingan chizmalar emas, ilhom, iste‘dod natijasi bo‘lgan ijodiy ish, bo‘lajak asarning g‘oyasi va rejasidir. Shu bois ba‘zi bizgacha etib kelgan ulug‘vor, go‘zal me‘moriy obidalar Amir Temur, (Samarqanddagi Amir Temur Jome masjidi), Ulug‘bek (Ulug‘bek madrasasi, Observatoriya) kabi hukmdorlar loyihalari asosida qurilgani bejiz emas. Hozirgi paytda zamonaviy materiallar asosida qurilayotgan binolar ham san‘atlik xususiyatiga ega ekani bilan diqqatga sazovor. Ularda ko‘rgazmali-amaliy san‘at, atrof-muhit go‘zallashtirish estetikasi binoning mahobati bilan uyg‘unlashib ketadi. Natijada bino yanada ulug‘vorroq ko‘rinish kasb etadi. M., «SHeraton» mehmonxonasi, Oliy Majlis binosi kabi inshootlarni shunday zamonaviy me‘morlik namunalari qatoriga kiritish mumkin. Download 3.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling