O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti


Ilk o‟rta asrlar falsafiy tafakkur rivojida appologetika va patristika, sxolastika


Download 3.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/318
Sana12.08.2023
Hajmi3.89 Mb.
#1666689
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   318
Bog'liq
Andijon mashinasozlik instituti

 
Ilk o‟rta asrlar falsafiy tafakkur rivojida appologetika va patristika, sxolastika. 
Yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo va SHimoliy Afrikaning ellinlashgan markazlarida xristianlikning 
tarqalishi boshqa diniy va falsafiy oqimlar bilan qattiq kurash jarayonida yuz bergan. Bunda xristianlikka qarshi 
neoplatonizm falsafasidan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika, ya‘ni xristianlikni asoslash va himoya 
qilish falsafasi sifatida vujudga kelgan.
Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta‘limoti – patristika (lot. pater – ota) paydo bo‘lgan. 
patristikaning eng yorqin vakili Gippon (SHimoliy Afrika)dagi yepiskop Avliyo Avgustin (354-430)dir. U o‘rta 
asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko‘pgina vakillariga kuchli ta‘sir ko‘rsatgan.
 Sxolastika (yunon. schole – maktab) – maktab ta‘limida hukmronlik qilgan va ilohiyotga to‘la bog‘liq 
bo‘lgan o‘rta asrlar xristian falsafasi. XI asrda sxolastik falsafa doirasida nominalizm va realizm o‘rtasida kurash avj 
olgan. Dastavval: «Xudo bir, lekin siymolarda uchta: Xudo-ota, Xudo-o‘g‘il va Xudo-muqaddas ruh, degan fikrni 
qanday tushunish kerak?», degan sof sxolastik savol o‘rtaga tashlangan. Ammo bu savol atrofida avj olgan bahs-
munozara uning chegarasidan chetga chiqqan va tom ma‘noda falsafiy xususiyat kasb etgan: amalda yakkalik va 
umumiylik dialektikasining muhokamasiga aylangan. Realistlar «umuman inson», «umuman uy» kabi umumiy 
tushunchalar – «universaliyalar» mavjudligi to‘g‘risida so‘z yuritganlar. Ular ayrim narsalarning mohiyati sanalgan 
universaliyalar narsalargacha amalda mavjud bo‘ladi va narsalarni vujudga keltiradi, deb hisoblaganlar. Bu ashaddiy 
realizm zamirida Platonning «g‘oyalar dunyosi» va «narsalar dunyosi» haqidagi ta‘limoti yotadi.
 
 Nominalizm va realizm. Nominalistlar «universaliyalar narsalardan keyin vujudga kelgan nomlardir», 
degan fikrni ilgari surganlar. Ayrim narsalar, masalan, odamlar, uylargina realdir, «umuman inson» yoki «umuman 
uy» esa faqat so‘zlar yoki nomlar bo‘lib, ularning yordamida odamlar ayrim predmetlarni umumlashtiradilar. 
Mo‘tadil nominalistlar insoniy tushunchalarda ayrim narsalardagi o‘xshash jihatlarning in‘ikosi sifatida umumiylik 
mavjudligini taxmin qilganlar.
Realizm umumiylikka narsadan oldin paydo bo‘luvchi ideallik sifatida yondashgan, ya‘ni amalda umumiy va 
yakkaning aloqasi to‘g‘risidagi idealistik kontseptsiyani ishlab chiqqan bo‘lsa, nominalizm bu muammoni 
materialistik yo‘l bilan yechishning o‘ziga xos timsoli bo‘lgan. 
SHunday qilib, realistlar va nominalistlar o‘rtasidagi bahs falsafiy tus olgan, chunki unda umumiy va 
yakkaning tabiati muammolari, ularning dialektikasi amalda muhokama qilingan.

Download 3.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling